Andijon Davlat
Universiteti
SOBIROV JAMSHIDBEK ZOKIRJON O‘G‘LI

Ta’lim yo‘nalishining Tarix (Jahon mintaqalari bo‘yicha) sohasida ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda tarix fanlari doktori, professor Abdullayev Muzrobjon Gulomovich rahbarligida “Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asarida Movarounnaxrdagi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy jarayonlarning yoritilishi” mavzusida ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Sobirov Jamshidbek shu kunga qadar ko‘plab yutuqlarga erishgan, jumladan Tarix fakulteti tomonidan Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 538 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan insholar tanlovida faol ishtirok etgan. Shuningdek, Tarix fakulteti tomonidan sohibqiron Amir Temur tavalludining 685 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan insholar tanlovida faxrli ikkinchi o‘rinni olib, faxrly yorliq va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi. Sobirov Jamshidbek o‘z ilmiy izlanishlari davomida bir qator respublika va xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalarda muntazam qatnashib kelmoqda. Hozirgi kunga qadar Sobirov Jamshidbekning 20ga yaqin ilmiy maqolalari xalqaro jurnallarda chop etilgan.

Oliy ta’lim muassasasi iqtidorli talabalarini darsdan bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi hukumat qaroriga muvofiq, 2019-2020 o‘quv yilida Andijon davlat universiteti fakultetlari o‘rtasida o‘tkazilgan “Rektor kubogi” zakovat tanlovida Gerodot jamoasi bilan g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

 

2020 yil 18 aprel Xalqaro yodgorliklar va tarixiy joylarni asrash kuniga bag‘ishlab “O‘zbekiston tarixida Dovon (Davan, Day-yuan, Parkana) davlati va uning bosh shahri Mingtepaning o‘rni” deb nomlangan tanlovda 3-darajali diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Shuningdek, Iqtidorli yoshlarni qo‘llab quvvatlash maqsadida “Registon LC” nodavlat ta’lim muassasasi, “Regbooks” nashriyoti hamda Oliygoh.uz talim platformasi jamoasi tomonidan Respublika miqyosida o‘tkazilgan “Registon ta'lim granti” tanlovida faol ishtirok etgan va maxsus sertifikat bilan taqdirlangan.

Qolaversa, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Registon ta’lim loyihasi tomonidan Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Oliygoh.uz ta’lim platformasi hamkorligida Respublika miqyosida tashkil etilgan Registon Stipendiyasi tanlovida faol ishtirok etib sertifikat bilan taqdirlangan.

 

 

Eng katta yutuq sifatida Sobirov Jamshidbek 2021-2022 o‘quv yilida Navoiy nomli stipendiya sohibi bo‘ldi.

 

 


MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.