Andijon Davlat
Universiteti
NODIRBEKOV FURQATBEK UMARJON O'G'LI

O‘zbekiston Respublikasi talabalari uchun ta’sis etilgan Islom Karimov nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindori.

Ta’lim yo‘nalishining huquq sohasida ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda. 1 ta patent, 1 ta ilmiy risola, 15 dan ortiq ilmiy maqolalari chet el va mamlakatimizdagi ilmiy jurnallarda, 30 dan ortiq tezislari xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman to‘plamlarida chop etilgan. Yuridik fanlari doktori, professor Madumarov Talantbek Tolibjonovich rahbarligida “O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashishda jahon tajribasini tadbiq etishning tashkiliy-xuquqiy asoslari” mavzusida ilmiy izlanishlar olib bormoqda.

2017-yil 12–17 dekabr kunlari Toshkent shahrida “Yoshlar haftaligi” doirasida o‘tkazilgan “Tafakkur sinovlari” ko‘rik-tanlovining final bosqichida “Andijon yoshlari” jamoasi tarkibida ishtirok etib, faxrli  3-o‘rinni egallagan;

2018-2019 o‘quv yili davomida fakultetlararo muntazam ravishda o‘tkazilgan “Zakovat” intellektual o‘yinida fakultetning “Tafakkur” jamoasi sardori sifatida ishtirok etib, ko‘chma kubok g‘olibiga aylangan;

2019-yil 12-yanvar kuni “Eng vatanparvar oila” viloyat ko‘rik-tanlovida faol ishtiroki uchun “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi viloyat boshqarmasi raisi tomonidan faxriy yorliq bilan taqdirlangan;

2019-yil 22-yanvar kuni Andijon davlat universitetida o‘tkazilgan “Umumbashariy muammolar – yoshlar nigohida” seminar treningda faol ishtiroki uchun fakultet dekani O‘.Ubaydullaev tomonidan sertifikat bilan taqdirlangan;

2019-yil fevral oyida Polsha Respublikasida bo‘lib o‘tgan XV xalqaro ilmiy konferensiyasida o‘z ilmiy maqolasi bilan ishtirok etganligi uchun bosh muharrir J. Siborovski tomonidan sertifikat bilan taqdirlangan;

2019-yil 4-aprel kuni Malayziyaning Utara universiteti tomonidan “Generating knowledge through research” mavzusida o‘tkazilgan halqaro ilmiy-amaliy konferensiyada o‘zining “The constitution is the legal basis of the protection of children’s rights” nomli maqolasi bilan ishtirok etgani uchun Utara universiteti rektori Professor Muxammed Tanzil tomonidan sertifikat bilan taqdirlangan;

2019-yil 20-aprel kuni Andijon davlat universiteti matbuot xizmatini tashkil etishdagi faolligi uchun Andijon davlat universiteti rektori Akramjon Sultanmuradovich Yuldashev tomonidan faxriy yorliq bilan taqdirlangan;

2019-yil aprel oyida Bolgariya Respublikasi poytaxti Sofiya shahrida bo‘lib o‘tgan X xalqaro ilmiy konferensiyasida o‘z ilmiy maqolasi bilan ishtirok etganligi uchun bosh muharrir Emilko Todorov Tepkov tomonidan sertifikat bilan taqdirlangan;

2019-yil 29-30 aprel kuni Ispaniyaning Barselona shahrida bo‘lib o‘tgan XV xalqaro ilmiy konferensiyasida o‘z ilmiy maqolasi bilan ishtirok etganligi uchun bosh muharrir tomonidan sertifikat bilan taqdirlangan;

2019-yil 28-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi, Andijon  viloyat hokimligi, Andijon viloyati Adliya boshqarmasi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Andijon viloyati kengashi hamkorligida tashkil etilgan "Huquq bilimdonlari" Respublika ko‘rik-tanlovi viloyat bosqichida Andijon davlat universitetining "Advokatlar" jamoasi sardori sifatida ishtirok etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi va Andijon viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov tomonidan I darajali diplom hamda Andijon viloyati Adliya boshqarmasi boshlig‘i  tomonidan faol ishtirokchi sifatida tashakkurnoma bilan taqdirlandi;

