Andijon Davlat
Universiteti
POZILJANOV XUMOYUNMIRZO G‘AYRATJON O‘G‘LI

2020-yilda Andijon davlat universiteti, Ijtimoiy iqtisodiyot fakulteti, Turizm yo‘nalishiga davlat granti asosida qabul qilingan. Ilmiy rahbari Iqtisodiyot fanlari doktori (dsc) Ilhom Umarov rahbarligida Turizmning mamlakat ijtimoiy iqtisodiy hayotiga ta’siri mavzusida ilmiy izlanishlar natijasida shu kungacha 40 ga yaqin ilmiy xalqaro va respublika jurnallarida maqolalari chop etilgan. Shu bilan birga 5 ta O‘quv uslubiy qo‘llanma, 1 ta monografiya va 9 ga yaqin DGU Guvohnoma muallifi.

2021-yilda “Yil Talabasi” Respublika tanlovining universitet bosqichida “Yilning eng faol bilimdon talabasi” yo‘nalishida faxrli 2-o‘rin sohibi bo‘ldi.

2022-yili Andijon davlat universitetida iqtidorli talabalarni rag‘batlantirish uchun ta’sis etilgan “Rektor Stipendiyasi” tanlovida g‘olib bo‘lib ushbu stipendiyaga sazovor bo‘ldi.

Bundan tashqari universitetda o‘tkazilayotgan turli xil mana’viy-marifiy tadbirlarda va olimpiadalarda muntazam ishtirok etib faxrli o‘rinlarni olib kelmoqda.

2022-yili yanvar oyida o‘tkazilgan Ingliz tili fan olimpiadasida 1-o‘rindi va Sohada IT texnologiyalarni qo‘llash tanlovida 3-o‘rindi qo‘lga kiritdi.

2022-yili 19-iyul Yuridik fanlari doktori, professor T.T.Madumarov boshchiligida “Oila Huquqi” nomli o‘quv qo‘llanma O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 233-sonli buyrug‘iga asosan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan litsenziya berilgan nashriyotlarda nashr etishga ruxsat berildi.

2022-2023-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi Oliy уа o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2022-yil 19-dekabrdagi 413-sonli buyrug‘iga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi bakalavriat uсhun ta’sis etilgan Navoiy nomli davlat stipendiyasi tanlovi sohibi.

Bundan tashqari Poziljanov Xumoyunmirzoni ingliz tiliga bo‘lgan qiziqishi uni 2023-yil 4-fevral xalqaro ingliz tilining IELTS imtihonini topshirib 7.5 ballni qo‘lga kiritishiga sabab bo‘ldi. Uning “Improvements of economic mechanisms of food industry” nomli ingliz tilidagi monografiyasi xalqaro nashriyot tomonidan ispan, italyan, portugal, bolgar, ukrain tillarida chop etilib onlayn bozorlarda sotilib kelinmoqda.


MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.