0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

Tarix fakulteti




 
 
SHAMSITDINOV RAVSHANBEK RUSTAMBEKOVICH
Fakulteti dekani. Tarix fanlari nomzodi
 
Telefon: 0(374)223 84 08; +998 91 489 07 70
Qabul kunlari: Har kuni

 

Fakultet dekani tarjimai holi:

  • 1982-1989 yillarda Andijon davlat pedagogika instituti tarix fakulteti talabasi
  • 1982-1985 yillarda Harbiy xizmatda
  • 1987-1988 yillarda O‘zbekiston Komsomol tashkilotining Andijon viloyati qo‘mitasi inspektori
  • 1989-1993 yillarda P.Lumumba nomidagi Rossiya Xalqlari do‘stligi universitetining aspiranti
  • 1993-1997 yillarda Rossiya Federatsiyasidagi O‘zbekiston Respublikasi elchixonasi fan va madaniyat bo‘limi ikkinchi kotibi, matbuot kotibi va protokol bo‘limi boshlig‘i
  • 1997–1998 yillarda O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirligi Amerika boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i
  • 1998-1999 yillarda O‘zbekiston Respublikasining Niderlandiya Qirolligidagi Bosh konsulxonasining vitse-konsuli
  • 1999-2001 yillarda O‘zbekiston Respublikasining Belgiyadagi elchixonasining birinchi kotibi
  • 2002-2004 yillarda “O‘zbek plastik bags” MChJ direktori
  • 2004-2012 yillarda Vodiy plastik” O‘zbekiston-Buyuk Britaniya qo‘shma korxona direktori
  • 2012-2016 yillarda «Vodiy farma» MChJ direktori
  • 2017-2017 yilda “And Polic” qo‘shma korxonasi menedjeri
  • 2017 yildan buyon Andijon davlat universiteti tarix fakulteti dekani
 

NURMATOV NOZIMJON O'RINBOYEVICH
O'quv ishlari bo'yicha dekan o'rinbosari

Telefon: +998 97 280 00 11
E-Pochta: nozimjonnn@mail.ru
 
DJUMABOYEV IQBOLJON BURXANULLAEVICH
Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari

Telefon: +998 97 339 33 16
E-Pochta: ikball@rambler.ru
 
 
TOJIBOYEV BOTIRJON MUHAMMADALIYEVICH 
Ilmiy ishlar bo'yicha dekan o'rinbosari 

Telefon: +998 99 533 11 53
E-Pochta: 
 
 
DJUMABOYEV ERGASHBEK ALISHER O'G'LI 
Axborot texnologiyalari bo'yicha dekan o'rinbosari 

Telefon: +998 93 246 81 66
E-Pochta: irgashbekdjumabayev@gmail.com 

Tarix fakulteti 1931 yili Andijon kechki pedagogika instituti tarkibida tashkil topgan.    1937-yilga kelib esa tarix hamda filologiya yo‘nalishlari birgalikda faoliyat yurita boshlagan. 1957-yilda fakultet tarkibida boshlang‘ich ta’lim metodikasi fakulteti ochilgan. 1976-yilda tarix-filologiya fakulteti qayta tashkil etildi.

1992-yil 28-aprelda Andijon davlat universiteti rektorining buyrug‘iga asosan Tarix fakulteti alohida fakultet sifatida tashkil etilgan.

Fakultetda O‘zbekiston tarixi, Jahon tarixi va Fuqarolik jamiyati nazariyasi kafedralari faoliyat ko‘rsatadi.
 
Fakultet haqidagi so'nggi ma'lumotlar, dars jadvallari, yangiliklar bilan tanishish uchun fakultetning rasmiy telegram kanali https://t.me/tarix_matbuoti ga a'zo bo'ling.
 
 
O‘QUV JARAYONI
 
Fakultetda 5120300 – Tarix (Jahon mamlakatlari bo‘yicha), 5220300 – Arxivshunoslik, 5151700 – Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish hamda boshqarish, 5160400 – Ijtimoiy madaniy faoliyat ta’lim yo‘nalishlarida bakalavr va 5A 120301 – O‘zbekiston tarixi mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar tayyorlanadi.  Mazkur yo‘nalishlarda 719 dan ortiq bakalavr, sirtqi ta'lim shaklida 252 nafar, 18 nafar magistrlar tahsil oladi. Kunduzgi va sirtqi ta’lim shakllari mavjud. Shuningdek, Tomsk davlat universiteti (Rossiya) bilan qo‘shma dastur asosida Arxivshunoslik va hujjatshunoslik yo‘nalishi ochilgan. Fakultetda 6 nafar fan doktori, 16 nafar fan nomzodi faoliyat ko‘rsatadi. Dars mashg‘ulotlari o‘zbek, rus va ingliz tillarida olib boriladi.
 
