Tabiiy fanlar fakulteti
Fakultet dekani biografiyasi:
Texnika fanlari nomzodi, dotsent. Jami 180 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar, shu jumladan 3 ta darslik, 8 ta o‘quv-uslubiy ishlar muallifi.
Uning rahbarligi ostida universitet va Andijon shahar hokimligi qoshidagi “Innovatsion g‘oyalarni tadbiq etish markazi” hamkorligida 3 ta respublika innovatsion ilmiy grant loyihasi amalga oshirilgan. Hududdagi 3 ta fermer xo‘jaligi bilan perspektiv xo‘jalik qimmatiga ega bo‘lgan o‘simlik xomashyolarini yetishtirish va ulardan import o‘rnini bosuvchi biologik faol qo‘shimchalar ishlab chiqarishga qaratilgan shartnomalar tuzilgan.
Faol ishtiroki bilan “Tovarlarni kimyoviy tarkibi asosida sinflash va sertifikatlash” ixtisosligi yo‘nalishida 3 ta respublika va 1 ta xalqaro konferensiya o‘tkazilgan.
Hammualliflikda yozilgan umumta’lim o‘rta maktablari uchun 7-, 8-, 9-sinf darsliklari va o‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanmalari 7 tilda bir necha million nusxada nashr qilinib, amaliyotda foydalanib kelinmoqda.
Oliy ta’lim muassasalari kimyo yo‘nalishi bakalavrlari uchun 6 ta, kimyo magistri mutaxassisligi uchun 2 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar yaratilgan.
Hududdagi oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalariga uslubiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha hokimlik tomonidan tashkil qilingan guruhda ekspert sifatida ishtirok etadi.
Rahbarlik faoliyati bilan bir vaqtda soha bo‘yicha ham ilmiy izlanishlar olib boradi. “Tovarlarni kimyoviy tarkibi asosida sinflash va sertifikatlash” ixtisosligi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarini davom ettirib, doktorlik dissertatsiyasi ustida ishlamoqda.
Pedagogik faoliyati davomida bakalavr bitiruv-malakaviy ishlariga va magistrlik dissertatsiyalariga rahbarlik qilib kelgan. Tajribali pedagog sifatida muntazam ravishda tashkil qiladigan ochiq ma’ruza mashg‘ulotlari kuzatuvchilar tomonidan yuksak ilmiy-pedagogik saviyada o‘tkazilgani ta’kidlangan.
Mutaxassislik kafedrasining o‘quv jarayonini uslubiy jihatdan ta’minlash borasida 5140500-Kimyo bakalavr yo‘nalishi uchun "Modda tuzilishi", “Kimyo o‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar”, “Kimyodan maslal va mashqlar yechish” fanlaridan ishchi dasturlar, ma’ruza matnlari va o‘quv-uslubiy majmualar tayyorlagan. 5A140501-Kimyo (organik kimyo) mutaxassisligi uchun ishchi o‘quv reja tayyorlashda faol ishtirok etgan va “Dinamik stereokimyo va konformatsion analiz”, “Tovarlarni kimyoviy tarkibi asosida sinflash va sertifikatlash” fanlaridan ishchi o‘quv dasturlarini tayyorlagan.
Respublikada darslik va o‘quv qo‘llanmalar tanlovida 2008 yilda hammualliflar bilan birgalikda yozilgan “Kimyo-9” darsligi fahrli III-darajali diplom bilan, 2009 yilda “Kimyo-7” darsligi fahrli II-darajali diplom bilan, 2010 yilda “Kimyo-8” darsligi fahrli I-darajali diplom bilan taqdirlangan.
