0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

Chet tillar fakulteti




RUSTAMOV DILSHODBEK ABDUVAHIDOVICH 
Fakulteti dekani. Filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Telefon: 0(374) 223-42-76
E-pochta: xorijiy@adu.uz
Qabul kunlari: Har kuni

 

Fakultet dekani biografiyasi:

  • 2005-2009 yy. - Andijon davlat tillar pedagogika instituti talabasi.
  • 2009-2011 yy. - Toshkent davlat pedagogika universiteti magistranti.
  • 2011-2015 yy. - Andijon davlat universiteti ingliz tili va adabiyoti kafedrasi oʻqituvchisi.
  • 2015–2016 yy. - Andijon davlat universiteti fakultetlararo chet tillari kafedrasi oʻqituvchisi.
  • 2016-2018 yy. - Andijon davlat universiteti tayanch doktoranti.
  • 2018-2018 yy. - Andijon davlat universiteti ingliz tili va adabiyoti kafedrasi mudiri v.b.
  • 2018 -2019 - Andijon davlat universiteti Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti.
  • 2019- 2020 - Andijon davlat universiteti “Fakultetlararo chet tillar (aniq va tabiiy fanlar)” kafedrasi mudiri
  • 2020-yil 2-oktyabrdan Andijon davlat universiteti chet tillar fakulteti dekani

KARIMOV KAMOLIDDIN NASRIDINOVICH
O'quv ishlari bo'yicha dekan o'rinbosari
Telefon: 
+998 97 219 00 44
E-pochta:
king230680@gmail.com

MATQULOV HOSILBEK MAVLONOVICH
Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari
Telefon: +998 93 631 23 78
E-pochta: matqulov78@mail.ru 
AHUNOV MUQIMJON MUHAMMADAMINOVICH 
O'quv ishlari bo'yicha dekan o'rinbosari
Telefon: +998 33 001 77 75
E-pochta: xorijiy@adu.uz 
POZILOV MA'MIRJON SOBIROVICH 
O'quv ishlari bo'yicha dekan o'rinbosari
Telefon: +99891 605 06 00
E-pochta: 205boss_205@mail.ru 
ATABOYEV AHADJON JUMAQO'ZIYEVCIH 
O'quv ishlari bo'yicha dekan o'rinbosari
Telefon: +998 94 399 01 01 
E-pochta: ataboyev.87@bk.ru 
XAFIZOV AZIZBEK TOHIRJON O'GLI 
O'quv ishlari bo'yicha dekan o'rinbosari
Telefon: +998 99 900 81 04
E-pochta: azizbekhafizov93@gmail.com 
XUDJAYEVA RA'NO MUTALIBJONOVNA 
Ilmiy ishlar bo'yicha dekan o'rinbosari
Telefon: +998 99 996 00 79
E-pochta: bagira81@inbox.ru 
MATTIYEV ABDULAZIZ OKTYABRJON O'G'LI 
Axborot texnologiyalari bo'yicha dekan o'rinbosari
Telefon: +998 94 562 02 07
E-pochta: adu_02_07@mail.ru 
 
Andijon davlat universiteti chet tillar fakulteti uzoq tarixga ega. 1963-yil 1-sentyabrda Andijon pedagogika instituti tarix-filologiya fakulteti tarkibida ingliz va nemis tillaridan pedagog mutaxassislar tayyorlash boʻlimi ochilgan. 1966-yildan boshlab Andijon davlat tillar pedagogika instituti tashkil topdi. Ushbu ilm dargohiga turli yillarda quyidagi professor-oʻqituvchilar rahbarlik qilgan. Xususan, M.E.Habibov (1966-1978), X.Azimov (1978-1983), M.E.Umarxoʻjayev (1983-2000)larning mehnatlari bilan institut mamlakatda yetakchi chet tili mutaxassislarini tayyorlovchi dargohga aylangan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 30-avgustdagi “Andijon davlat universitetida kadrlar tayyorlash tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 192-sonli qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2010-yil 3-sentyabrdagi 341-sonli buyrugʻi bilan Andijon davlat tillar pedagogika instituti negizida Andijon davlat universiteti chet tillar fakulteti tashkil etildi.
Yarim asrlik davrda ushbu ilm dargohida ingliz, nemis, fransuz, rus, shuningdek, fors, arab, hind, turk tillari boʻyicha mutaxassislar tayyorlanib, ular umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar, oliy taʼlim muassasalari va taʼlim tizimidagi turli institutlarda oʻqituvchi, ilmiy xodim, tarjimon sifatida faoliyat koʻrsatmoqdalar.
2020-yil oktabr oyidan boshlab fakultet dekani sifatida filologiya fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent Rustamov Dilshodbek Abduvoxidovich faoliyat yuritib kelmoqda. 
Fakultetda 7 ta kafedra ish olib borib, ularda 200 nafardan ortiq professor-oʻqituvchilar ishlab kelmoqda. Ulardan 2 nafari fan doktori, professorlar, 24 nafari fan nomzodi, dotsentlardir.
 