2019-yil 21-23 iyul kunlari Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi vakolatxonasi va “Yuksalish” umummilliy harakati tomonidan Farg‘ona shahrida “O‘zbekistonda jurnalistika sohasida xalqaro etika standartlarini ilgari surish” mavzusida o‘tkazilgan o‘quv seminar treningda ishtirok etgani uchun “Yuksalish” umummilliy harakati raisi tomonidan sertifikat bilan taqdirlangan;

2019-yil avgust oyida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Saylov komissiyasi tomonidan “Saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishning tashkiliy-huquqiy masalalari” mavzusidagi maxsus o‘quv-seminarida qatnashib, saylovga oid zarur bilim hamda ko‘nikmalarni egallaganligi uchun o‘quv markazi direktori Sh.Fayziyev tomonidan AA0639 sonli sertifikat bilan taqdirlangan;

2019-yil sentabr oyida Respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashi tomonidan o‘tkazilgan “Faol fuqaro” munozara (debat) tanlovining viloyat bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgani uchun tashkilotchilarning diplom va faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandi;

2019-yil 17-19 oktabr O‘zbekiston mustaqilligining 28 yilligi munosabati bilan oliy ta’lim tizimida beshta muhim tashabbus doirasida “Jonajon O‘zbekistonim mangu bo‘l omon” shiori ostida o‘yini respublika talaba-yoshlar festivalida kitobxonlik bo‘yicha “Zakovat” intellektual o‘yinida faol ishtiroki uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vaziri tomonidan faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandi;

2019-yil 22-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasida “Fan va ta’limni rivojlantirishda yoshlarning o‘rni” mavzusida o‘tkazilgan Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasida “Eng yaxshi maqola muallifi” sifatida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Bosh ilmiy kotibi G.A. Baxadirov tomonidan diplom bilan taqdirlangan;

2019-yil noyabr oyida o‘tkazilgan “Men saylovga tayyorman” respublika ko‘rik-tanlovining Andijon viloyat bosqichida “Advokatlar” jamoasi bilan faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Andijon viloyat kengashi raisi tomonidan diplom bilan taqdirlandi; 

2019-yil 25-noyabr kuni Toshkent shahrida o‘tkazilgan “Birinchi Volontyorlar forumi”da faol ishtirok etib, O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi Markaziy Kengashi raisi tomonidan sertifikat bilan taqdirlandi;

2019-yil 10-dekabr kuni “Yil talabasi – 2019” tanlovining Andijon davlat universiteti bosqichida “Yilning eng faol bloger talabasi” nominatsiyasida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, universitet rektori Akramjon Sultanmuradovich Yuldashev tomonidan I darajali diplom bilan taqdirlangan;

2019-yilning 17-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta-maxsus ta’lim vazirligi tomonidan o‘tkazilgan “Tafakkur sinovlari” Respublika tanlovida “Andijon yoshlari” jamoasi faol a’zosi sifatida ishtirok etib g‘oliblikni qo‘lga kiritdi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vaziri tomonidan I darajali diplom bilan taqdirlandi;

2020-yilning 24-26 fevral kunlari Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynoq shahrida o‘tkazilgan “Yil talabasi - 2019” ko‘rik tanlovining Respublika bosqichida “Yilning eng faol bloger talabasi” yo‘nalishida faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vaziri tomonidan II darajali diplom bilan taqdirlandi;

2020-yil aprel oyida Tadqiqot.uz tomonidan “O‘zbekistonning umidli yoshlari” mavzusida o‘tkazilgan Respublika talabalar va magistrlar ilmiy-amaliy konferensiyasida “Eng yaxshi maqola” muallifi sifatida Tadqiqot.uz direktori D.Atajonova tomonidan diplom bilan taqdirlangan;

2020-yil  aprel oyida Hindistonning International journal of innovations in engineering research and technology “(IJIERT) jurnali tomonidan tashkil etilgan xalqaro ilmiy konferensiyasida o‘z ilmiy maqolasi bilan ishtirok etganligi uchun bosh muharrir tomonidan sertifikat bilan taqdirlangan;

2020-yil may oyida Zamonaviy ilm-fanlari rivojida talaba-yoshlar faoliyatining o‘rni Respublika ilmiy-amaliy onlayn konferensiyasidagi faol ishtiroki uchun O‘zMU prorektori va O‘zLiDeP apparat rahbari sertifikat bilan taqdirlangan;

2020-yil 23-may kuni Erasmus+Program Project sphera tomonidan o‘tkazilgan xalqaro konferensiyada o‘zining ilmiy maqolasi bilan ishtirok etgani uchun tashkilotchilar tomonidan sertifikat bilan taqdirlangan;

