0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

“QISHKI MAKTAB” TANLOVI G’OLIBLARI TAQDIRLANDI

16 Fevral 2021 yil, Seshanba
Ko'rilgan: 372

Muallifi: Axborot xizmati

Andijon davlat universiteti va Mordoviya davlat universiteti o‘rtasida imzolangan shartnomaga asosan, Rus tili va adabiyoti  yo‘nalishida ochilgan qo‘shma ta’lim dasturiga maktab o‘quvchilarini qiziqtirish maqsadida Andijon shaxrida joylashgan 2- va 30- rus tiliga ixtisoslashgan maktab o‘quvchilariga  2020 yilnning 14-18 dekabr kunlari “Qishki maktab” ("Зимная Школа") nomli onlayn darslar tashkil etilgan edi.

Unda Mordoviya davlat universitetining professor-o‘qituvchilari rus tili va adabiyotidan 20 nafardan ortiq maktab o‘quvchilariga qiziqarli darslar o‘tishdi. “Qishki maktab” ("Зимная Школа") nomli onlayn darslar yakunida insho va she’r o‘qish tanlovi tashkil etildi va unda quyidagi o‘quvchilar g‘olib boldilar.

 Insho yozish bo‘yicha tanlovda:

1-o‘rinni 30-maktab o‘quvchisi Umirzakova Sumaya

2-o‘rinni 30-maktab o‘quvchisi Raximova Guloyim

3-o‘rinni 30-maktab o‘quvchisi Boltaboeva Inobatoy

 

She’r o‘qish bo‘yicha tanlovda:

1-o‘rinni 30-maktab o‘quvchisi Raximova Guloyim

2-o‘rinni 30-maktab o‘quvchisi Boltaboeva Inobatoy

3-o‘rinni 2-maktab o‘quvchisi To‘xtasinov Saidmurod

Ushbu darslarda ishtirok etgan barcha maktab o‘quvchilariga sertifikat va sovg‘alar taqdim etilishi Mordoviya davlat universiteti vakillari tomonidan ma’lum qilingan edi.

Shu maqsadda bugun 16 fevral kuni Andijon davlat universitetining  kichik majlislar zalida Andijon davlat universiteti rektori A.S.Yuldashev tanlov g‘oliblarini va ishtirokchilarini sertifikat va turli xil sovg‘alar bilan  taqdirladilar.

Kelgusida xorijiy xamkorlar bilan bunday loyixalarni muntazam o‘tkazib borish rejalashtirildi.

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2004-2021. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!
XORIJIY ABITURIYENTLAR DIQQATIGA!!!