Chet tillar fakulteti qoshida faoliyat olib borayotgan kafedralar:

• Nemis tili va adabiyoti;
• Fransuz tili va adabiyoti;
• Ingliz tili va adabiyoti;
• Ingliz tili grammatikasi;
• Ingliz tili fonetikasi;
• Fakultetlararo chet tillar (aniq va tabiiy fanlar);
• Fakultetlararo chet tillar (ijtimoiy-gumanitar fanlar).
 
Fakultetda talabalar quyidagi yoʻnalishlarda tahsil oladilar:

5111400 - ingliz tili va adabiyoti yoʻnalishi (kunduzgi)
5111401- nemis tili va adabiyoti yoʻnalishi (kunduzgi)
5111402- fransuz tili va adabiyoti yoʻnalishi (kunduzgi)
5611500 - gid hamroxligi va tarjimonlik faoliyati (tillar boʻyicha)
5A111401- ingliz tili va adabiyoti yoʻnalishi (Magistratura)
 
Fakultetning ingliz tili va adabiyoti yoʻnalishida 2000 nafardan ziyod, nemis tili va adabiyoti yoʻnalishida 150 nafar va fransuz tili va adabiyoti yoʻnalishida 120 nafardan ziyod talabalar tahsil olib kelmoqdalar. Fakultetda xar yili talabalar turli tanlovlarda ishtirok etib koʻp yutuqlarni qoʻlga kiritib kelmoqdalar. Jumladan, har yili talabalarimiz “Navoiy” nomidagi davlat stipendiyasi sohibi hamda turli Respublika va xalqaro fan olimpiadalarining sovrindorlari sifati eʼtirof etilmoqda. 

Shuningdek, fakultetda Andijon lugʻatshunoslik va tarjimashunoslik amaliy-ilmiy innovatsion markazi (ALTAIIM) ham faliyat olib bormoqda.

O’zbеkistоndа fаоliyat ko’rsаtаyotgаn xоrij mаmlаkаtlаri elchixоnаlаri bilаn аlоqа o’rnаtilgаn.
O’zbеkistоndаgi Frаnsiya elchixоnаsining Viktоr Gugо nоmli mаdаniyat mаrkаzi, Gеrmаniya elchixоnаsining DAAD tаshkilоti, Gyotе instituti filiаli, Аngliya elchixоnаsining Britаniya Kеngаshi shulаr jumlаsidаndir.
2016 – 2017 yillarda 4 nafar yosh mutahassislik Angliyaning Hopbur til o’rgatish institutida, bir nafar o’qituvch AQSHda, 1 nafari Fransiyada malaka oshirib qaytidillar. Ikki nafar katta ilmiy hodimlar Italiyaning Piza universitetida ilmiy stajirofkada boldilar.

 
FAKULTET KAFEDRALARI

INGLIZ TILI VA ADABIYOTI KAFEDRASI

VOSITOV VALIJON ABDUVAHOBOVICH
Kafedra mudiri. Filologiya fanlari nomzodi, dotsent. 

