0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

Ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti




 

madumarov

MADUMAROV TALANTBEK TOLIBJONOVICH

Fakulteti dekani. Yuridik fanlar doktori, professor 
Telefon: 0(374)2238389
E-pochta: madumarov@umail.uz 
Qabul kunlari: Har kuni

Fakultet dekani biografiyasi: 

 

O’zbekiston Respublikasidagi barcha yoshlarni dunyoqarashini shakllantirishda: milliy madaniyatimiz, milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimizni an’ana va qadriyatlarimizni  yoshlarni va o’quvchi talabalarni turli  yot g’oyalardan saqlash va ularni huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yanada rivojlantirish uchun darslik, o’quv-qo’llanmalar, lug’atlar, ishchi dasturlar, ma’ruza matnlari tayyorlash, talabalarning  ma’naviy bilimini, huquqiy savodxonligi bilan yaqindan tanishtirish kabi o’quv-uslubiy tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishga yo’naltirilgan.

Bu borada jamiyatda huquqiy ong va madaniyatni shakllantirish va rivojlantirish beqiyosdir. Shu sababli, “2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha oila institutining hayotini rejalashtirish, oila a’zolarini farovon hayot tarzini ta’minlash masalalariga majmuaviy tarzda yondashilgan. Jumladan: “Oila salomatligini mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, onalar va bolalarning sifatli tibbiy xizmatga erishishini kengaytirish, ularga ixtisoslashtirilgan va yuqori texnologiyalarga asoslangan tibbiy yordam ko’rsatish, chaqaloqlar va bolalar o’limini kamaytirish bo’yicha kompleks chora-tadbirlarni yanada amalga oshirish” ko’rsatib o’tilgan.

Shundan kelib chiqib, “O’zbekistonda oila va nikoh masalalari”, “Yoshlarning huquq va erkinliklari qonun himoyasida”, “Yoshlarning dunyoqarashini salbiy ta’sirlardan himoyalashning muhim yo’nalishlari”, “Innovatsion g’oya va texnologiyalarni rivojlantirishda o’rta qatlam mulkdorlar sinfining o’rni”, “Yoshlarni tarbiyalashda ommaviy axborot vositalaridan to’g’ri va samarali foydalanish”, “Fuqarolik huquqi (2-qism)”, “Tadbirkorlik huquqi”, “Milliy g’oya mustaqil O’zbekistonning tarixi va kelajagidir”, “Huquqiy ong va huquqiy  tarbiya integratsiyasi huquqiy munosabatlarning aspekti sifatida”, “Yoshlarga oid davlat siyosatining huquqiy asoslari”, “Jamiyatda oilaning ma’naviy – ma’rifiy muhitini shakllantirishdagi muhim jihatlari”, “Xotin qizlarni mehnat huquqlarini himoyalash bo’yicha chora-tadbirlar”, “O’zbekistonda FHDYo organlarining qayd etiladigan holatlar bo’yicha vazifalari va ularning huquqiy asoslari”, “Obod turmush, farovon hayot, ma’naviy va jismonan barkamol avlod – barqaror taraqqiyotimiz kafolati”, “Qadr – qimmatim, tayanchim va iftixorimsan, mustaqil O’zbekiston”, “Barkamol va sog’lom avlod – buyuk kelajagimiz kafolati”, “O’zbekistonda davlat va jamiyat qurilishi sohasidagi islohotlar – tizimlilik, izchillik va o’zaro bog’liqlik”, “Keksalarni jamiyatimizda milliy ma’naviyat, tinchlik, totuvlik va barqarorlik muhitini mustahkamlashga qo’shgan bebaho xissasi”, “Mehr va e’tiborga yo’g’rilgan tarbiya barkamol avlod va yorqin kelajakning kafolatidar”, “Globallashuv sharoitida ma’rifatni innovatsion tarzda sodir bo’lishining konstitutsion mohiyati va qonuniyatlari” mavzularida ilmiy-uslubiy qo’llanmalar va maqolalar muallifi va keng jamoatchilikka ushbu risolalarni yetkazish maqsadi mavjudligi ko’rsatib o’tilgan.

