Andijon Davlat
Universiteti
ODILJONOVA KAMOLA ABDUVOSIT QIZI

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zosi va Andijon viloyati odob-axloq komissiyasi raisi, O‘zbekiston Respublikasi talabalari uchun ta’sis etilgan Islom Karimov nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindori.

Ta’lim yo‘nalishining adabiyot sohasida ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda. 2 ta patent, 1 ta ilmiy risola, 10 dan ortiq ilmiy maqolalari chet el va mamlakatimizdagi ilmiy jurnallarda, 30 dan ortiq tezislari xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman to‘plamlarida chop etilgan. Filologiya fanlari doktori, professor Mirzaeva Salimaxon Rayimjanovna  rahbarligida “Sirojiddin Sayyid she’riyatida mumtoz adabiyot an’analari” mavzusida ilmiy izlanishlar olib bormoqda.

2018 yil Farg‘ona davlat universitetida bo‘lib o‘tgan Erasmus + dasturi doirasidagi Modehed xalqaro ilmiy-amaliy anjumanida ishtirok etib, sertifikat bilan taqdirlangan.

2019 yil O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi  huzuridagi intellektual mulk agentligi tomonidan “Adabiyotda foydalanilgan  ba’zi terminlar lug‘ati” nomli dasturiy majmua uchun №DGU 06691 raqamli guvohnomaga ega bo‘lgan.

2019 yil  Ukraina Respublikasi Pereyaslav shahrida bo‘lib o‘tgan “Tendensii i perspektivы razvitiya nauki i obrazovaniya v usloviyax globalizatsii” (“Globallashuv jarayonida fan va ta’limning rivojlanish tendensiyalari va istiqbollari”) xalqaro ilmiy-amaliy anjumanida qatnashib, sertifikat bilan taqdirlangan.

2019 yil  Amerika Qo‘shma Shtatlari Vashington shahrida o‘tkazilgan “Modern structure and development of science in our life” (“Ilm-fanning zamonaviy tuzilishi va uning hayotimizdagi o‘rni”) xalqaro ilmiy-amaliy anjumanida ishtirok etib, sertifikat bilan taqdirlangan.

2019 yil  Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida bo‘lib o‘tgan “Science, research, development” (“Fan, tadqiqot, rivojlanish”) nomli xalqaro ilmiy-amaliy anjumanida qatnashib, sertifikat bilan taqdirlangan.

2019 yil Andijon davlat universitetida bo‘lib o‘tgan “5 ta muhim tashabbus – yoshlarimizning ertangi kun istiqbolidir” shiori ostida o‘tkazilgan Respublika yoshlar festivalida o‘zining ilmiy-innovatsion ishlanmasi bilan faol ishtirok etganligi uchun sertifikat bilan taqdirlangan.

2019 yil Qozog‘iston poytaxti Nur-Sulton shahrida o‘tkazilgan “Gumanizm – glavnыy postulat sovremennoy nauki” (“Gumanizm – zamonaviy fanning bosh mezonidir”) xalqaro ilmiy-amaliy anjumanida qatnashib, sertifikat bilan taqdirlangan.

2019 yil Andijon davlat universitetida bo‘lib o‘tgan “Innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va ularni ishlab chiqarish hamda ta’limda qo‘llashning zamonaviy muammolari” xalqaro anjumanida qatnashib, sertifikat bilan taqdirlangan.

2019 yil  “Yil talabasi-2019” Respublika ko‘rik-tanlovi “Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi” nominatsiyasida faxrli 1-o‘rinni egallab, I darajali diplom bilan taqdirlangan.

2019 yil  Pennsilvaniya shtatining Filadelfiya shahrida “International Scientific Journal Theoretical & Applied Science” (“Nazariy va amaliy fan”) xalqaro jurnalida ilmiy maqolasi chop etilib, sertifikat bilan taqdirlangan.

2020 yil O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi  huzuridagi intellektual mulk agentligi tomonidan “Karra jadvalini yodlashning interaktiv usuli” nomli dasturiy majmua uchun №DGU 08392 raqamli guvohnomaga ega bo‘lgan.