Telefon: 0(374) 223-42-76 
E-pochta: xorijiy@adu.uz
 
Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi ingliz adabiyoti tarixi, tarjima nazariyasi va amaliyoti, sinxron va izchil tarjima, til amaliyoti, chet (ingliz) tili fanlari boʻyicha nazariy va amaliy mashgʻulotlar olib boradi.
Kafedra universitet tarkibida fanlar boʻyicha oʻquv uslubiy va ilmiy-uslubiy ishlarni amalga oshiruvchi, shuningdek, ilmiy va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlovchi, ularning malakasini oshiruvchi asosiy tarmoq hisoblanadi.
Kafedra tashkil etilgandan buyon unga filologiya fanlari nomzodi, dotsent M.A.Abduvaliyev (1996-1998, 2010-2015 yy), filologiya vanlari doktori, professor Gʻ.M.Xoshimov (1998-2005 yy), filologiya fanlari doktori, professor K.J.Joʻrayev (2005-2007yy), filologiya fanlari nomzodi, dotsent T.B.Umirzaqov (2007-2008 yy), katta oʻqituvchi B.T.Jalilov (2008-2009 yy), filologiya fanlari nomzodi, dotsent S.O.Solijonov (2009-2010 yy), lar rahbarlik qildilar.
Hozirda Ingliz tili va adabiyoti kafedrasiga filologiya fanlari nomzodi, dotsent Vositov Valijon Abduvaxobovich rahbarlik qilmoqda.
Kafedrada 34 nafar professor-oʻqituvchilar faoliyat koʻrsatadi. Ulardan 4 nafari daraja va unvonlarga ega. Kafedra professor-oʻqituvchilarining 11 nafari katta oʻqituvchi, 17 ta assistent oʻqituvchi lavozimlarida ishlaydi.
Kafedra ilmiy salohiyati 11.1% ni tashkil etadi. Kafedra professor-oʻqituvchilarining oʻrtacha yoshi 36.5 ni tashkil etadi. Kafedra professor-oʻqituvchilari 14 fandan talabalarga tahsil berib kelmoqda.
Iqtidorli talabalar bilan alohida mashgʻulotlar oʻtish maqsadida “Yosh adabiyotchi” toʻgaragi tashkil etilgan. Toʻgarakda talabalarni inglizzabon mamalakatlar (Angliya va Amerika) adabiyoti tarixiga doir badiiy adabiyotlar bilan tanishtirish va keng ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishlari uchun yoʻnaltiriladi.

INGLIZ TILI GRAMMATIKASI KAFEDRASI

XOSHIMOV G'ANIJON MIRZAAHMEDOVICH 
Kafedra mudiri. Filologiya fanlari doktori.

Telefon: +998 90 528 18 81 
E-pochta: xorijiy@adu.uz
 

“Ingliz tili grammatikasi” kafedrasi bakalavr malakaviy darajasi 5111400 – xorijiy tillar va adabiyoti (ingliz tili) bo’yicha malakali mutaxasislar tayyorlash soxasida faoliyat olib bormoqda.

Kafedraning mutaxassislar tarkibi ilmiy salohiyati, kasb mahorati, malakaviy darajasi xalqaro andozalar talablariga shuningdek, O’zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va “Ta’lim to’g’risidagi Qonun” talablari darajasida mutaxasislar tayyorlashga yo’naltirilgan.

Kafedra 2018-yilda “Ingliz tili grammatikasi” kafedrasi nomi bilan tashkil topgan. Kafedrani filologiya fanlari doktori, professor G.M.Hoshimov boshqaradi. 2020/2021 o'quv yilida kafedra tarkibida 23 nafar professor-o'qituvchilar faoliyat yuritmoqda. Ulardan 1 nafari fan doktori, 6 nafari katta o'qituvchi, 16 nafari o'qituvchilardir 

Kafedra Buyuk Britaniyaning O’zbekistondagi elchixonasi hamda O’zbekistonning ko’plab oliy o’quv yurtlari bilan uzviy aloqa o’rnatgan. Kafedra professor-o’qituvchilaridan aksariyati Buyuk Britaniyaning hamda boshqa mamlakatlarning nufuzli oliygohlarida malaka oshirib qaytgan.

Kafedra qоshida “Yosh grammatikachilar”, “Сreative writers”, “Fluent speakers”, “Curious readers” ilmiy-amaliy to’garaklari faoliyat yuritib kelmoqda. To’garaklarda 100 dan ortiq talabalar ilmiy tadqiqot ishlariga yo’naltirilmoqda. Ularga 18 nafar tajribali professor-o’qituvchilar qo’shimcha dars mashg’ulotlarini o’tib, fan olimpiadalariga tayyorlaydilar, ilmiy tadqiqot ishlariga yo’nalitirib boradilar.
 

INGLIZ TILI FONETIKASI KAFEDRASI

SOLIJONOV SOBIR OTAXONOVICH
Kafedra mudiri. Filologiya fanlari nomzodi, dotsent. 

Telefon: 0(374) 223-42-76 
E-pochta: xorijiy@adu.uz
Ushbu kafedra 1991-yilda tashkil topgan boʻlib, dastlab “Ingliz tili leksikasi va stilistikasi” deb nomlangan. Kafedraga 2017-yildan boshlab hozirgi paytgacha kafedraga filologiya fanlari nomzodi, dotsent S.O.Solijonov mudirlik qilib kelmoqda.
 