 

ILMIY HAYOT

Fakultetda Oliy ta’limdan keyingi ta’lim faoliyati mavjud bo‘lib, ular quyidagi ixtisosliklardan iborat:

07.00.01. – O‘zbekiston  tarixi;

07.00.07. – Etnologiya, etnografiya va antropologiya.

 

Asosiy ilmiy yo‘nalishlar:

  • O‘zbek xonliklari davri tarixi;
  • Rossiya imperiyasi mustamlakachiligi davri tarixi;
  • Turkiston xalqlarining sovet tuzumiga qarshi olib borgan qurolli qarshilik harakati (“Istiqlolchilik”, “Bosmachilik”) tarixi;
  • Kollektivlashtirish, quloqlashtirish, surgun, dehqonlarni deportatsiya qilinishi tarixi;
  • Sovetlarning O‘zbekistondagi qatag‘on siyosati va uning fojeali oqibatlari;
  • Andijonning qadimgi davridan xozirgi kungacha bo‘lgan tarixi;
  • O‘zbek xalqining fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaga qo‘shgan hissasi;
  • Markaziy Osiyoning ijtimoiy – siyosiy va ma’naviy tarixi muammolari (XV-XX asrlar);
  • O‘zbekistonda davlat boshqaruvi va siyosiy jarayonlar.

 

Ixtisoslashgan kengash faoliyati. 1993-1995, 1995-1998, 2005-2006 yillarda Andijon davlat universiteti huzurida 07.00.01- “O‘zbekiston tarixi” ixtisosligi bo‘yicha tarix fanlari nomzodi ilmiy darajasi beruvchi Ixtisoslashgan kengash faoliyat ko‘rsatgan. Mazkur yillarda O‘zbekiston tarixi mutaxassisligi bo‘yicha 20ga yaqin dissertatsiyalar muvaffaqiyatli himoya qilindi. 2019 yil 31 yanvardan boshlab, Andijon davlat universiteti huzurida ilmiy darajalar beruvchi (PhD) Tar.60.01 raqamli Ilmiy kengash yana o‘z ishini boshladi va mazkur Kengashga t.f.d., professor R.T.Shamsutdinov  raislik qilib kelmoqda.       

Ilmiy jurnal faoliyati.       Professor R.T.Shamsutdinov tashabbusi bilan 2016 yildan boshlab “Vodiynoma” (Tarixiy meros) ijtimoiy–tarixiy, ilmiy va ommabop jurnalini chop etila boshlandi.

Ilmiy seminar faoliyati.   Andijon davlat universiteti Tarix fakulteti huzurida “Istiqlol va milliy tarix” ilmiy seminari muntazam ravishda faoliyat ko‘rsatib, mazkur seminarga O‘zbekiston tarixi kafedrasi professori, t.f.d., O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi R.T.Shamsutdinov rahbarlik qilmoqda.

“Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Oliy ta’lim muassasalari tuzilmasida “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeylarini tashkil etish to‘g‘risidagi tashabbusiga binoan 2018 yil 15 avgustda Andijon davlat universiteti tuzilmasida  “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi ochildi va samarali faoliyat olib bormoqda. Muzey direktori – tarix fanlari doktori, professor R.T.Shamsutdinov.

XALQARO HAMKORLIK

Tarix fakultetida xorij ilmiy tadqiqot muassasalari, oliy o‘quv yurtlari olimlari bilan yaqindan ilmiy aloqalar o‘rnatilgan. Jumladan,  Indiana universiteti (AQSh), Tomsk davlat universiteti (Rossiya), P.G.Demidov nomidagi Yaraslovl davlat universiteti (Rossiya), Penza davlat pedagogika universiteti (Rossiya), Abay nomidagi Qozoq milliy universiteti (Qozogiston), Xo‘jand davlat universiteti (Tojikiston), I.Arabayev nomidagi Qirg‘iz davlat universiteti (Qirg‘iziston), “Muras” xalqaro ilmiy amaliy ekspeditsiya xayriya jamg‘armasi (Qirg‘iziston), Osh davlat universiteti Xalqaro munosabatlar fakulteti Sharqshunoslik kafedrasi (Qirg‘iziston) bilan xalqaro hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan. 

