Andijon Davlat
Universiteti
FAKULTETLARARO CHET TILI KAFEDRASI O‘QITUVCHISI XURSHIDAXON AZAMJONOVA BOSHCHILIGIDA RESPUBLIKA KONFERENSIYASI O‘TKAZILMOQDA
2020-11-03    2828

Konferensiya "OWNERS OF FUTURE" (Kelajak egalari) deb nomlanadi. Sababi, unda qatnashuvchining o‘zi kelajakka nechog'lik daxldor ekanini konferensiya nomidan ham his qilishini xohladik.  Tashabbusimiz hozirgi davrda yoshlarni turli tomondan qo‘llab-quvvatlashga, o‘zida qanday qobiliyat bor, ertaga undan qay yo‘sinda, qay manfaatda foydalanishi lozim singari mavhumliklarni sodda va ravon tilda yoritib berishga xizmat qiladi. Delegatlarimiz quyidagi o‘zlari qiziqqan yo‘nalishlardan birini yoki ikkitasini tanlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar:

  • Tibbiyot
  • Ilmiy maqola va tezish yozish
  • IT (axborot texnologiyalari)
  • Notiqlik san'ati
  • Huquq
  • Biznes
  • Volontyorlik
  • Psixologiya
  • Jurnalistika

Har bir yo‘nalish spikerlari o‘z ishining professionali, mutaxassisi hisoblanadilar. Biznes yo‘nalishida Iqtisod fanlari doktori, professor Barnogul Sanakulova, IT sho‘basiga esa poytaxtimizda qad ko‘targan “Digital city” rahbari, robototexnika mutaxassisi Dilshodbek Shuxratovni taklif qilganmiz. Bizda sizlar uchun yana sovg'alar ko‘p.

Loyihamizni Andijon davlat universiteti rektori Akromjon Yuldashev, ma'naviyat bo‘limi xodimi Bahromjon Badalov, shuningdek, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati O‘zbekiston liberal demokratik partiyasi Andijon shahar kengashi raisi Jahongir Djiyanovlar qo‘llab-quvvatlamoqdalar.

Konferensiya so‘ngida esa faol ishtirok etgan delegatlar nufuzli tashkilotlar rahbarlari imzosi jo bo‘lgan sertifikatlar bilan taqdirlanadar.

Har bir yo‘nalishga 35 nafardan delegat qabul qilinadi!

Sana: 15-16-noyabr

Platforma: Zoom

Ro’yxatdan o’tish: 10-noyabrgacha

Ro‘yxatdan o‘tish uchun quyidagi manzilga murojaat qiling:

@Mukhammadsoliyeva

"O‘zingizni namoyon etish vaqti keldi!"

Bizni kuzatishda davom eting va biz bilan qoling!

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.