Oʻquv-uslubiy ishlar

Kafedrada 28 ta oʻqituvchi asosiy shtatda ishlaydi, shulardan 2 ta fan nomzodi, 2 ta f.f.f.d (PhD), (2 ta dotsent).
Kafedrada “Oʻrganilayotgan til stilistikasi”, “Oʻrganilayotgan til leksikologiyasi”, “Ingliz tili nazariy fonetikasi”, “Amaliy fonetika”, “Oʻqish va yozish amaliyoti”, “Til aspektlari amaliyoti”, “Integrallashgan til koʻnikmalari”, “Kommunikativ leksika”, “Xorijiy OAV tili”, “Oʻlkashunoslik”, “Tili oʻrganilayotgan mamlakat tarixi va madaniyati” va boshqa mutaxassislik fanlaridan maʼruza, amaliy va seminar mashgʻulotlari olib boriladi.
Kafedra aʼzolari kafedra tasarrufidagi 1-4 kurslarda 21 ta fan boʻyicha mashgʻulotlar olib boradilar va ularning amaliyotlariga rahbarlik qiladilar.

Ilmiy tadqiqot ishlari

Ingliz tili fonetikasi kafedrasining ilmiy-tadqiqot faoliyatidagi ustuvor yoʻnalishlaridan biri Ingliz tilining stilistikasi, leksikologiyasi, fonetikasi va madaniyatlararo muloqot madaniyatini oʻrganish, tadqiq qilish hamda chogʻishtirishdan iboratdir. Bugungi kunda kafedra ilmiy salohiyati 16 foizni tashkil etmoqda. Kafedra doktoranti M.Qurbonovning f.f.f.d (PhD) boʻyicha doktorlik dissertatsiyasi himoyasi kutilmoqda.
2020-yilda kafedra professor-oʻqituvchilari tomonidan 3 ta oʻquv (uslubiy) qoʻllanma nashrga ruxsat berilgan boʻlsa, 12 ta ilmiy maqolalar va 80 dan ortiq tezislar nashrdan chiqarilgan. Ilmiy maqolalarning 6 tasi impakt faktorga ega ilmiy jurnallarda, 2 tasi xalqaro ilmiy jurnallarda, 2 tasi OAK roʻyxatidagi ilmiy jurnallarda va 2 tasi respublikada roʻyxatdan oʻtgan ilmiy jurnallarda nashr qilingan boʻlsa, tezislarining 55 tasi xalqaro va 25 tasi respublika miqyosida oʻtkazilgan ilmiy-amaliy anjuman materiallar toʻplami hisoblanadi.
Kafedra aʼzolaridan 2 nafari 2020-yilda amalga oshirilgan innovatsion loyixalarda qatnashmoqda. Filologiya fanlari nomzodi, dotsent Solijonov Sobirjon 2020-yilda Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan eʼlon qilingan tanlovda gʻolib boʻlgan va tasdiqlangan “Sunʼiy ong platformalari uchun elektron lugʻat va matn tarjimoni dasturiy mahsulotini yaratish”. Amaliy loyixa (Ijtimoiy-gumanitar fanlar yoʻnalishi boʻyicha (Filologiya) loyihasida ishtirok etmoqda. Ushbu loyiha 2020-yil boshlanib, 2022-yilda yakunlanadi.
Kafedraning yana bir aʼzosi dotsent Xoʻjayeva Raʼno Mutallibovna 2020-2022-yillarga moʻljallangan “FZ-201912099 Oʻzbek folklorining oʻzbek va ingliz tillaridagi veb-sayti va multimedia mahsulotlarini yaratish” va “Kodeks Kummanikus“ kulyozmasining elektron izoxli matni va lugatini yaratish” loyihalarida ishtirok etmoqda.
Kafedra oʻqituvchisi G.Mamadaliyeva AQSH Davlat Departamenti tomonidan ajratilgan ”Faculty Enrichment Program" dasturi doirasida 26 ming AQSH dollar qiymatida grantni qoʻlga kiritdi. Natijada, grant doirasida 2020-2021-yillar davrida universitet professor-oʻqituvchilarining kasbiy mahoratini oshirish, xorijiy pedagogik talim texnologiyalarini oʻrganish, talimdagi mavjud muammo va vazifalarga yechim topishda xorijiy tajriba almashinuvi kabi ishlar amalga oshiriladi.
 
