Andijon Davlat
Universiteti
MUHAMMADJONOV NE’MATILLO DILSHODBEK O‘G‘LI

Ne’matillo Mahammadjonov o‘quv dargohida o‘zining tashabbuskorligi, jonkuyarligi, tirishqoqligi, ilmga chanqoqligi, serqirra faoliyati bilan tengdoshlaridan ajralib turadi. Hozirda N.Maxammadjonov o‘zbek tilshunosligi kafedrasi mudiri dotsent U.Rahimov ilmiy rahbarligida “Antropolingvistik tadqiqotlarning dolzarb masalalari (kognitiv va pragmatik lingvistika yo‘nalishlari misolida)” mavzusida ilmiy izlanish olib bormoqda.

U o‘qish davomida nafaqat universitet, balki respublika, shuningdek, xalqaro miqyosdagi ilmiy-nazariy anjumanlarda faol ishtirok etib kelmoqda. Ne’matillo Mahammadjonov iqtidorli talaba sifatida 6 ta xalqaro, 15 ta respublika miqyosidagi ilmiy-nazariy anjumanlarda o‘z ilmiy maqolasi bilan ishtirok etgan. Bundan tashqari Oliy attestatsiya komissiyasining doktorlik dissertatsiyalari asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlarda ham ilmiy maqolalar e’lon qilgan.

2019-yilda Ne’matillo Mahammadjonovning “Kognitiv tilshunoslikning lingvistik asoslari” nomli uslubiy qo‘llanmasi nashrdan chiqdi. Ushbu qo‘llanma keng ilmiy jamoatchilik e’tiborini qozonganligi hamda sohada yaratilgan salmoqli ilmiy adabiyotlardan ekanligi bilan ham ahamiyatga molikdir.

Ne’matillo Mahammadjonov 2018-yil 23-24 noyabr kunlari Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida o‘tkazilgan “Filologiya masalalari yosh tadqiqotchilar nigohida” (Filological issues in young researchers views) nomli xalqaro talabalar konferesiyasida nazariy tilshunoslik masalalari yo‘nalishida “Eng yaxshi munozarachi” nominatsiyasi g‘olibi bo‘lgan va diplom hamda sertifikat bilan taqdirlangan.

2018-yil 27-dekabr kuni Farg‘ona davlat universitetida o‘tkazilgan “Filologiyaning dolzarb masalalari” nomli xalqaro anjumanda “Lingvistik birliklarning pragmatik tahlili” nomli maqolasi bilan ishtirok etgan va sertifikat bilan taqdirlangan.

2019-yil 15-aprelda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida o‘tkazilgan “Yosh sharqshunoslarning akademik Ubaydulla Karimov nomidagi XVI ilmiy-nazariy anjumani” da “Lingvopragmatika va sharq klassik adabiyoti” nomli maqolasi bilan ishtrok etdi. Konferensiya yakunida N.Mahammadjonovning ma’ruzasi “Eng yaxshi ma’ruzachi” nominatsiyasida 3-o‘ringa loyiq deb topildi  va diplom hamda sertifikat bilan taqdirlandi.

“Kompetentlik va pragmatika” pragmatik tahlili” (ADU, Ilmiy xabarnoma), “Bemor” hikoyasidagi pragmatik ma’nolarni yuzaga chiqaruvchi vositalar” (Namangan 2018), “Alisher Navoiy ijodida pragmatik ma’nolar talqini” (Toshkent 2018), “Kognitiv tilshunoslik va germenevtika” (Toshkent 2019), “Kognitiv tilshunoslik va gnoseologiya” (Toshkent 2019), “Yoshlar ta’lim-tarbiyasida ona tilining tutgan o‘rni” (Andijon 2019), “Kognitiv tilshunoslik va pragmatika” (Toshkent 2019), “Kognitiv tilshunoslik va sinergetika” (Andijon 2019), “Kognitiv tilshunoslik va maydon nazariyasi” (Andijon 2019), “Kognitiv tilshunoslik va sistem tilshunoslik” (Namangan 2019), “Lingvistik pragmatika va falsafa” (Nukus 2019), “Nutqimizdagi lingvoma’naviy vositalar tadqiqi” (Andijon 2019), “Kognitiv tilshunoslikning o‘rganilish tarixi” (Andijon 2019), “Kognitiv tilshunoslik va o‘zbek tilshunosligi” (Andijon 2019), “Badiiy matn tahlilida germenevtikaning o‘rni” (Namangan 2019), “Klassik adabiyot na’munalarining pragmatik tahlili” (Namangan 2019) kabi ilmiy maqolalari respublika va xalqaro miqyosdagi ilmiy-nazariy anjuman va jurnallarda nashr qilingan.

Ilmiy maqolalar bilan bir qatorda “Yuksak marralar sari” (“Andijon yoshlari” gazetasi), “Konstitutsiyada ijtimoiy hamkorlikning kafolatlanishi” nomli publitsistik maqolalarni e’lon qilgan.

Ne’matillo Maxammadjonov mana shu izlanishlari tufayli 2019 yilda Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori bo‘ldi.

2020-yilda respublika talabalar onlayn fan olimpiadasida ishtirok etib faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.


MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2021. Barcha huquqlar himoyalangan.