 

NAZARIYA VA AMALIYOT

Tarix fakultetida tahsil oluvchi talabalar o‘zlarining nazariy bilimlarini malakaviy amaliyotlarda mustahkamlaydilar. O‘quv rejasida ko‘rsatilgan arxeologik, etnografik, muzeyshunoslik, arxivshunoslik, O‘zbekiston tarixidan o‘tkaziladigan malakaviy amaliyotlarda talabalar viloyatimiz va Farg‘ona vodiysining boshqa hududlarida olib borilayotgan arxeologik qazishmalarda qatnashadilar. O‘zbekistonning tarixiy shaharlari – Qo‘qon, Namangan, Toshkent, Samarqand, Shahrisabz, Buxoro, Xiva shaharlariga malakaviy amaliyot doirasida tashkil etilgan ekskursiyalarda ishtirok etadi.  Viloyatimizda joylashgan muzey va davlat arxivlarida belgilangan tartibda malakaviy amaliyotni o‘tkazadilar.

Fakultet Andijon viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi bilan hamkorlik o‘rnatgan. Maktab, kollej va litsey o‘qituvchilari bilan nazariy, amaliy hamda metodika bo‘yicha tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yilgan. O‘quv jarayonida nazariy ta’lim bilan birgalikda amaliyotga katta e’tibor qaratilmoqda. Talabalarning malakaviy ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish maqsadida haftada bir kun amaliy mashg‘ulotlarni bevosita maktablarda o‘tkazish belgilangan.

TO‘GARAKLAR FAOLIYATI

Tarix fakulteti tarkibidagi kafedralarda bugungi kunda “Yosh tarixchi”, “Arxivshunos”, “Numizmat”, “Yosh siyosatchi” fan to‘garaklari faoliyat ko‘rsatib, ularga malakali professor-o‘qituvchilar rahbarlik qilmoqdalar. To‘garaklar 150 dan ortiq iqtidorli talabalarni o‘zida birlashtirgan bo‘lib, to‘garak a’zolari tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy-ijodiy faoliyat bilan shug‘ullanmoqdalar. To‘garak a’zolarining ilmiy tadqiqot ishlari natijalari universitetning “Ilmiy xabarnoma – Nauchnыy vestnik”, “Vodiynoma” (Tarixiy meros) ijtimoiy–tarixiy, ilmiy va ommabop jurnallarida, “Andijon yoshlari” gazetasi va turli to‘plamlarda chop etilmoqda. To‘garak a’zolari orasidan nomdor stipendiat sohiblari va turli tanlovlar g‘oliblari yetishib chiqmoqda.

 MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR

Fakultetdagi ma’naviy-ma’rifiy ishlar 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini  ijrosini ta’minlash va Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusdan kelib chiqib amalga oshirilib kelinmoqda.

Talabalar bo‘sh vaqtlarini samarali o‘tkazish maqsadida “Eng faol kitobxon”, “Eng faol kitobxon guruhlar”, “Zakovat”, “Talabalar teatr studiyasi” tanlovlari muntazam o‘tkazib kelinmoqda. Talabalar orasida sport, musiqa va san’at ta’limini rivojlantirish va ommalashtirish maqsadida qator tadbirlar o‘tkazilmoqda. Talabalarda umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish maqsadida fakultet pedagog-xodimlari va talabalari ishtirokida viloyatdagi “Qariyalar uyi”, “Mehribonlik uylari”ga moddiy va ma’naviy yordam berish tizimi yo‘lga qo‘yilgan.     

 

YUTUQ VA G‘ALABALAR

O‘zbekiston tarixi kafedrasi professori, tarix fanlari doktori Shamsutdinov Rustambek Temirovich – Mehnat shuhrati ordeni sohibi;

Alimov Ibrohimjon Abdug‘afforovich - “Ozbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi”, “Shavkatli mehnati uchun” medali sohibi;

Tarix fakulteti II-bosqich talabasi Mirzaxalilova Oydin “Shuhrat” medali sohibasi;

Jahon tarixi kafedrasi katta o‘qituvchisi Mirzayev Avazbek – “O‘z kasbini mohir egasi” ko‘rik tanlovining respublika bosqichi g‘olibi;

Tarix fakulteti talabasi Xodjiyev Shaxboz - O‘zbekiston Respublikasinibg Birinchi Prezidenti I.A.Karimov nomidagi stipendiya sovrindori;