Kafedraning hamkorlik aloqalari
 
2020-yilda kafedraning ilmiy yoʻnalishidagi xalqaro aloqalari Italiyaning Piza universiteti, Turkiyaning TDTKB - Türk Dil Tarih Kültür Birliği markazi, Rossiyaning Moskva davlat lingvistik universiteti, Buyuk Britaniyaning Xalqaro Lingvistika Akademiyasi, Angliyaning Kembridj universiteti, Angliyaning Norvich til oʻqitish instituti, Amerika Qoʻshma Shtatlarining “American English E-Teacher” dasturi “TESOL Methodology course” kursi, Xindistoning “Master Mind Publik School” va “SHIVALIK VIDYAVALA” maktablari bilan hamkorlik aloqalari oʻrnatildi va xozirga qadar olib borilmoqda.
Kafedra doktoranti M.Qurbanovga Piza universiteti Lingvistika, filologiya va adabiyot departamenti professori Mirko Tovasanis (Mirko Tavosanis), Turk tili tarixi va madaniyat birligi (TDTKB - Türk Dil Tarih Kültür Birliği) markazi oʻqituvchisi Sefer Eraslan (Sefar Eraslan) va Moskva davlat lingvistika universiteti professori Olga Irisxanova ingliz (italyan), turk va rus tillaridan ilmiy maslahatchilik qilib kelmoqda. Natijada, xammualiflikda olib borayotgan ilmiy izlanishlari natijasida xozirga qadar jami 5 ta ilmiy maqolalar tayyorlanib, ular kelgusida xorijdagi va mahalliy ilmiy jurnallarga chop etish uchun taqdim qilindi.

NEMIS TILI VA ADABIYOTI KAFEDRASI

UMARXO'JAEV MUXTOR ESHONXO'JAEVICH
Kafedra mudiri. Filologiya fanlari doktori, professor. 

Telefon: 0(374) 223-42-76 
E-pochta: xorijiy@adu.uz

1966 yili Andijon davlat tillar pedagogika instituti tashkil etilishi bilan chet tillar fakulteti qoshida nemis tili  kafedrasi tashkil etildi va kafedraga M.T.To’xtaev mudir etib tayinlandi. Kafedraga 1996 yildan boshlab filologiya fanlari nomzodi, dotsent Q.N. Nazarov va 2010 yildan professor M.E. Umarxo’jaev mudirlik qilib kelmoqda.

O’quv-uslubiy ishlar

Hozirda bu kafedrada 1 nafar fan doktori, professor, 7 nafar katta o’qituvchi va 9 nafar o’qituvchi nazariy va amaliy mashg’ulotlarini olib bormoqda. Kafedra professor-o’qituvchilari Nemis tili va adabiyoti yo‘nalishi talabalariga 14 ta fandan: Til ko‘nikmalari integratsiyasi, O‘qish va yozish amaliyoti, Til aspektlari amaliyoti, Amaliy fonetika, Amaliy grammatika, Tili o‘rganilayotgan mamlakatlar adabiyoti tarixi, Mamlakatshunoslik, Stilistika va matn tahlili, Leksikologiya, Nemis va ona tili qiyosiy tipologiyasi, Nemis tili stilistikasi, Tarjima nazariyasi va amaliyoti, Nemis tili nazariy grammatikasi, Nemis tili nazariy fonetikasi fanlaridan saboq berib kelmoqdalar.    

Kafedra ilmiy faoliyati

Kafedrada professor M.E.Umarxo’jaev rahbarligida ilmiy maktab faoliyat olib bormoqda. Filologiya fanlari doktori, professor Muxtor Eshonxo’jaevich Umarxo’jaev 1995 yildan Rossiya ijtimoiy fanlar Akademiyasining a’zosi, 2007 yildan Germaniyaning Leyptsig universiteti translatologiya instituti faxriy professori. M.E.Umarxo’jaev yosh avlodni tarbiyalash, ulardan ilmiy kadrlar yetishtirish ishlariga munosib rahbarlik qilib kelmoqda. Shu bilan bir paytda munosib shogirdlar ham tayyorladi, shogirdlari filologiya fanlari nomzodi, dotsent E.Jo’raev, filologiya fanlari nomzodi, dotsent Q.Nazarov, professor Z.Zokirova, falsafa doktori (PhD) J.Egamberdiyevlardir. Bu ro’yxatni yana davom ettirish mumkin. Jumladan, xozirda kafedra o’qituvchilari N.Qodirova “Xushomad ma’nosini ifodalovchi turg’un so’z birikmalari va ularning lingvistik tahlili” va O.Azamov “Zoonim komponentli frazeologizmlar va ularning tarjima muammolari” mavzulari bo’yicha doktorlik dissertatsiyalari ustida ish olib bormoqdalar.

