Andijon Davlat
Universiteti
“REKTOR KUBOGI”: VOLEYBOL SPORT TURI BO’YICHA MUTLAQ G’OLIB JISMONIY MADANIYAT FAKULTETI
2020-11-18    1641

Joriy yilning 14-15- hamda 17-noyabr kunlari “Rektor kubogi” musobaqalarining voleybol sport turi bo’yicha o’yinlari tashkil etildi. Ayollar va erkaklar jamoalari o’zaro baxslarda qatnashib, g’oliblarni aniqlab berdilar.

Voleybol musobaqalarining erkaklar o’rtasidagi baxslarida kutilganidek, Jismoniy madaniyat fakulteti jamoasi o’z yo’lidagi barcha raqiblarini mag’lub etib, g’oliblikni qo’lga kiritdi. Ikkinchi o’rinni qo’lga kiritgan Ijtimoiy iqtisdiyot fakulteti jamoasi ham g’olibga kuchli qarshilik qilganiga qaramay baribir tajriba o’z so’zini aytdi. Uchinchi o’rin nasib qilgan Maktabgacha ta’lim fakulteti ham final yo’llanmasi uchun baxsda Jismoniy madaniyat fakulteti jamoasi katta farq bilan mag’lub bo’lgan edi.

Ayollar jamoalari o’rtasidagi baxslar ham erkaklar jamoalaridagi kabi qizg’in bo’lib o’tdi. Ayollar o’rtasida ham g’oliblik Jismoniy madaniyat fakulteti jamoasi egallagan bo’lsa, ikkinchi o’rinni Tarix fakultetining havaskor sportchi xotin-qizlari egalladi. Uchinchi o’ringa Ijtimoiy iqtisodiyot fakulteti jamoasi vakilalari ega chiqdilar.

Oldinda futbol va yengil atletika sport turlari bo’yicha musobaqalar kutib turibdi.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.