Mikrokredit tashkilotlarining fuqarolik huquqiy maqomi”, “Konstitutsiya va fuqarolik”, “Fuqarolarning xususiy mulk huquqi”, “Tadbirkorlik faoliyati subyektlari huquqlarining kafolotlari”, “O’zbekistonda oila va nikoh masalalari”, “Mikrokredit tashkilotlarining faoliyatini fuqarolik-huquqiy tartibga solish muammolari”, “Osnovaniya i poryadok predostavleniya mikrokreditov ili mikrozaymov”, “Fuqarolik huquqi”, “Tadbirkorlik huquqi”, “Related reformations in the development of small business and private entrepreneurshipin the Republic of Uzbekistan”, “Administrative management in international private rights”, “Ish yuritish”, “Mikrokredit faoliyatining huquqiy asoslarini takomillashtirish”, “Grajdanskoe pravo”, “Grounds and procedure for microcredit or migrodebts in the Republic of Uzbekistan” kabi mavzularda jami:

41 ta milliy jurnallarda, 19 ta xalqaro jurnallarda, 17 ta xalqaro konferensiyalarda maqolalar chop etgan hamda 4 ta o’quv uslubiy qo’llanmalar, 1 ta patent 4 ta ilmiy amaliy qo’llanma, 2 ta risola, 7 ta o’quv qo’llanma, 4 ta darslik va 3 ta monografiyalar chop etgan.

2016-yil 15-dekabrda 12.00.03 fuqarolik huquqi, tadbirkorlik huquqi, oila huquqi, xalqaro xususiy huquq ixtisosligi bo’yicha “Mikrokredit tashkilotlarining faoliyatini fuqarolik-huquqiy tartibga solish” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasi ishi natijasida tayyorlangan O’zbekiston Respublikasining “O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo’shimcha va o’zgartirishlar kiritish to’g’risida” gi qonun loyihasiga oid takliflari O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining qonun ijodkorligi faoliyatida foydalanildi.

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo’mitasi tomonidan bo’lib o’tgan 2016-yilning 24-mart kuni “Parlament nazorati to’g’risida” gi O’zbekiston Respublikasi qonunini Senatning beshinchi yalpi majlisiga tayyorlash yuzasidan qo’mita hulosasini shakllantirish maqsadida ishchi guruhi yig’ilishida Qonunning mazmun-mohiyatini aholiga va ijrochilarga yetkazish borasidagi o’z fikr mulohazalari bilan faol ishtirok etdi.

2016-yil 10-oktyabr kuni “O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartirish kiritish to’g’risida” gi O’zbekiston Respublikasi qonunni Senatning yettinchi yalpi majlisi muhokamasiga tayyorlash yuzasidan Qo’mita hulosasini shakllantirish maqsadida bo’lib o’tgan ishchi guruh yig’ilishida Qonunning mazmun-mohiyatini aholiga va ijrochilarga yetkazish borasidagi o’z fikr mulohazalari bilan faol ishtirok etdi.

“Mikrokredit tashkilotlari faoliyatining huquqiy asoslari” nomli ilmiy-amaliy qo’llanmasidan “IMKON FINANS mikrokredit tashkiloti” MCHJ o’z amaliy faoliyatida keng miqyosli foydalanmoqda.

“Mikrokredit tashkilotlari faoliyatining huquqiy asoslari” nomli ilmiy-amaliy qo’llanmasidan “Mikrokreditbank” ATB Andijon viloyati filiallarida o’z amaliy faoliyatida keng miqyosda foydalanilmoqda.

“Mikrokredit tashkilotlarining faoliyatini fuqarolik-huquqiy tartibga solish” mavzusidagi doktorlik dissertatsiya natijalari asosida tayyorlangan qonunchilikka takliflari 2017-yil 18-apreldagi “O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo’shimcha va o’zgartirishlar kiritish to’g’risida” gi qonunning 13-moddasi asosida O’zbekiston Respublikasining 2006-yil 20-sentyabrda qabul qilingan “Mikrokredit tashkilotlari to’g’risida” gi Qonunning 12-moddasi beshinchi qism bilan to’ldirilishida, hamda beshinchi va oltinchi qismlari tegishincha oltinchi va yettinchi qismlar deb xisoblanishiga doir to’ldirishlarda foydalanildi.