Prof. M.E. Umarxo’jaevning 2010 yilda “Umumiy tilshunoslik” va “Olmon tili leksikologiyasi va frazeologiyasi” nomli o’quv qo’llanmalari ham nashrdan chiqdi. Professor M.E. Umarxo’jaev tomonidan yaratilgan “Ming bor eshitgandan bir bor ko’rgan afzal” (2014) nomli nemischa-inglizcha-o’zbekcha tasvirli tematik  lug’atdan Respublika miqyosida qo’llanib kelinmoqda. Katta o’qituvchi I. Jabborov bilan hammualliflikda tarjima qilingan “Gyote va islom” risolasi “Islom.uz” sayti tomonidan e’lon qilingan tanlovda ishtirok etib, g’oliblikni qo’lga kiritdi va munosib taqdirlandi. “Diniy atamalar izohli lug’ati” o’zbek lug’atshunosligida yangi sahifani ochib berdi.  

Kafedrada 2017-2021 yillarga mo’llallangan quyidagi ustuvor ilmiy yo’nalishlar bo’yicha ilmiy va uslubiy ishlar olib boriladi:

  • umumiy tilshunoslik
  • tarjimashunoslik
  • lug’atshunoslik.

 Kafedra qoshidagi to’garaklar

Kafedrada “Yosh tarjimon” to’garagi faoliyat olib boradi. To’garakda talabalar og’zaki va yozma tarjima ko’nikmalarini rivojlantiradilar, nemis va o’zbek adiblari qalamiga mansub badiiy asarlardan tarjimalar qiladilar. To’garakka kafedra katta o’qituvchisi O.Azamov rahbarlik qilib kelmoqda.

Nemis tili va adabiyoti ta’lim yo’nalishida jami 148 nafar talabalar tahsil olishadi. Hozirda 1, 2, 3 va 4-bosqich talabalari orasidan 15 nafar iqtidorli talabalar kafedra professor-o’qituvchilariga biriktirilgan. Ular o’zlarining maqola va tezislari bilan Respublika va xalqaro ilmiy anjumanlarida faol ishtirok etib kelmoqdalar.

Grantlar va loyihalar

Professor M.E.Umarxo’jaev tomonidan ishlab chiqilgan “Tarjimashunoslik va lug’atshunoslik innovatsiya markazini tashkil etish asosida lug’at va matn tarjimoni intellektual platformasini yaratish” loyihasiga O’zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan 6 mlrd so’m grant mablag’lari ajratildi. Loyiha 2020-2023 yillar davomida amlaga oshirilib, ushbu loyihadan  ko’zlangan asosiy maqsad va vazifalar Respublikamiz oliy o’quv yurtlari, barcha turdagi ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot muassasalari uchun: xorijiy o’quv va ilmiy adabiyotlarni xorijiy tillardan o’zbek tiliga tarjima qilish va bu jarayonni avtomatlashtirish uchun elektron matn tarjimoni yaratish; soxa mutaxassislari va talabalar uchun zamonaviy fan-texnika taraqqiyoti aks ettirilgan soxaga ixtisoslashgan ikki va ko’p tillik turli tipdagi terminologik o’quv va tarjima elektron va bosma  lug’atlar tuzish, ularni chop etish uchun nashriyot va bosmaxona ishini yo’lga qo’yish; jahondagi nufuzli ilmiy jurnallarda dolzarb mavzular yoritilgan maqolalar hamda rivojlangan xorijiy davlatlar ta’lim tizimiga joriy qilingan o’quv va ilmiy-texnik adabiyotlar axborot-taxlil monitoringi olib borish va   “Tezkor ilmiy xabarnoma” byulleteni nashr etish va boshqalardan iborat.  

