0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

BOBUR SIYMOSIGA EHTIROM KOʻRSATILDI

14 Fevral 2021 yil, Yakshanba
Ko'rilgan: 463

Muallifi: Axborot xizmati

Ulugʻ shoir va davlat arbobi, yirik sarkarda va benazir tarixnavis Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodi davru zamonlar oʻtgani sayin necha avlodni qiziqtirib kelmoqda va bundan buyon ham shundoq boʻlishi muqarrardir.

Bu yil Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 538-yilligi yurtimizda keng nishonlanmoqda. Andijon shahrida joylashgan Bobur maydonida sana munosabati bilan viloyat tadbiri oʻtkazildi. Unda viloyat hokimligi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Bobur xalqaro jamoat fondi vakillari, shoir va yozuvchilar, yurtimizdagi boburshunos olimlar, keng jamoatchilik vakillari, yoshlar va talabalar ishtirok etdi.

Tadbir viloyat hokimining Zahiriddin Muhammad Bobur haykali poyiga gul qoʻyish bilan boshlandi. Tadbirda soʻz olgan viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov mamlakatimizda mustaqillik yillarida xalqimizning boy madaniy merosi, ayniqsa, buyuk bobokalonlarimiz Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur va boshqa koʻplab allomalar tomonidan yaratilgan nodir, bebaho ilmiy asarlarning jahondagi taraqqiyoti, ilm-fan rivojidagi ahamiyati, ilmiy salohiyati, insoniyat tafakkurining, xalqimiz, ayniqsa, yosh avlod maʼnaviyatini yuksaltirishdagi oʻrni va roli nihoyatda muhim ekanligini taʼkidladi.

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi vakillari esa Bobur hayoti va ijodi, oʻlmas asarlari, boburiylarning Hindiston taraqqiyotidagi oʻrni va roli nihoyatda katta ekanligi eʼtirof etib, shoir qalamiga mansub Vatanni madh etuvchi goʻzal gʻazallaridan namunalar oʻqidi.


Tadbirda viloyat musiqali drama teatri sanʼatkorlari tomonidan Bobur hayotiga oid sahna koʻrinishlari namoyish etildi. Viloyatdagi turli tashkilot vakillari va davlat tashkiloti hodimlari ham Zahiriddin Muhammad Boburning tuyuq, gʻazal va ruboiylaridan oʻqidilar. Viloyat hokimining maxsus sovgʻasi uchun tomoshabinlar orasida bahru-bayt oʻtkazildi. Turli yosh vakillari shoir qalamiga mansub gʻazallaridan parchalar oʻqib berdi va viloyat hokimi barcha faol ishtirok etganlarga “Boburnoma” asarini sovgʻa qildi.

Tadbir soʻnggida shahar hokimligi, viloyatdagi barcha tashkilotlar, keng jamoatchilik, talabalar va yoshlar Bobur haykali poyiga ommaviy ravishda gul qoʻydi. Vatanimiz faxri boʻlgan Zahiriddin Muhammad Bobur oldida doimo taʼzimda boʻlib, u zotning ijodini oʻrganishimiz, shoirdagi vatanparvarlik ruhini yosh avlodga doimo oʻrnak qilib koʻrsatmogʻimiz lozim.


Bobur tavalludiga bagʻishlangan tadbirlar viloyatimizning boshqa hudularida ham davom etmoqda.

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2004-2021. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!
XORIJIY ABITURIYENTLAR DIQQATIGA!!!