UNIVERSITETIMIZ TALABALARI “BOBURSHUNOS TADQIQOTCHILAR” TANLOVI G'OLIBI BO'LDI
17 Fevral 2021 yil, Chorshanba
Ko'rilgan: 389
Bugun 17-fevral kuni viloyat kasaba uyushmalari zalida O'zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Andijon viloyati Kengashi va Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi viloyat bo'limi hamkorligida Zahiriddin Muhammad Boburning 538 yilligi munosabati bilan “Boburshunos tadqiqotchilar” tanlovining yakuniy bosqichi bo'lib o'tdi.
Unda O'zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi yoshlar qanoti faollaridan iborat 16 ta jamoalar o'zaro bellashdilar. Tanlov 3 shart asosida o'tdi. Jamoalar har bir shartda o'zlarining Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodi haqidagi bilmlarini sinovdan o'tkazdilar.
Ushbu tanlovda universitetimizning 6 nafar talabasi ham Andijon shahar Kengashi nomidan munosib ishtirok etib tanlov g'olibi bo'ldi. G'oliblar tashkilotchilarning qimmat baho sovg'alari, diplom hamda 1 mln.lik pul mukofoti bilan taqdirlandilar.
Ushbu g'alaba bilan talaba yoshlarimizni tabriklaymiz keyingi ishlarida zafarlar yor bo'lsin!