Andijon Davlat
Universiteti
O‘RINBOYEV JAXONGIR AZIMJON O‘G‘LI

 

O‘rinboyev Jaxongir Azimjon o‘g‘li Fizika-matematika fakulteti fizika ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabasi.

Hozirda ilmiy rahbari fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori Boboyev Akramjon Yo‘ldashboyevich bilan birgalikda “GaAs asosidagi geterolazerlarning olinishi va ularning noyob fizik xususiyatlari” mavzusida ilmiy izlanishlar olib bormoqda.

O‘rinboyev Jaxongir Azimjon o‘g‘li xalqaro va respublika miqyosidagi turli jurnal va konferensiyalarda o‘zining 30 dan ortiq maqola va tezislarini chop ettirgan. Shuningdek 27 ta EHM uchun guvohnomalar muallifi hisoblanadi.

2020-2021-o‘quv yili davomida Andijon Davlat Universitetida o‘tkazilgan Fizika fan olimpiadasi g‘olibi va Respublika fan olimpiadasi qatnashchisi.

2020-yil “Yil talabasi-2020” Respublika tanlovining Andijon davlat universitetida o‘tkazilgan universitet bosqichida ishtirok etib, “Yilning eng yaxshi ixtirochi-innovator talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha 2-o‘rin sohibi.


2020-yil Andijon davlat universiteti tomonidan “Yoshlar oyligi”ga bag‘ishlangan tanlovning “Eng yaxshi innovatsion loyihalar muallifi” nominatsiyasi 2-o‘rin sohibi.

2020-yil Andijon davlat universiteti Fizika-matematika fakulteti tomonidan o‘tkazilgan online olimpiada g‘olibi.

2020-yil “Austria-science”, “International Journal of Innovative Research in Science, Engineering and Technology” kabi jurnallarda xalqaro maqolalarini chop ettirdi

2021-yil Mfaktor, Oliygohuz va EduOn tomonidan tashkil etilgan EduOn granti golibi boldi.

2020-yil Andijon davlat universiteti Fizika-matematika fakulteti tomonidan o‘tkazilgan “Zakovat” intellektual o‘yini g‘olibi.

2021-2022-o‘quv yili davomida o‘tkazilgan 10 dan ortiq konferensiyalar ishtirokchisi.

 

2022-yil Respublika miqyosida o‘tkazilgan “Mirzo Ulug‘bek vorislari” ilmiy-innovatsion loyihalar tanlovida “Gidrogenerator” nomli loyihasi bilan ishtirok etib g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.

2022-yil mahallar aro Jalaquduq tumanida o‘tkazilgan “Zakovat” intellektual o’yini 2-o‘rin sohibi.

2022-yil respublika miqyosida o‘tkazilgan “O‘qtuvchilar olimpiadasi” qatnashchisi.

2023-yil Respublika miqyosida o‘tkazilgan “Mirzo Ulug‘bek vorislari” ilmiy-innovatsion loyihalar tanlovida “Gravitatsiyaviy suv girdobli gidrogenerator” nomli loyihasi bilan ishtirok etib g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.

2022-2023-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi Oliy vа o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2022-yil 19-dekabrdagi 413-sonli buyrug‘iga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi bakalavriat uсhun ta’sis etilgan Ulug‘bek nomli davlat stipendiyasi tanlovi sohibi

 


MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.