Andijon Davlat
Universiteti
MALAYZIYADA TALABALAR, MAGISTRANTLAR, DOKTORANTLAR VA O‘QITUVCHILAR UCHUN BARCHA HARAJATLAR QOPLANADIGAN QISQA MUDDATLI O’QUV KURSLARI UCHUN TANLOV
2020-03-09    5190

Malayziya Texnik Hamkorlik Dasturi (MTSR)doirasida ta’limning  turli sohalarida, shu jumladan sanoat, turizm, fan va texnologiya va boshqa bir qator sohalarda qisqa muddatli o‘quv kurslarida qatnashish uchun arizalar qabul qilinishini boshlanganini ma’lum qilamiz.

Barcha xarajatlar (xalqaro uchish reyslari, turar joy va ovqatlanish) mezbon tomonidan qoplanadi.

Ushbu dasturida ishtirok etish va shartlari bilan mazkur elektron  manzildan https://mtcpcoms.kln.gov.my/mtcpcoms/online/list course bilib olishingiz mumkin.

Ushbu dasturda talabalar, magistrantlar, doktorantlar va o‘qituvchilar qatnashishi mumkin.

Har bir o‘quv kursida hujjatlarni topshirishning yakuniy sanasi bor, bu kurslar ro‘yxatida ko‘rsatilgan. Shu munosabat bilan, agar siz yuqoridagi o‘quv kurslarida ishtirok etishni istasangiz, to‘ldirilgan so‘rovnomalarning asl nusxalarini (har bir nomzod uchun 4 nusxada) to‘ldiring va Oliy ta’lim vazirligining xalqaro hamkorlik bo‘limiga topshiring. Nomzodlar hujjatlarni  Malayziyaga yuborish uchun topshirish muddatidan 15 kun oldin topshirishi lozim..

Shuningdek, tashkilotchilarning talablariga muvofiq to‘ldirilgan anketalarning skanerlangan variantlari Malayziyadagi tashkilotchilarga parallel ravishda yuborilishi kerak.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun Xalqaro hamkorlik bo‘limi (128-xona) bilan bog‘laning. Telefon: + 99890-217-20-76.

 

 

Farhod Alimov
Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.