1991-1993 yillarda - Andijon davlat pedagogika instituti yoshlar qo‘mitasi kotibi o‘rinbosari
1993-1993 yillarda - Andijon davlat universiteti yoshlar ittifoqi qo‘mitasi raisi
1993-1996 yillarda - Andijon davlat universiteti aspiranti
1996-1999 yillarda - Andijon davlat universiteti organik va umumiy kimyo kafedrasi assistenti, katta o‘qituvchisi
1999-2002 yillarda - Andijon davlat universiteti xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i
2002-2003 yillarda - Andijon davlat universiteti fizik va organik kimyo kafedrasi katta o‘qituvchisi
2003-2004 yillarda - Andijon davlat universiteti o‘quv bo‘limi boshlig‘ining sirtqi ta’lim bo‘yicha o‘rinbosari
2004-2005 yillarda - Andijon davlat universiteti o‘quv bo‘limi boshlig‘i
2005-2006 yillarda - Andijon davlat universiteti o‘quv bo‘limi bosh uslubchisi
2006-2009 yillarda - Andijon davlat universiteti o‘quv metodik boshqarmasi boshlig‘i (bir vaqtning o‘zida Andijon viloyati mintaqaviy tadqiqot markazi rahbari, Andijon viloyati mintaqaviy multimedia studiyasi direktori)
2009-2011 yillarda - Andijon davlat universiteti maxsus sirtqi fakulteti dekani (bir vaqtning o‘zida Andijon viloyati mintaqaviy tadqiqot markazi rahbari, Andijon viloyati mintaqaviy multimedia studiyasi direktori)
2011-2011 yillarda - Andijon viloyati hokimligi iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha kotibiyati mudiri (bir vaqtning o‘zida Andijon viloyati mintaqaviy tadqiqot markazi rahbari, Andijon viloyati mintaqaviy multimedia studiyasi direktori)
2011-2013 yillarda - Andijon viloyati o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi boshlig‘i (bir vaqtning o‘zida Andijon viloyati mintaqaviy tadqiqot markazi rahbari, Andijon viloyati mintaqaviy multimedia studiyasi direktori)
2013-2017 yillarda - Andijon davlat universiteti umumiy kimyo kafedrasi dotsenti
2017 yildan hozirgi vaqtga qadar Andijon davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti dekani
FAKULTET KAFEDRALARI
EKOLOGIYA VA BOTANIKA KAFEDRASI
![]() |
KIMYO KAFEDRASI
![]() |
![]() |
Kafedra 2011 yilda “Zoologiya va biokimyo” kafedrasi “Zoologiya” hamda “Biokimyo” kafedralari negizida tashkil topdi. Kafedra “Biologiya” mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlovchi kafedra hisoblanib, bir qator magistr mutaxassislar tayyorlanmoqda.
1931-yilda “Tabiiy fanlar” kafedrasi nomi bilan faoliyat yurita boshlagan. Bu paytda institutda biologiya, kimyo fanlari o‘qituvchilari tayyorlashda faqat bitta – tabiiy fanlar kafedrasi xizmat qilgan. O‘quv ishlarini yanada takomillashtirish, sifatini yaxshilash maqsadida Farg‘ona pedagogika institutining o‘sha paytdagi yetakchi professor o‘qituvchilaridan S.V.Avrinsev, S.P.Deyneka kabi taniqli olimlar Andijon institutiga taklif qilingan.
1957 yili institutga dotsent (keyinchalik professor) G‘.X.Abdullayev rektor bo‘lib tayinlanganidan so‘ng kafedra faoliyatida jonlanish kuzatila boshlandi. U kafedralarning professor-o‘qituvchilari saloxiyatini oshirish, ilmiy darajaga ega bo‘lgan mutaxasislarni ko‘paytirish, yangi kafedralar tashkil qilish, ularga ilmiy ishlarga layoqatli bo‘lgan yoshlarni jalb qilishga juda katta e’tibor berdi.
Bu davrda ilmiy tadqiqotlar yakuni sifatida 1 ta doktorlik, 5 ta nomzodlik dissertatsiyalari ximoya qilinishi, ta’lim tarbiya ishlari sifatini yanada yaxshilashga qaratilgan vazifalarini muvaffaqiyatli bajarishga qaratilganligi bilan xarakterlanadi.
1992-yilda institutga universitet maqomi berilgandan so’ng kafedra biokimyo-biofizika kafedrasiga aylantirildi. Kafedraga akademik A.Qosimov rahbarlik qildi. Bu davrda kafedrada “Biokimyo” va “Biokimyodan amaliy mashg‘ulotlar” kabi darsliklar yaratildi, o‘simlik fiziologiyasi, xususan mintaqamiz qishloq xo‘jaligi uchun dolzarb muammo bo‘lgan yangi paxta navlarini yaratish borasida yirik tadqiqotlar o‘tkazish uchun laboratoriya uskunasi “Fitotron”olib kelinib ishga tushirildi. Uning faoliyati davomida 1997-yilda “Biologik faol moddalar” laboratoriyasida biostimulyatorlarning o‘simlik organizmiga ta’siri mavzusida ilmiy tadqiqot ishlari olib borilgan.