2020-yil 25-may kuni Namangan davlat universitetida o‘tkazilib kelinayotgan an’anaviy “Yangi O‘zbekistonni qurish va rivojlantirishda yoshlar faolligi” mavzusidagi IV onlayn anjumanida maqolasi bilan ishtirok etganligi uchun   tashkiliy qo‘mita tomonidan sertifikat bilan taqdirlangan;

2020-yil iyun oyida Respublika Yosh olimlar kengashi hamda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi tomonidan “O‘zbekistonda ilmiy-amaliy tadqiqotlarda talabalarning o‘rni”  mavzusida o‘tkazilgan onlayn konferensiyada maqolasi bilan ishtirok etib O‘zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashi rais o‘rinbosari D.Kattaxonova hamda Respublika yosh olimlar kengashi direktori S.Babadjanov tomonidan sertifikat bilan taqdirlangan;

2020-yil 27-iyun kuni Respublika miqyosida onlayn tarzda o‘tkazilgan “Tashabbusga Tashabbus – 2020” loyihasida muvaffaqiyatli ishtiroki uchun tashkilotchilar tomonidan maxsus QR kodli sertifikat bilan taqdirlandi;

2020-yil Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan Respublika fan olimpiadasida dinshunoslik fanidan faol ishtirok etganligi uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan sertifikat bilan taqdirlangan;

2020-yil iyul “Science and education Scientific journal” ilmiy jurnalining 3-sonida ilmiy maqolasi chop etilganligi uchun sertifikat bilan taqdirlangan;

2020-yil sentabr oyida Tadqiqot.uz tomonidan o‘tkazilgan “XXI asrda ilm-fan taraqqiyotining rivojlanish istiыbollari va ularda innovatsiyalarning tutgan o‘rni” mavzusidagi Respublika ilmiy onlayn konferensiyasida o‘z ilmiy maqolasi bilan ishtirok etganligi uchun Tadqiqot.uz direktori D.Atadjonova tomonidan sertifikat bilan taqdirlangan;

2020-yil Yevropa ittifoqi tomonidan o‘tkazilgan “Yoshstan” loyihasida faol ishtirok etib, uch kunlik treningni muvaffaqiyatli tamomlaganligi uchun sertifikat bilan taqdirlangan.

2021-yil 1-fevraldagi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining buyrug‘iga asosan O‘zbekiston Respublikasi talabalari uchun ta’sis etilgan “Islom Karimov” davlat stipendiyasi sohibi bo‘ldi. 

Furqatbek Nodirbekovning tashabbusi asosida universitet talabalari orasidan bilimdon yoshlarni jamlagan “Intellektual yoshlar” klubi tashkil etilgan bo‘lib,  ushbu klub a’zolari o‘rtasida o‘tkaziladigan “Intellektual maydon” intellektual o‘yini “Andijon” viloyat telekanali orqali ta’svirga olinib, har yakshanba efirga uzatilmoqda.

Bundan tashqari u ikkinchi bosqichda tahsil olayotganida, o‘z tengdoshlari bilan universitet va viloyat miqyosidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni videolavhalar orqali yoritish maqsadida “Iste’dodli yoshlar” media klubini tuzib, turli mavzulardagi universitetimiz ma’naviy-ma’rifiy hayotini aks ettiruvchi ijodiy videoroliklari “Andijon” viloyat teleradiokanali, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining veb-sayti edu.uz hamda Andijon davlat universitetining rasmiy veb-sayti adu.uz va uning facebook.com, youtube.com, telegramdagi rasmiy sahifalarida muntazam ravishda namoyish etilib keldi. Bugungi kunda u rahbarlik qilayotgan “Iste’dodli yoshlar” media klubi Andijon davlat universitetining “Yoshlar media markazi”ga aylantirilib, 30 ga yaqin jurnalistikaga qiziquvchi yoshlar ijodiy faoliyat olib bormoqda.

Ingliz va rus tillarida erkin muloqot qila oladi. Kompyuterning “Adobe Photoshop”, “Filmora 9”, “Adobe Primere Pro”, “Adobe After Effect”, “3D Max”, “Corel Draw”, “Adobe Illustrator” kabi ko’plab dasturlarda mustaqil ishlaydi.


MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2021. Barcha huquqlar himoyalangan.