Tarix fakulteti III-bosqich talabasi Tursunova Sanobarxon – “Tadbirkor qizning eng yaxshi loyihasi” deb nomlangan  2017 yilgi respublika tanlovi g‘olibi, grant sohibasi;

Tarix fakulteti IV-bosqich talabasi Karimov Behzod “Jonajon O‘zbekistonim mangu bo‘l omon” shiori ostida o‘tkazilgan Respublika ko‘rik tanlovida “Yosh bloger” tanlovining “Eng yaxshi fotoreportaj” yo‘nalishi g‘olibi;

Tarix fakulteti Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish hamda boshqarish yo‘nalishi I-bosqich talabasi Zokirova Shahnozaxon – Mukarrama Turg‘unboyeva xotirasiga bag‘ishlangan respublika tanlovi, g‘olibasi, “Orasta qizlar” konkursi respublika bosqichi tanlovi hamda mutloq g‘olibi, “Mening biznes g‘oyam” tanlovlari g‘olibasi.

 
FAKULTET KAFEDRALARI
 

O`ZBEKISTON TARIXI KAFEDRASI

ALIXOJIYEV MUHAMMADJON ODILJON O'G'LI 
Kafedra mudiri. Tarix fanlari nomzodi, dotsent.

Telefon: +998 93 428 63 62 
E-pochta: mualtfn@mail.ru
 
O‘zbekiston tarixi kafedrasida 5120300 – Tarix (mamlakatlar va mintaqalar bo‘yicha) bakalavr ta’lim yo‘nalishida mutaxassislar, 5A120301 – O‘zbekiston tarixi mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar tayyorlanmoqda. Shuningdek, kafedra qoshida 1992 yildan e’tiboran 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi mutaxassisligi bo‘yicha aspirantura va doktorantura ham faoliyat ko‘rsatgan bo‘lib, xozirda katta ilmiy xodim-izlanuvchilik maktabi samarali faoliyat olib bormoqda. Kafedrada professor R.T. Shamsutdinovning ilmiy maktabi yaratilgan va unda o‘ndan ortiq ilmiy-pedgogik kadrlar tayyorlandi. 
O‘zbekiston tarixi kafedrasi qoshida 1993-1998, 2005 yillarda Vatan tarixidan nomzodlik dissertatsiyasi himoya qilinadigan ixtisoslashgan kengash faoliyat olib borgan va bu kengashda 20 ga yaqin nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilingan. 
Kafedraning bosh ilmiy yo‘nalishi “O‘zbekistonning Rossiya imperiyasi va sovet mustamlakachiligi davri tarixi”, “Andijon tarixi (eng qadimgi davrdan bugungi kungacha)” deb nomlanadi. Mustaqillik yillarida O‘zbekiston tarixini  o‘qitish va tadqiq etish borasida kafedrada salmoqli ishlar amalga oshirildi. Kafedra jamoasi o‘tgan 25 yillik qisqa davr ichida Vatanimiz tarixining qadimgi davridan to mustaqillik davriga qadar bo‘lgan tarixiga oid 3 tomlik “Vatan tarixi” darsligini, shuningdek, O‘zbekistonda sovetlar tomonidan amalga oshirilgan quloqlashtirish, qatag‘on siyosati tarixi, jadidchilik harakati tarixi, milliy istiqlolchilik xarakati tarixi va tarixshunosligi, Andijon tarixi  masalalariga doir o‘nlab yirik monografik tadqiqotlarni hamda Vatan tarixining u yoki bu masalalariga doir o‘nlab asarlar, mingdan ortiq ilmiy maqolalar nashr etdilar. Shuningdek kafedra professori R.T. Shamsutdinov rahbarligidagi mualliflar jamoasi tomonidan Andijon tarixining qadimgi davrlaridan to shu kunga qadar bo‘lgan davri tarixiga bag‘ishlan o‘nga yaqin monografiya xamda kitoblar va yuzdan oriq maqolalar chop etildi. Professor R.T. Shamsutdinov tomonidan O‘zbekiston tarixi kafedrasi tarixi xamda Universitet tarixi kitoblari xam nashr etilgan.
O‘zbekiston tarixi kafedrasiga 1991-1998 yillarda professor R.T.Shamsutdinov mudirlik qildi. Uning davrida kafedra har jihatdan yuqori o‘rinlarga ko‘tarildi. Yildan-yilga kafedra kengayib, o‘quv-ilmiy va ma’naviy-tarbiyaviy faoliyati sifat jihatdan yaxshilanib bordi. Kafedraga 1998-1999 yillarda professor I.Alimov, 1999-2001 yillarda t.f.n. N.Qodirova, 2001-2005 yillarda t.f.n. S.Xoshimov, 2005-2007 yillarda t.f.n. M.Abdullaev, 2008-2012 yillarda professor R.T. Shamsutdinov   mudirlik qildi. 2012-2015 yillarda t.f.n. dotsent M.G‘. Abdullaev, 2015-2019 yillarda dots. S.Xoshimov mudirlik qilgan. 2019-yil noyabr oyidan boshlab kafedraga tarix fanlari nomzodi, dotsent Muhammadjon Alixojiyev boshchilik qilib kelmoqda. 
2016 yildan kafedra professori, tarix fanlari doktori R.T.Shamsutdinov tashabbusi bilan “Vodiynoma” ijtimoiy-tarixiy ilmiy va ommabop jurnali chop etila boshladi.