Dastlab tashkil etilgan “Biokimyo” kafedrasiga akademik A.Qosimov (1982-1992), dots. Q.Qo‘chqarov (1992-1999), “Fiziologiya va biokimyo” kafedrasiga prof. L.Saidboyeva (1999-2001), b.f.n. A.Sheraliyev (2001-2003), “Biofizika va biokimyo” kafedrasiga b.f.n. G‘.Jo‘raqulov (2003-2004), “Fiziologiya va biokimyo” kafedrasiga dots. E.Xalilov (2004-2007), “Biokimyo” kafedrasiga prof. K.Tojiboyev (2007-2011), “Zoologiya va biokimyo” kafedrasiga dots. D.S.Tuychiyeva (2011-2015)lar rahbarlik qilganlar.
Hozirgi kunda zoologiya va biokimyo kafedrasiga dots. v.b., b.f.f.d. A.K.Xusanov mudirlik qilib kelmoqda.
Hozirda kafedrada 2 nafar fan doktorlari, professorlar: O.Xoshimov, Q.Tojiboyev, 6 nafar dotsent, fan nomzodlari, 3 nafar dotsent v.b., fan nomzodi (PhD), 2 nafar katta o‘qituvchi va 12 nafar o‘qituvchilar faoliyat olib bormoqdalar.
O‘tgan yillarda kafedra ilmiy salohiyatida o‘sish kuzatildi. A.Xusanov biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, F.Yuldashev qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajalariga ega bo‘ldilar.
Kafedrada 2016-yilda F.To‘xtaboyeva, Q.Qo‘chqarov “Biotexnologiyaning ekologik asoslari” o‘quv qo‘llanmalari, 2018-yilda I.Badalxo‘jaev, T.Madumarovlar tomonidan “Sitologiya” darsligi, A.Xusanov, I.Zokirovlarning “Hayvonlar ekologiyasi”, I.Badalxo‘jaev, A.Xusanovlarning “Parazitologiyadan laboratoriya praktikumi” o‘quv-uslubiy qo‘llanmalari tayyorlandi.
Kafedraning ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘yicha 2016-2022 yillarda Zoologiya kafedrasining ilmiy salohiyatini oshirish va yoshartirish istiqbolli rejasi mavjud. 2024 yilga qadar 4 ta doktorlik dissertatsiyasi himoya qilinishi rejalashtirilgan.
Kafedrada 2015 yildan buyon 03.00.06 – Zoologiya, 2017 yildan 03.00.01 – biokimyo, 2018 yildan 03.00.12 – biotexnologiya mutaxassisliklari bo‘yicha Oliy ta’limdan keyingi ta’lim - doktorantura faoliyat olib bormoqda.
2016 yilga kelib kafedraning o‘quv-materiallari yangi olingan avtoklav, bidistillyator, laminar boks, mikrotsentrofuga, vakkum sentrofuga, gomogenizator, mikrotom, mikroskop, lupalar, preparoval asboblar bilan yanada boyidi.
Kafedra pedagoglari jadvali(ko'rish uchun bosing)
Zoologiya kafedrasida 2018-2019 o‘quv yilida jami 30 ta fan bo‘lib, biologiya yo‘nalishida 22 ta, ekologiya yo‘nalishida 5 ta, oziq-ovqat texnologiyasi yo‘nalishida 3 ta fanlardan dars beriladi.
Hozirgi kunda kafedrada quyidagi asosiy yo‘nalish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda: “Farg‘ona vodiysi hayvonot dunyosini tadqiq etish, tur tarkibi, tarqalishi hayotiy jarayonlarini o‘rganish asosida noyob turlarni muhofaza qilishni nazariy va amaliy muammolari” 2013 yil 10 sentabrda o‘tkazilgan kafedra yig‘ilishida tasdiqlangan (Bayonnoma №2).
Kafedraning qo‘shimcha ITI mavzulari:
-
“Makkajo‘xori va boshqa baland bo‘yli o‘simliklarni zararkunandalardan ximoya qilish usul va vositalarini yaratish” 06.01.09 – qishloq xo‘jaligi fanlari,
-
“Ultradisspers kukunlarining qishloq xo‘jaligi ekinlarini xosildorligini oshirishiga ta’siri”;
-
“Toksik gepatitda moddalar almashinuvini o‘zgarishi va ularni mo‘’tadillashtirish yo‘llari”; (2014 y. 22 yanvarda o‘tkazilgan ADU Ilmiy Kengashida tasdiqangan (Bayonnoma № 5)).
