Andijon Davlat
Universiteti
RUS TILI KAFEDRASI OʻQITUVCHISI MUXABBAT MULLAJONOVANINIG OʻQUV QOʻLLANMASI ROSSIYADA OʻTKAZILGAN TANLOVDA EʼTIROF ETILDI
2020-11-20    1800

2020-yilning noyabr oyida Rossiya federatsiyasi poytaxti Moskva shahrida oʻtkazilgan Xalqaro  "Русская речь - 2020" koʻrik-tanlovida Andijon davlat universiteti Rus tili va adabiyoti kafedrasi oʻqituvchisi Mullajanova Muxabbat Abdusalamovna muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Ikki bosqichda oʻtkazilgan koʻrik tanlovda, Muxabbat Mullajonova muallifligidagi "Здравствуй, Русский язык!" oʻquv qoʻllanmasi “Eng yaxshi oʻquv qullanma” yoʻnalishida faxrli ikkinchi oʻringa munosib koʻrildi.

Ushbu oʻquv qoʻllanmasi rus tilini boshlang'ich oʻrganishga bel bogʻlagan barcha yoshdagi oʻrganuvchilarga moʻljallangan boʻlib, metodik jihatdan juda qiziqarli va tushunishga oson, tili ravonligi bilan hakamlar hayʼatining eʼtiborini tortgan. Ushbu qoʻllanmadan dialoglar va monologlar, har bir mavzuga oid topshiriqli oʻyinlar oʻrin olgan.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.