Andijon Davlat
Universiteti
QO‘SHNI DAVLATLARDAN O‘QISHINI KO‘CHIRAYOTGANLAR DIQQATIGA!!!
2020-03-10    6197

Qo‘shni davlatlardan o‘qishini ko‘chirish uchun 2020-yil 15-fevralgacha hujjat topshirgan va hozirda o‘qishini ko‘chirishga tavsiya etilganlar ro‘yxatida ism familiyalari chiqqan talabalar joriy yilning 24-martiga qadar universitetga kelishlari shart emas.

Hozir universitet ishchi guruhi tomonidan Qirg‘izistondagi OTMlarga ishchi guruh yuborib, ro‘yxatdagi talabalar haqiqatda o‘qiganmi, hujjatlar soxtalashtirilmaganligini o‘rganib chiqadi.

Shundan so‘ng ohirgi aniq ro‘yxat shakllantiriladi va ularga aloqa xatlari berilib, hujjatlarini Qirg‘izistondan olib kelishlari mumkin bo‘ladi. Hujjatlar olib kelingach, universitet bilan shartnomalar tuzilib, kontrakt to‘lashga ruxsat beriladi. Ularga darslarga kirishga ruxsatnoma berish bo‘yicha rektor farmoyishi chiqariladi. Shartnoma olgandan keyin belgilangan muddatda kontrakt pulini to‘laganlarga talabalar safiga qo‘shish bo‘yicha buyruq chiqariladi. Qo‘shni davlatlar OTMlarida o‘qimagan yoki soxta hujjat orqali o‘qishini ko‘chirishga harakat qilgan talabalarga rad javobi beriladi.

Eslatma: Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 3 martdagi 156-sonli buyrug‘iga asosan ro‘yxatda keltirilgan qo‘shni davlatlarning OTMlarida masofaviy ta’lim shakli bo‘yicha va onlayn tarzda tahsil olayotgan talabalarning o‘qishini ko‘chirishga ruxsat berilmaydi.

Shuningdek, qo‘shni davlatlardagi boshqa xorijiy mamlakatlar (masalan Rossiya Federatsiyasi) OTMlari va ularning filiallari ya’ni uchinchi tomon ishtirokida tashkil etilgan OTMlardan ham o‘qishni ko‘chirishga ruxsat berilmaydi.

Universitetga majlisga chaqiryapti ekan, hozir aloqa xati berishyaptikan degan xabarlar asossiz.

Axborot xizmati
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.