Ekologiya va botanika kafedrasi bilan hamkorlikdagi ilmiy seminar faoliyat olib boradi
Kafedrada iqtidorli talabalar bilan ilmiy-tadqiqot ishlarini keng yo‘lga qo‘yish maqsadida “Yosh entomolog” to‘garagi faol ish olib bormoqda. To‘garakning 50 ga yaqin faol a’zolari “Farg‘ona vodiysi hayvonot dunyosini tadqiq etish, tur tarkibi, tarqalishi hayotiy jarayonlarini o‘rganish asosida noyob turlarni muhofaza qilishni nazariy va amaliy muammolari”, “Makkajo‘xori va boshqa baland bo‘yli o‘simliklarni zararkunandalardan himoya qilish usul va vositalarini yaratish”, “Ultradispers kukunlarining qishloq xo‘jaligi ekinlarini xosildorligini oshirishiga ta’siri” yo‘nalishlarida ilmiy-tadqiqotlarni olib borishmoqda.
Biologiya ta’lim yo‘nalishida jami 413 nafar talabalar tahsil olishadi. Xozirda 2, 3 va 4-bosqich talabalari orasidan iqtidorli talabalar qatoriga 126 nafari kafedra professor-o‘qituvchilariga biriktirilgan. Ular o‘zlarining maqola va tezislari bilan horijiy va Respublika ilmiy anjumanlarida faol ishtirok etib kelmokdalar.
Kafedra bugungi kunda O‘zRFA Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiya instituti, O‘zFA Mikrobiologiya ITI, O‘zRFAZoologiya ITI, Nizomiy nomli TDPIlari bilan ilmiy hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘ygan.
Bundan tashqari kafedra ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash samaradorligi oshirish borasida, iqtidorli yosh olimlarni xorij ilmiy safarlariga yuborilishi bo‘yicha biokimyo yo‘nalishida tahsil oluvchi tayanch doktorant Mamatova Iroda Xitoyning Janubiy-g‘arbiy Xitoy universitetiga 1 yilga stajirovkaga yuborildi.
Xalqaro hamkorlik va chet el bilan ilmiy aloqalar asosida erishilgan natijalarga ko‘ra kafedra o‘qituvchisi M.Zokirova 2018 yilning 1-31 oktabr kunlari A.S.Pushkin nomli Leningrad davlat universitetida “Iste’dod” jamg‘armasi yo‘llanmasi bilan malaka oshirib qaytdi. Malaka oshirish davomida M.Zokirova 2 ta xalqaro ilmiy konferensiyada ishtirok etib, ilmiy ishlari natijalari bo‘yicha ilmiy tezis chop etildi.
Kafedra dotsenti F.Yuldashevning “Makkajo‘xori o‘simligini zararkunandalardan himoya qilishda yangi texnologiya” mavzusidagi ishlanmasi bo‘yicha “Anor”, “Yuksalish bog‘i”, “Xoshimjon fayzli yerlari” fermer xo‘jaliklari bilan korporativ xamkorlik bo‘yicha shartnomalar imzolandi.
Mazkur o‘quv yilida Zoologiya hamda Biologiya va ekologiya kafedralari bilan birgalikda bir innovatsion guruhda innovatsion xamkorlik bo‘yicha quyidagi tashkilotlar bilan xamkorlik shartnomalari tuzildi: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘zQXIIChM Don va dukkakli ekinlar ilmiy tadqiqot instituti, O‘zR FA qoshidagi Genomika va bioinformatika markazi, Andijon viloyati SES, Xo‘jaobod tumani Anor fermer xo‘jaligi.
Innovatsiya bo‘yicha taqdim etilgan loyihaning nomi; “Makkajo‘xori va boshqa ozuqabop donli ekinlarning kemiruvchi zararkunandalariga qarshi biologik kurash usullarini samaradorligini oshirish yo‘llari” bo‘yicha ish olib borilmoqda. Grant raqami.
![]() |
Kafedraning ilmiy yo‘nalishi – Farg‘ona mintaqasi iqtisodiy – ijtimoiy rivojlanishining geografik jihatlari.