2020 yil Andijon davlat universitetida bo‘lib o‘tgan “A’zam O‘ktam ijodi badiiyati” ilmiy-amaliy xalqaro anjumanida qatnashib, sertifikat bilan taqdirlangan.

2020 yil Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan o‘tkazilgan talabalar fan olimpiadasining Respublika bosqichida o‘zbek tili (mutaxassislik) fanidan ishtirok etib, II darajali diplom bilan taqdirlangan.

2020 yil Turkiya poytaxti Istanbul shahrida bo‘lib o‘tgan “International conference on economics and social sciences” (“Iqtisodiy va ijtimoiy fanlar”) xalqaro ilmiy-amaliy anjumanida ishtirok etib, sertifikat bilan taqdirlangan.

2020 yil “Yil talabasi-2020” Respublika ko‘rik-tanlovi “Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi” nominatsiyasida faxrli 1-o‘rinni egallab, I darajali diplom bilan taqdirlangan.

2020 yil Chexiya poytaxti Praga shahrida bo‘lib o‘tgan “Psychology of the 21st century: theory, practice, prospect X” (“21 asr psixologiyasi: nazariya, amaliyot, loyiha X”) xalqaro ilmiy-amaliy anjumanida ishtirok etib, sertifikat bilan taqdirlangan.

2020 yil Hindiston poytahti Dehli shahrida o‘tkazilgan “The International Engineering Journal For Research & Development” (“Tadqiqot va taraqqiyot xalqaro muhandislik jurnali”) xalqaro ilmiy-amaliy anjumanida qatnashib, sertifikat bilan taqdirlangan.

2020 yil Ukraina Respublikasi Pereyaslav shahrida bo‘lib o‘tgan “Tendensii i perspektivы razvitiya nauki i obrazovaniya v usloviyax globalizatsii” (“Globallashuv jarayonida fan va ta’limning rivojlanish tendensiyalari va istiqbollari”) xalqaro ilmiy-amaliy anjumanida ishtirok etib, sertifikat bilan taqdirlangan.

2020 yil Toshkent shahrida o‘tkazilgan “Zamonaviy ilm-fanlar rivojida talaba-yoshlar faoliyatining o‘rni” Respublika ilmiy-amaliy anjumanida qatnashib, sertifikat bilan taqdirlangan.

2020 yil Rossiya Federatsiyasi Moskva shahridagi “Internauka” xalqaro jurnalida ilmiy maqolasi chop etilib, sertifikat bilan taqdirlandi.

2020 yil Hindistonning Jagadhri shahridagi “Asian journal of multidimensional research” (“Osiyo ko‘pqamrovli tadqiqot”) xalqaro jurnalida ilmiy maqolasi chop etilib, sertifikat bilan taqdirlangan.

2020 yil Rossiya Federatsiyasi Moskva shahridagi “Vestnik nauki i obrazovaniya” (“Fan va ta’lim xabarnomasi”) xalqaro jurnalida ilmiy maqolasi chop etilib, sertifikat bilan taqdirlandi.

2020 yil Toshkent shahridagi “Discourse on innovation, integration and education” (“Innovatsiya, integratsiya va ta’lim  mulohazalari”) nomli xalqaro jurnalida ilmiy maqolasi chop etilib, sertifikat bilan taqdirlandi.

2020 yil Rossiya Federatsiyasi Moskva shahridagi “Uchenыy XXI veka” (“XXI asr olimlari”) xalqaro jurnalida ilmiy maqolasi chop etilib, sertifikat bilan taqdirlangan.

2020 yil O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi tomonidan o‘tkazilgan Respublika masofaviy “Qizlar olimpiadasi”ning o‘qituvchilar kategoriyasidagi  muvaffaqiyatli ishtiroki uchun sertifikat bilan taqdirlangan.

 2017 yil “Andijon taraqqiyot markazi”da ingliz tili kursining Pre-Intermediate (quyi o‘rta) bosqichini muvaffaqiyatli tamomlaganligi uchun sertifikat bilan  taqdirlangan.

2018 yil Andijon shahridagi “Ilm plyus o‘quv” ta’lim markazida arab tili fonetikasi va grammatikasi kursini imtiyozli sertifikat bilan tamomlagan.