2015-yil aprel oyida O’zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan “Viloyat hududida jinoyatchilikka qarshi kurash, uning oldini olish, fuqarolarning huquqiy ongini mustahkamlash va qonunchilik targ’iboti bo’yicha Tergov boshqarmasi bilan hamkorlikda o’tkazilayotgan tadbirlarda faol ishtirok etib, o’zining tashkilotchilik fazilatlarini namoyon qilganligi uchun”  Tergov boshqarmasi boshlig’ining o’rinbosari I.X.Ketmonov tomonidan Tashakkurnoma bilan taqdirlangan.

2016-yil mart oyida O’zbekiston Xalq Demokratik partiyasi Andijon viloyati kengashi siyosiy partiya a’zolarining siyosiy-huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qo’shgan xissasi uchun Tashakkurnoma bilan taqdirlangan.

2017-yil 26-mayda O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Jizzax davlat pedagogika instituti Tarix fakulteti “Ijtimoiy fanlar“ kafedrasi, Jizzax viloyati Xotin-qizlar qo’mitasi “O’zbekiston Milliy” tiklanish demokratik partiyasi Jizzax viloyati kengashi tomonidan tashkil qilingan “Islom Karimov asarlarida mamlakatimiz yoshlari xayotiy pozitsiyasini shakllantirish va ta’lim-tarbiya masalalari” Respublika ilmiy amaliy konferensiyasida sertifikat bilan taqdirlangan.

2018-yil oktyabr oyida O’zbekiston Xalq Demokratik partiyasi markaziy kengashi “Mamlakatimizda fuqarolik jamiyati asoslarini takomillashtirishga yo’naltirilgan islohotlardagi faolligi hamda O’zbekiston Xalq Demokratik partiyasining dasturiy maqsadlari mazmun mohiyati keng targ’ib etish, g’oyalarni ommalashtirish va xayotga tadbiq qilishdagi ishtiroki va tashabbuskorligi uchun”  O’zbekiston Xalq Demokratik partiyasi markaziy kengashi raisi U.I.Inoyatov tomonidan faxriy yorliq bilan taqdirlangan.

2019-yil 19-iyunda “Oliy ta’lim muassasasining eng yaxshi pedagogi“ Respublika tanlovining Andijon davlat universiteti bosqichida “Eng yaxshi pedagog - tadqiqotchi” nominatsiyasi bo’yicha faxrli birinchi o’rinniegallagani uchun Andijon davlat universiteti rektori A.S.Yuldashev tomonidan faxriy yorliq bilan taqdirlangan.

2019-yil avgust  oyida tashkil etilgan O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining “Saylovlarga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazishning tashkiliy – huquqiy masalalari” mavzusidagi maxsus o’quv – seminarida qatnashib, saylovga oid zarur bilim hamda ko’nikmalarni egallagani uchun  o’quv markazi direktori Sh.Fayziev tomonidan Sertifikat bilan taqdirlandi.

2019-yil sentyabr oyida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga  saylovlarni tashkil etishga ko’maklashish, xamda maxalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat tashkilotlari, korxonalar, muassasalar va aholi o’rtasida saylov qonunchiligining mazmun- mohiyatiga oid targ’ibot-tashviqot ishlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish guruhining faol a’zosi sifatida ishtirok etgan.

2019-yil sentyabr oyida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga  saylovlarni tashkil etishga ko’maklashish, xalqaro kuzatuvlar xamda xorijiy ommaviy axborot vositalari bilan ishlash bo’yicha Andijon viloyati shtabining tashkiliy va texnik qo’llab-quvvatlash guruhining faol a’zosi sifatida ishtirok etgan.

