Andijon Davlat
Universiteti
REKTOR KUBOGI DAVOM ETMOQDA: BASKETBOL SPORT TURI BO'YICHA G'OLIBLAR ANIQLANDI
2020-11-13    1661

Avval xabar berganimizdek, universitetimizda ommaviy jismoniy faollik tadbirlarini tizimli va samarali tashkil qilish maqsadida «Rektor kubogi» sport musobaqalari o‘tkazilmoqda.

Musobaqalarning ikkinchi kuni erkaklar o’rtasida basketbol sport turi bo’yicha musobaqalar o’tkazildi.

Basketol sport turi o’zining kurashlarga boyligi, sportchilardan maksimal darajada tezlik va mahorat talab qilishi, tomoshabopligi bilan ajralib turadi.

Ushbu sport turi bo’yicha musobaqalarda ham 11 ta fakultet jamoasi olimpiya tizimi bo’yicha baxslarga kirishdi.

O’yinlar juda shiddatli va qizg’in bo’lib o’tdi. Ayniqsa, Ijtimoiy iqtisodiyot hamda Jismoniy madaniyat fakulteti jamoalari o’rtasidagi final baxsi shiddatli hujumlar, qizg’in yakkakurashlarga boy bo’ldi. Yakunda Jismoniy madaniyat fakulteti jamoasi g’olib bo’lganiga qaramay raqib o’yinchilar ham juda yaxshi taassurot qoldirdilar.

Basketbol musobaqalari bo’yicha g’oliblik Jismoniy madaniyat fakulteti jamoasiga, ikkinchi o’rin Ijtimoiy iqtisodiyot fakulteti jamoasiga, uchinchi o’rin Maktabgacha ta’lim fakulteti jamoasiga nasib etdi.

“Rektor kubogi” sport musobaqalari davom etadi.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.