Andijon Davlat
Universiteti
MEHRIBONLIK UYIDA
2017-12-16    6787

Joriy yilning 12 dekabr kuni Andijon davlat universitetining Fizika-matematika fakultetining professor o‘qituvchilari va talabalari O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Andijon viloyati xalq ta’limi boshkarmasiga qarashli bolalar shaharchasidagi  mehribonlik uyiga kirib kelayotgan yangi yil bayrami munosabati bilan bolalarni tabriklash uchun tashrif buyurdilar.

U yerda universitet axborot texnologiyalari kafedrasining professor o‘qituvchilari va talabalari mehribonlik uyi tarbiyalanuvichilariga o‘zlarining qisqacha mazmundagi lavhasini taqdim etdilar. So‘ngra, tadbir ishritokchilari, xususan, fizika-matematika fakultetining professsor o‘qituvchilari mehribonlik uyi tarbiyalanuvichilariga o‘zlarining yaxshi tilaklarini bildirdi va bayram sovg‘alarini ulashdi.

Bundan tashqari, fakultetning manaviy-marifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari  I.Ovxunov mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari bilan yaqindan suhbatlashdi va  ularga kelgusida  yaxshi tilaklarini izhor etdi. Bunga javoban bolalar xam, universitet jamoasiga va tashrif buyurganlarga o‘zlarining samimiy  minnatdorchiliklarini izhor etdilar.

Iqboljon MAMASODIQOV
Fizika-Matematika fakulteti talabasi
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.