2019 yil “Ilm plyus o‘quv” ta’lim markazi tinglovchilari o‘rtasida o‘tkazilgan arab tilidan qishki olimpiadada muvaffaqiyatli qatnashganligi uchun sertifikat bilan taqdirlangan.

2019 yil “Huquq bilimdonlari” Respublika ko‘rik-tanlovining Andijon   viloyat   bosqichida  g‘oliblikni  qo‘lga  kiritib,  I  darajali  diplom bilan  taqdirlangan.

2019 yil  “Men saylovga  tayyorman”  Respublika  tanlovining Andijon  viloyat  bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, I   darajali    diplom bilan taqdirlangan.

2019 yil Toshkent shahrida “Biz birgamiz” shiori ostida bo‘lib o‘tgan “I  Respublika  volontyorlar  forumi”da  faol  ishtirok  etgani  uchun   sertifikat      bilan  taqdirlangan.

2019 yil Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan o‘tkazilgan Respublika talaba-yoshlar festivalida “Zakovat” intellektual o‘yinidagi faol ishtiroki uchun sertifikat bilan  taqdirlangan.

2019 yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat boshqaruvi akademiyasi, Adliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan o‘tkazilgan “Tafakkur sinovlari” Respublika tanlovining final bosqichida “Andijon yoshlari” jamoasi tarkibida ishtirok etib, faxrli 1-o‘rinni egallab,  I darajali diplom bilan taqdirlangan.

 2020 yil Yevropa ittifoqi tomonidan o‘tkazilgan “Yoshstan” loyihasida faol ishtirok etib, uch kunlik treningni muvaffaqiyatli tamomlaganligi uchun sertifikat bilan taqdirlangan.

2020 yil Toshkent shahrida o‘tkazilgan birinchi Respublika lider qizlar festivalida faol  ishtirok etgani uchun sertifikat bilan taqdirlangan.

2020 yil O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zolarining Respublika forumidagi faol ishtiroki uchun sertifikat bilan taqdirlangan. 

2019-2020 yillarda “Yoshlar”, “Madaniyat va ma’rifat” Respublika telekanallari tomonidan Kamolaning ilmiy-ijodiy faoliyatiga bag‘ishlangan “Yoshlar vaqti”, “Kun mavzusi”, “Assalom, Andijon” kabi adabiy-badiiy ko‘rsatuvlar keng tomoshabinlar ommasiga havola etilgan.

Shuningdek, uning bir qancha ijod namunalari va u haqidagi maqolalar “Oila davrasida”, “Andijon yoshlari”, “Iqbol”, “Oydin hayot”, “Saodat” “Andijonnoma” kabi markaziy va mahalliy nashrlarda chop etilgan.

Andijon  davlat  universiteti  matbuot xizmatida 2017 yildan boshlab jurnalistik faoliyatini olib boradi, u Salom, sayohat!”, “Jarayon”, “Bir asar tahlili” kabi loyihalar muallifidir. Matbuot xizmati huzurida tashkil etilgan Andijon davlat universiteti Yoshlar media markaziga rahbarlik qiladi.

Ingliz va arab tillarida erkin muloqot qila oladi. Kompyuterning “Word”, “Excel”, “Power point”, “Microsoft publisher”, “Adobe Photoshop”, “Filmora 9” dasturlarida mustaqil ishlaydi va Ziyo.net ijtimoiy tarmog‘i, hk-davron.uz, ziyouz.com saytlarini muntazam kuzatib boradi.

Sportning o‘q otish turi bilan shug‘ullanadi va ko‘plab musobaqalarda ishtirok etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.

2021 yil pnevmatik miltiqdan o‘q otish musobaqasining viloyat bosqichida qatnashib, I darajali diplom bilan taqdirlangan.

Andijon shahridagi “Ishchilar” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi aholining maktab yoshidagi farzandlari uchun ingliz tili va o‘zbek adabiyotidan bepul o‘quv kurslarini tashkil qilgan.


MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar
BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA
© Andijon davlat universiteti, 2004-2021. Barcha huquqlar himoyalangan.