Kafedraning halqaro hamkorlik faoliyati

Kafedraning ilmiy va o’quv sohalarida Respublikamizning yetakchi OTMlari Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, O’zbekiston Jahon tillari universiteti, Farg’ona davlat universiteti, Xorijiy ta’lim muassaslari va ilmiy markazlaridan Germaniyaning Gyote Instituti, Germaniya Akademik Almashinuv Xizmati, Leyptsig universiteti, Bonn universiteti, Erfurt universitetlari bilan hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’ygan. SHuningdek yaqin vaqt ichida jahondagi yetakchi tarjimashunoslik markazlari «Xalqaro tarjimonlar uyushmasi (FIT)», «Yozma va og’zaki tarjimonlar institutlari doimiy xalqaro koferentsiyasi (CIUTI)», «Yozma va og’zaki tarjimonlar xalqaro assotsiatsiyasi (IAPTI)» va Germaniyaning Friedrich-Alexander- Universität Erlangen-Nürnberg, Universität Hildesheim, Frantsiyaning Universite de Lorraine lug’atshunoslik markazlari hamda lug’atshunoslikka ixtisoslashgan «DUDEN», «F.A.Vgoskhaus», «Oxford University Press», «Cambridge University Press» kabi yetakchi nashriyot uylari bilan maqsadli ilmiy-amaliy hamkorlik yo’lga qo’yish rejalashtirilgan.

 FRANSUZ TILI VA ADABIYOTI KAFEDRASI

 
RAIMJONOV ZAFARBEK HASANBOYEVICH
Kafedra mudiri. Filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD). 

Telefon: +998 91 487 67 00 
E-pochta: raim-zafar@inbox.ru
 
Fransuz tili va adabiyoti kafedrasi 1968-yilda tashkil etilgan boʻlib, hozirgi kunda unga Raimjonov Zafarbek Hasanboyevich rahbarlik qilib kelmoqda.
 
Oʻquv-uslubiy ishlar

5111400-Xorijiy tillar va adabiyoti (Fransuz tili va adabiyoti) boʻyicha malakali mutaxassislar tayyorlash sohasida faoliyat olib bormoqda. Kafedrada hozirda 14 nafar professor-oʻqituvchilar jamoasi, 34 ta fanlar majmuasi boʻyicha mutaxassislik sifatida 100 nafar, ikkinchi chet tili sifatida esa 1000 dan ziyod talaba yoshlarga taʼlim berib kelmoqda. Fanlarni oʻqitishda umumeʼtirof etilgan xalqaro meʼyorlarga koʻra, talabalarning fransuz tilini S1 darajada egallashlari uchun zaruriy bilimlarni integrallashgan tarzda oʻrgatish va muloqot malakalarini shakllantirishga alohida eʼtibor berilgan.
 
Ilmiy faoliyat

Kafedra faoliyatida ilmiy-tadqiqot ishlari muxim oʻrin tutadi. Ilmiy salohiyat darajasi soʻnggi ikki yilda 28% yetdi. 2019-yilgacha kafedrada ikki nafar filologiya fanlari nomzodi, dotsent faoliyat olib borgan boʻlsa, 2019-2020 oʻquv yillarda yana ikki nafar oʻqituvchi 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik mutaxassisligi boʻyicha falsafa doktori ilmiy darajasiga ega boʻldi.
Shuningdek, professor-oʻqituvchilarning barchasi ilmiy-tadqiqot ishlari mavzulari doirasida ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Kafedrada 2 ta oʻquv qoʻllanma, 15 ta oʻquv-uslubiy qoʻllanma, respublika va xorijiy ilmiy jurnallarda 50 dan ziyod ilmiy maqolalar, ilmiy-amaliy anjumanlarda 300 dan ziyod tezislar nashr etilgan. 2017-2021-yillarga moʻljallangan “Zamonaviy tilshunoslikning dolzarb masalalari” nomli ilmiy ustuvor yoʻnalishi tasdiqlangan boʻlib, unda kafedrada ilmiy-tadqiqot sohasini rivojlantirishga doir istiqbolli rejalar oʻz aksini topgan.
 
Iqtidorli talabalar bilan ishlash

“Fransuz tili amaliyoti”, “Fransuz adabiyoti”, “Frankofon teatr va qoʻshiqlar” kabi fan toʻgaraklarida iqtidorli talabalarga kafedraning yetuk professor-oʻqituvchilari oʻz bilim va tajribalarini oʻrtoqlashib kelmoqdalar, respublika va xalqaro miqyosda oʻtkazilayotgan turli madaniy tadbirlar, ilmiy-amaliy anjumanlar va Fan olimpiadalarida faol ishtirok etmoqdalar.
 
