Andijon Davlat
Universiteti
MARAFON G’OLIBLARI
2017-12-13    5749

18 noyabr O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun.  Davlat ramzlari har bir xalqning mustaqilligi, ozodligi, tinchligi va barqarorligi timsoli hisoblanadi. Buyuk ajdodlarimiz ham yurt bayrog‘ini muqaddas bilib, uni ardoqlaganlar, ko‘z qorachig‘idek asraganlar. Zero unda, ruhiyatmiiz, g‘urur va iftixorimiz, Vatanimiz va xalqimizga bo‘lgan cheksiz mehr muhabbatimiz, kelajakka ishonchimiz mujassamdir.

Ushbu qutlug‘ sana munosabati bilan Andijon viloyati xokimligi, viloyat ichki ishlar boshqarmasi, mudofaga ko‘maklashuvchi Vatanparvar tashkiloti viloyat kengashi, viloyat jismoniy tarbiya va sport qo‘mitasi, , viloyat o‘rta maxsus va oliy talim muassasalari boshqarmalari, tashshabbusi bilan o‘tkazilgan marafonda  bu tadbirda univnrsitetimizning Jismoniy madaniyat fakulteti talabalri xam faol ishtirok etdilar. 

Aytish mumkinki marafon ko‘tariki ruxda, yuqori saviyada tashkillashtirildi. Viloyatdagi barcha  Oliy ta’lim muassalari o‘rtasidagi baxslarda peshqadamlikni Andijon davlat universiteti talabalari o‘z qo‘liga oldilar.  Qizlar orasida Gulnozabegim Muzaffarova, yigitlar  o‘rtasida  Aziz Rustamovlar barcha raqiblarini ortda qoldirib marafonning mutloq g‘olibiga aylandilar. Sovrinlik o‘rinlarni esa 103-gurux talabasi Mashxura Yo‘ldosheva, 304-gurux talabasi Muattar Abduraxmonova egalladi. Yigitlar o‘rtasidagi sovrinlik o‘rinlarni  Turg‘unov baxodir egalladi.

Marafon g‘oliblarini taqdirlash marosimida Viloyat xikimi o‘rinbosari Serobiddin Ismoilov so‘zga chiqib, barchani davlatimiz bayrog‘i qabul qilingan kun bilan muborakbot etdi. Marafon ishtirokchilari hamda G‘olib va sovrindorlarni tabrikladi.

Xalqaro miqyosida vatanimiz sharafini munosib ximoya qilayotgan yoshlarimiz, yigit-qizlarimiz sharafiga yurtimiz  bayrog‘i jaxon arenalarida baland ko‘tarilmoqda. Bu esa qalblarda Vatan tuyg‘usini yanada kuchliroq jo‘sh urishiga, xalqimiz saloxiyatini  va kelajagimizga bo‘lgan ishonchni yanada mustaxkamlashga zamin yaratadi.

D.S. KURBANOVA, R. ISAKOV
Fakultetlararo jismoniy madaniyat va sport kafedrasidan
MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.