ALIYEV OLIМBEK AYBEKOVICH
Devonxona va arxiv bo‘limi boshlig`i
Telefon: +998 91 288 7717
Faks: 0(374)2238830
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Devonxona universitetning tarkibiy tuzilmasiga kiradi va bevosita rektor boshqaruvida ish yuritadi.
Devonxonaning zimmasiga quyidagi asosiy vazifalar kiradi:
- Universitetning faoliyatiga tegishli ichki, tashki tashkiliy buyruklarni, farmoyishlarni ro‘yxatdan o‘tkazish, ko‘paytirish, tarkibiy bo‘linmalarga yetkazish, saqlash;
- Universitet raxbarlari (rektor va prorektorlar) nomiga yuborilgan xizmat yozishmalari, ma’lumot-axborot xujjatlari, olinma va jo‘natma xatlar xamda xat-xabarlar(korrespondensiya)ni ro‘yxatdan o‘tkazish,tegishli bo‘limlarga tarqatish, javoblarni adresatlarga jo‘natish;
- Xujjatlardan talablar bo‘yicha kerakli ko‘chirmalar berish, muddatlari tugagan xujjatlarni dalolatnomalar asosida yo‘q qilish singari ishlarni olib boradi.
- Arxiv universitetning devonxona tuzilmasiga kiradi va o‘quv yillariga tasdiqlangan tashkilish tuztlmasiga muvofiq bevosita rektor boshqaruvida bo‘ladi. Arxivni rektor buyrug‘i bilan qabul qilingan arxiv mudiri boshqaradi. Arxiv tarkibiga tasdiqlangan shtat jadvaliga muvofiq arxiv mudiri, arxivarius lavozimlari kiradi. Arxiv mudiri va uning tarkibidagi lavozimlar rektor tomonidan alohida tasdiqlangan lavozim yo‘riqnomalari asosida ish olib boradi.
Arxivning zimmasiga quyidagi asosiy vazifalar kiradi:
- ADU arxivi tashkilot hujjatlarini qabul qilish, Hisobga olish, saralash, ulardan foydalanish va davlat tomonidan saqlashga topshirish uchun tayyorlashdan iborat bo‘ladi.
- Arxivga qabul qilingan yig‘majildlar va hujjatlarga fond tartib raqamlarini beradi;
- Arxivda saqlanayotgan hujjatlarning ilmiy va amaliy qimmatini aniqlash uchun ekspertiza qilishni tashkil etadi, ish yuritish jarayonida hujjatlar qimmatini ekspertiza qilishda uslubiy yordam ko‘rsatadi;
- Hujjatlarni davlat tomonidan saqlashga topshirish uchun tayyorlaydi va O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi to‘g‘risidagi Nizomda belgilangan muddatlarda topshiradi.
- Hujjatlardan foydalanishni tashkil qiladi va belgilangan tartibda ham manfaatdor tashkilotlarga, ham fuqorolarga ma’lumotnomalar, hujjatlardan ko‘chirmalar va nusxalar beradi;
- Tashkilotning o‘ziga xosligini hisobga olgan holda arxiv ishi va ish Yuritishda hujjatlar bilan ishlash bo‘yicha me’yoriy-uslubiy hujjatlar (yo‘riqnoma, tavsiya, nizom, saqlash muddatlari ko‘rsatilgan hujjatlar ro‘yxati va boshqalar)ni ishlab chiqishda ishtirok etadi, ularni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi organlari va muassasalari bilan kelishib oladi; (O‘zR VM 18.03.2004y. 131-son Qarori tahriridagi band).