Xalqaro hamkorlik

Xalqaro xamkorlik doirasida kafedrada juda koʻplab ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Fransiyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi, Fransuz pedagogik tadqiqotlar markazi, Toshkent fransuz Alyansi bilan mustaxkam aloqalar oʻrnatilgan. Kafedraning 10 nafar aʼzosi fransuz tilini oʻqitish va metodikalarni rivojlantirish, ilmiy-tadqiqot ishlari yuzasidan Fransiya, Amerika va Yevropa davlatlarida stajirovka va malaka oshirib qaytgan. 2020-yilda 2 nafar oʻqituvchi (A. Normatov va Yo. Nasirdinova) Fransiya Respublikasida stajirovka oʻtash grantiga ega boʻldi. Shuningdek, 8 nafar oʻqituvchi Chet tillarini egallash boʻyicha ustama sertifikatiga, 4 nafar oʻqituvchi Xalqaro fransuz tilini bilish boʻyicha DELF V2 diplomiga ega.
 

 

FAKULTETLARARO CHET TILLAR (IJTIMOIY-GUMANITAR FANLAR) KAFEDRASI

SHOKIROV SHERALI IBROHIMOVICH
Kafedra mudiri. Filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD).
Telefon: +998 94 559 49 49
E-pochta: sheralis790@gmail.com  
 

Andijon davlat univеrsitеtida faoliyat ko’rsatgan xorijiy tillar kafеdrasi 2010 yil tashkil etilgan bo’lib, hozirda unga filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori Sherali Shokirov rahbarlik qilmoqda.

Hozirgi kunda kafеdrada jami 43 nafar profеssor-o’qituvchilar faoliyat ko’rsatmoqda. Ulardan 5 nafari filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori, dotsent, 9 nafari katta o’qituvchi, 28 nafari o’qituvchilardir.

O’quv-uslubiy ishlar

Kafedra professor o’qituvchilari tomonidan ijtimoiy va gumanitar yo’nalish talabalariga Xorijiy tilar (ingliz, nemis, fransuz) va amaliy ingliz tili fanlaridan kunduzgi va sirtqi bo’limlarida dars mashg’ulotlari olib boriladi. Kafedra professor-o’qituvchilari xorijiy davlatlarning online malaka oshirish kurslarida muvaffaqiyatli qatnashib keladi. O’z bilim, malaka va ko’nikmalarini rivojlantirib, mahorat darslarini tashkil qiladi.

Ilmiy faoliyat

Andijon davlat univеrsitеti fakultеtlararo chеt tillar (ijtimoiy va gumanitar)   kafеdrasining ilmiy faoliyatida kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan yillar davomida 2 ta darslik, 4 o’quv qo’llanma 2 ta monagrafiya 60 dan ortiq OAK ro’yxatiga kiritilgan ilmiy jurnallarda ilmiy maqolalar, 30 dan ortiq yuqori impact factorga ega ilmiy jurnallarda ilmiy maqolalar, shuningdek 100 dan ortiq xalqaro va respublika konferensiyalarida tezislar chop etilgan.

 Kafedra o’qituvchilaridan 4 nafari 2019-2020 o’quv yillarida falsafa doktori (PhD) dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qildi.

Xalqaro hamkorlik faoliyati

Kafedramiz bir necha xorijiy davlat Universitetlari bilan hamkorlik qilib keladi. Bular, Turkiya davlatidagi Bashkent Universiteti, Xojibayram Davlat Universiteti, Gaze Universiteti, Sheningdek, Amerika Qoshma Shtatlarining Oregan Davlat Universiteti bilan DPAP dasturi asosida hamkorlik aloqalar qilib kelinmoqda.

FAKULTETLARARO CHET TILLAR (ANIQ VA TABIIY FANLAR) KAFEDRASI

MAMATQULOV ABDULHAFIZ LATIPOVICH
Kafedra mudiri. Filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Telefon: +998 97 997 15 04
E-pochta: 
Kafedra 2019-yilda Fakultetlararo chet tillar kafedrasi negizida Fakultetlararo chet tillar (aniq va tabiiy fanlar) kafedrasi  nomi bilan tashkil topgan. 2019/2020 o'quv yilida kafedra tarkibida 26 nafar professor-o'qituvchilar faoliyat yuritmoqda. Ulardan 3 nafari falsafa doktori, dotsent, 2 nafari katta o'qituvchi, 21 nafari o'qituvchilardir (50% xalqaro va nufuzli CEFR, APTIS va IELTS kabi sertifikatlarga ega). Matematika, fizika, biologiya, kimyo, geografiya, ekologiya va informatika yonalishlar bo’yicha ixtisoslashgan togarak mashg’ulotlar tashkil etilgan.

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2004-2021. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!
XORIJIY ABITURIYENTLAR DIQQATIGA!!!