JAHON TARIXI KAFEDRASI

XAMRAYEVA TANZILYA RAVILEVNA
Kafedra mudiri. Tarix fanlari nomzodi, dotsent. 

Telefon: +998 91 481 77 55
E-pochta: magistr10@rambler.ru
 
Kafedra ixtisosligidan kelib chiqib viloyatdagi 1 ta kasb-hunar kollej, “Bobur halqaro jamg’arma  fondi”, Andijon davlat arxivi va 2 ta akademik litseylar bilan o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida shartnomalar imzolagan va mustahkam aloqa o‘rnatgan.
Êafedrada bugungi kunda “Yosh tarixchi”, “Arxivshunos”, “Numizmat”, “Arxeolegiya” fan to‘garaklari tashkil etilgan va ularga malakali professor-o‘qituvchilar rahbarlik qilmoqdalar. To‘garaklar iqtidorli talabalarni o‘zida birlashtirgan bo‘lib, to‘garak a’zolari tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy-ijodiy faoliyat bilan shug‘ullanmoqdalar. To‘garak a’zolarining ilmiy tadqiqot ishlari natijalari universitetning “Andijon yoshlari” gazetasida, “ADU Ilmiy xabarnoma” jurnalida hamda turli to‘plamlarda chop etilmoqda. Har yili to‘garak a’zolari orasidan nomdor stipendiatlar va turli tanlov g‘oliblari yetishib chiqmoqda.
2016-yil kafedrada Qadimgi dunyo tarixi, Tarixiy antropologiya, Xronologiya va metrologiya, O‘rta asrlar tarixi, Jahon (Evropa va Amerika mamlakatlari) tarixi, Jahon (Osiyo va Afrika mamlakatlari) tarixi, Jahon (Eng yangi davr) tarixi, Tarixiy atamashunoslik, Evrosiyo tarixi, Jahon san’ati tarixi, Tarix o‘qitish metodikasi va ta’lim texnologiyasi, Jahon tarixini o‘qitishda ko‘rgazmalilik metodikasi, Rossiya tarixi fanlari o‘qitiladi.
 

FUQAROLIK JAMIYATI NAZARIYASI KAFEDRASI

 
XAYDAROV G'AYRATBEK MIRZAPO'LATOVICH
Kafedra mudiri. Tarix fanlari nomzodi, dotsent.

