Andijon Davlat
Universiteti
NO‘MONJONOV MUHIDDIN G‘ULOMJON O‘G‘LI

2020-2021 yil Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi boshlangʼich tashkilotining Tabiiy fanlar fakulteti yetakchisi. Tabiiy fanlar fakulteti Yosh olimlar kengashi raisi. 2021 yil Аndijon viloyati hokimi Sh.Q.Аbdurahmonov tashabbusi bilan 10 kun muddatga Аndijon shahar hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchisi etib tayinlangan.

“Yil talabasi 2019” Respublika tanlovining Аndijon davlat universiteti bosqichida “Yilning eng faol, tashabbuskor-targ‘ibotchi talabasi” nominatsiyasida faxrli 1-o‘rin sohibi “Yil talabasi 2020” tanlovida faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

 
“Yil talabasi 2021” tanlovida “Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi” nominatsiyasi 1-o‘rin sohibi.

 

2021 yil yoshlar kuni arafasida Andijon viloyati hokimi stipendiyasi sohibi bo‘ldi.

 
2021 yil Qozog‘istonning Nursulton shahrida MDH davlatlari o‘rtasida o‘tkazilagan “Yil talabasi 2021” tanlovi ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.

Biologiya sohasidagi ilmiy yo‘nalishi bo‘yicha 30 dan ortiq xalqaro va respublika miqyosida maqolalar, 4 ta metodik qo‘llanma va 14 ta patent muallifi hisoblanadi.

Kimyo fanidan umumiy o‘rta taʼlim maktablari uchun qo‘llanmasi viloyatimizdagi 120 dan ortiq umumtaʼlim maktablarda foydalanilmoqda.

M.No‘monjonov yoshlarni ilm-fanga yo‘naltirish va Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning kimyo va biologiyani rivojlantirish to‘g‘risidagi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida professor I.R.Аsqarov ilmiy faoliyatiga bag‘ishlangan “Yoshlarga o‘rnak bo‘lib kelayotgan olim” nomli kimyo fanidan onlayn olimpiada asoschisi.

Kimyo va biologiya fan olimpiadalarida shu kunga qadar sovrinli o‘rinlar sohibi bo‘lib kelgan.

Samarqand shahrida o‘tkazilgan “Future day” Xalqaro yoshlar konferetsiyasi loyihalarida, Buxoro shahrida o‘tkazilgan “Bukhara International Youth Conference” hamda O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi, Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi maʼnaviyat va maʼrifat markazi tomonidan o‘tkazilgan “Xavfsiz internet”: bugun va kelajak” onlayn ilmiy-amaliy konferensiyasi, “Аndijon yoshlar forumi 2021”, Qo‘qon shahrida o‘tkazilgan “Technoways 2021” kabi respublikamiz miqyosidagi iqtidorli yoshlar forumlarida ham faol qatnashib, alohida yutuqlarga erishib kelmoqda.

2022 yil 14 fevraldagi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 52-sonli buyrug‘iga asosan O‘zbekiston Respublikasi talabalari uchun ta’sis etilgan “Islom Karimov” nomli Davlat stipendiya sohibi bo‘ldi.

 

 


MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2024. Barcha huquqlar himoyalangan.