Andijon Davlat
Universiteti
REKTOR VA TALABALAR UCHRASHUVI SAMARALI OʻTDI
2020-11-24    1876

Bugun Andijon davlat universiteti rektori universitet talaba yoshlari bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Uchrashuv ochiq, samimiy ruhda tashkil etildi. Unda universitet rektori bilan birgalikda Yoshlar bilan ishlash boʻyicha prorektor Aʼzamjon Hamraqulov, Oʻquv-uslubiy boshqarma boshligʻi Rustamjon Mullajonov hamda universitet yoshlar ittifoqi BT yetakchisi Omadbek Olimjonovlar qatnashib, oʻz yoʻnalishi boʻyicha savollar va murojaatlarga javob berdilar.

Universitet rektori Akramjon Yuldashev hozirgi oʻquv jarayoni haqida qisqacha axborot berdi. Shundan soʻng uchrashuvning asosiy qismi boshlandi. Unda talabalar turli yoʻnalishlar va sohalar boʻyicha muammolarni rahbarlar eʼtiboriga havola etdilar, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, oʻquv jarayonini yaxshilash boʻyicha takliflarini oʻrtaga tashladilar.

Uchrashuvda bir qator muammolar oʻz yechimini ham topdi, koʻplarini hal etish boʻyicha aniq vazifalar belgilandi.

Masalan, talabalar turar joylarida Wi-fi hududlar tashkil etish, onlayn darslarni uch kunga auditoriya darslarini uch kunga joylashtirish, universitetning Jalaquduq tumanidagi Axborot texnologiyalari va kompyuter injiniringi fakultetida masofa uzoqligi bois darslarni soat 8:30 da emas 9:00 da boshlash kabi koʻplab takliflar toʻliq qabul qilinib, ertangi ish kunidan boshlab ularni amalga oshirish boʻyicha masʼullarga koʻrsatma berildi.

Shuningdek, universitet yoshlar yetakchisi yoshlar muammolarini doimiy oʻrganishi, muammolar yuzasidan murojaat qilishlari mumkin ekanini bildirdi.

Uchrashuv yakunida Akramjon Yuldashev universitetda anʼanaga aylangan rektor va talabalar uchrashuvi doimiy tashkil etilishi, agar biror talabaning alohida murojaati boʻlsa, qabul qilish uchun eshigi ochiq ekanini bildirdi. Shuningdek, rektorning doimiy asosda ishlovchi murojaatlar uchun boti @anddu_rektori_bot ishlab turgani, murojaatlar boʻlsa, bot orqali ham yuborish mumkinligini aytib oʻtdi.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.