Telefon: +998 91 498 90 70
E-pochta: ruhaydarovgayrat@mail.ru
 
Ushbu kafedra Andijon davlat universiteti rektorining 1996-yil 2-yanvardagi 02-1-sonli buyrug‘i bilan «O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti» kafedrasi sifatida tashkil etilgan. 
Kafedra jamoasi mustaqillik davrida O‘zbekiston Respublikasida olib borilayotgan demokratik o‘zgarishlar, yangilanishlarni talabalar ongiga singdirib, Yangi O'zbekistonda o'tkazilayotgan siyosiy, iqtisodiy va madaniy islohotlarning mazmunini, xarakterini ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarda talabalarga keng tushuntirishga qaratadi.
Bu kafedraga 1997-2000 yillarda tarix fanlari nomzodi Shokirjon Asqarov, 2000-2008 yillarda siyosiy fanlar doktori, Kamollidin Yunusov, 2008 yildan 2012 yilning oktabriga qadar siyosiy fanlar nomzodi, dotsent Manzura Yunusova, 2012 yil noyabrdan 2015 yilga qadar tarix fanlari nomzodi dotsent O‘.Ubaydullaev, 2015 yildan 2017 yil noyabrgacha tarix fanlari nomzodi dotsent O.Axmadjonovlar kafedra mudiri vazifasini bajarib keldi. 2017 yilning 16 noyabr kunidan kafedra mudiri lavozimiga tarix fanlari nomzodi G‘ayratbek Haydarov tavsiya etilib, bugungi kunda o‘z faoliyatini samarali olib bormoqda.
Kafedrada jami 26 nafar professor o'qituvchilar faoliyat olib borib, ulardan 3 nafar fan doktori, professor, 5 nafari fan nomzodi va falsafa doktorlari hisoblanadi.
Bugungi kunda kafedra ilmiy tadqiqot faoliyatiga, yosh tadqiqotchilarga ustoz-shogird tizimida rahbarlik qilib kelayotgan taniqli siyosatshunos olim Muqimjon Qirg‘izboev ijtimoiy-siyosiy fanlar doirasida yosh avlodni ona vatanga muxabbat ruhida tarbiyalash natijasida “Siyosatshunoslik”(2013y), “O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti”(2014y), “Sotsiologiya”(2017y) o‘quv qo‘llnma va darsliklarini yaratdi. Mazkur o‘quv qo‘llanmalar respublikamizni barcha oliy ta’lim muassasalari talabari va tadqiqotchilariga tavsiya qilingan.
Kafedraning ilmiy-tadqiqot yo‘nalishi «O‘zbekistonda de¬mokratik jamiyat qurishning ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy-mafkuraviy muammolari» deb nomlangan. Ushbu yo‘nalishda ko‘plab ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. jumladan, siyosiy fanlar doktiri professor Muqimjon Qirg‘izboev ilmiy rahbarligida Zohidjon Hayitmatov, “O‘zbekistonda diniy ekstremizm va terrorchilik tahdidini bartaraf etilish jarayonlari” mavzusida ilmiy tadqiqot ishini olib bormoqda.
Kafedra professori K. Yunusov katta ilmiy salohiyatga ega. «Huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etishda nodavlat va jamoat birlashmalari rolining nazariy asoslari (O‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I.A.Karimov asarlari asosida)» mavzusidagi grant sohibi sifatida kafedra a’zolari bilan hamkorlikda fundamental ilmiy-tadqiqot loyihasi buyicha ilmiy izlanishlar olib bormokda. Uning rahbarligi va tashkilotchiligi bilan 2007 yildan «Milliy g‘oya ilmiy-tadqiqotlarning nazariy metodologik asosi» mavzusidagi il¬miy seminar o‘z faoliyatini boshladi. Seminar materiallari asosida 4 ta ilmiy to‘plam nashr qilindi va ulardan o‘quv jarayonida foydalanilmoqda.
K.Yunusov tamonidan ko‘plab o‘quv qo‘llanmalar, ilmiy to‘plamlar, ilmiy-tadqiqot ishlari nashr qilinmoqda. 2010 yil 26 noyabrda «Fuqarolik jamiyati¬ni barpo etishda va barkamol avlodni voyaga yetkazishda nodavlat va jamoat birlashmalarining roli» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi. O.Axmadjonov va kafedra professor-o‘qituvchilari sa’y- harakati bilan 2016 yil 5–aprelda “O‘zbekistonda ijtimoiy hayotning modernizatsiyalashuv jarayoni” mavzusida Respublika ilmiy amaliy konferensiya o‘tkazildi. Kafedra professor – o‘qituvchilari tamonidan 2 ta darslik, 10 dan ortiq o‘quv qo‘llanmalar, 20 ga yakin monografiya va ilmiy risolalar, 300 dan ortiq maqola va tezislar chop etildi.
Kafedra a’zolari o‘quv jarayonini yukori saviyada olib borishga qaratilgan keng ma’nodagi o‘quv-metodik ishlarni olib bormokda. Bunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar va islohotlarning metodologik asoslari, milliy mafkuraviy tamoyillar asosida, shuningdek talabalarni vatanparvarlik, bugungi o‘zgarishlarga daxldorlik va fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish borasida har jihatdan yuqori saviyada yetkazib berishga alohida e’tibor qaratilib kelinmoqda. Kafedradagi «Yosh sotsiolog» to‘garagiga sotsiolog Marg‘uba Nosirova boshchilik qilib kelmoqda xozirda ushbu to‘garakda 100 dan ortiq iqtidorli talabalar turli dolzarb mavzularda ilmiy izlanishlar olib bormoqda.

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2004-2021. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!
XORIJIY ABITURIYENTLAR DIQQATIGA!!!