0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

UNIVERSITET REKTORI CHET TILLAR FAKULTETIDA TASHKIL ETILAYOTGAN ILMIY LOYIHALAR VA G'OYALAR INKUBATSIYA MARKAZI BILAN TANISHDI

26 Dekabr 2020 yil, Shanba
Ko'rilgan: 157

Muallifi: Axborot xizmati

2020-yil 25-dekabr kuni Andijon davlat universiteti rektori Akramjon Yuldashev Chet tillar fakultetida tashkil etilayotgan ilmiy loyihalar va g'oyalar inkubatsiya markazida amalga oshirilayotgan ko’rish uchun bordi.

Rektor fakultetda amalga oshirilayotgan ilmiy amaliy, innovatsion va fundamental loyihalar bilan yaqindan tanishdi.

Professor M.E.Umarxo’jaev tomonidan taklif etilgan “Tarjimashunoslik va lug’atshunoslik innovatsiya markazini tashkil etish asosida lug’at va matn tarjimoni intellektual platformasini yaratish” loyihasiga O’zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan 6 mlrd so’m grant mablag’lari ajratilgan bo’lib, loyiha 2020-2023 yillar davomida amlaga oshirilishi ko’zda tutilgan.

Ushbu loyihadan  ko’zlangan asosiy maqsad va vazifalar Respublikamiz oliy o’quv yurtlari, barcha turdagi ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot muassasalari uchun: xorijiy o’quv va ilmiy adabiyotlarni xorijiy tillardan o’zbek tiliga tarjima qilish va bu jarayonni avtomatlashtirish uchun elektron matn tarjimoni yaratish; soxa mutaxassislari va talabalar uchun zamonaviy fan-texnika taraqqiyoti aks ettirilgan soxaga ixtisoslashgan ikki va ko’p tillik turli tipdagi terminologik o’quv va tarjima elektron va bosma  lug’atlar tuzish, ularni chop etish uchun nashriyot va bosmaxona ishini yo’lga qo’yish; jahondagi nufuzli ilmiy jurnallarda dolzarb mavzular yoritilgan maqolalar hamda rivojlangan xorijiy davlatlar ta’lim tizimiga joriy qilingan o’quv va ilmiy-texnik adabiyotlar axborot-taxlil monitoringi olib borish va “Tezkor ilmiy xabarnoma” byulleteni nashr etish va boshqalardan iborat. 

Bundan tashqari, universitet rektori fakultetdagi o’quv faoliyati, ilmiy-tadqiqot ishlarini ham o’rgandi. Fakultetda bu sohalarda olib borilayotgan ishlardagi yutuqlar e’tirof etildi va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar berildi.  

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2004-2021. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!
XORIJIY ABITURIYENTLAR DIQQATIGA!!!