ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR TAVALLUDINING 538 YILLIGI MUNOSABATI BILAN FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETIDA TADBIR O'TKAZILDI
15 Fevral 2021 yil, Dushanba
Ko'rilgan: 389
14-fevral Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun, sana munosabati bilan bugun, 15-fevral kuni Andijon davlat universitetining fizika-matematika fakultetida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi.
O’tkazilgan tadbirda fakultet dekani Xotamjon Mansurov, dekan o’rinbosarlari, professor-o’qituvchilar hamda 300 ga yaqin fakultet talabalari ishtirok etdilar. Tadbirni fakultet dekani kirish so’zi bilan ochib berdi shundan so’ng, talabalar tomonidan Bobur qalamiga mansub g’azallar va ruboiylar, Bobur hayoti, uning serqirra qobiliyatlarini ochib beruvchi sahna ko’rinishlari, qo’shiq va raqslar ijro etildi.
Tadbir so’ngida, fakultet dekani barcha faol ishtirok etgan talabalarga o’z minatdorchiligini izhor etib, faxriy yorliq hamda esdalik sovg’alari bilan taqdiladi.