2019-yil 27-sentabrda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish” maqsadida belgilangan 5 ta muhim tashabbus ijrosi bo’yicha Andijon davlat universitetida “5 ta muhim tashabbus – yoshlarimizning ertangi kuni istiqbolidir” shiori ostida o’tkazilgan Yoshlar festivalida talabalar o’rtasida kitobxonlikka qiziqishini oshirish maqsadida “Mening kutubxonam” nomli kutubxonani tashkil etishda qo’shgan amaliy xissasi uchun Andijon davlat universiteti rektori A.S.Yuldashev tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlandi.

2019-yil 10-oktabr kuni O’zbekiston Respublikasi Oliy majlisi senatida O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida”gi  O’zbekiston Respublikasi  qonuni Senatning yigirma uchinchi  yalpi majlisi muhokamasiga tayyorlash yuzasidan Qo’mita hulosasini shakllantirsh maqsadida ishchi o’tkazilgan ishchi guruh yig’ilishida Qonunning mazmun-mohiyatini aholiga va ijrochilarga yetkazish borasidagi o’z fikr va mulohazalari bilan ekspert sifatida faol ishtirok etgan.

2020-yil 1-yanvarda  “Mikrokreditbank” ATB O’zbekiston Respublikasi  Prezidentining PQ-3777-son (“Har bir oila-tadbirkor” dasturini amalga oshirish to’g’risida) qarorini ijrosi sifatida “Mikromoliyalashning huquqiy asoslari: savollar va javoblar” nomli amaliy qo’llanmasini qabul qilib olingan.

2021-yil 4-fevralda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida “Saylov qonunchiligi takomillashtirishi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasi ayrim qonun xujjatlariga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni Senatning o’n ikkinchi yalpi majlisi muhokamasiga tayyorlash, mazmun mohiyatini aholiga va ijrochilarga yetkazish borasidagi o’z fikr va mulohazalari bilan ekspert sifatida faol ishtirok etgan.

2021-yil 10-fevralda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida “Respublikaning ayrim tuman va shaharlarini 2020-2022 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va kambag’alikni qisqartirish chora-tadbirlarining 2020 - yildagi ijrosini o’rganish natijalari to’g’risida”gi chora-tadbirlarining ijrosini o’rganib chiqilib, Senatning o’n ikkinchi yalpi majlisi muhokamasiga tayyorlash jarayonida o’z fikr va mulohazalari bilan ekspert sifatida faol ishtirok etgan.

2020-yil 27-28-fevral kunlari O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati, Bosh prokuratura akademiyasi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi hamda O’zbekiston Yoshlar ittifoqi hamkorligida “Oliy ta’lim – korrupsiyasiz soha” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada faol ishtirok etgan.

O’zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.32/30.12.2019.Yu.74.01 raqamli ilmiy kengash asosida bir martalik ilmiy kengash tarkibi a’zosi sifatida ishtirok etgan.

2015-yil aprel oyida Toshkent davlat yuridik universiteti “Tadbirkorlik faoliyatida nomlanmagan va aralsh shartnomalarni qo’llashning ilmiy nazariy va amaliy muammolari” granti a’zosi.

2015-yil 1-dekabr kuni O’zbekiston Respublikasi Andijon shahar “AND TALABA PRESS” ma’saluyati cheklanagan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo’llab – quvvatlash jamoat fondi mablag’larini boshqarish bo’yicha Parlament komissiyasi qaroriga ko’ra “Jamiyatda huquqiy ong, siyosiy va huquqiy madaniyatini oshrishga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish bo’yicha mamlakatda olib borilayotgan amaliy ishlarni OAVda keng yoritish” mavzusi asosida “Huquqiy madaniyat – taraqqiyot garovi”nomli loyiha bo’yicha 37-04-15- sonli Davlat granti loyihasi a’zosi sifatida faoliyat olib borgan.

2015-2016-yillarda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo’mitasining fundamental va amaliy tadqiqotlar ilmiy-texnika dasturlari doirasida bajarilgan “A-2-068 Tadbirkorlik faoliyatida nomlanmagan va aralash shartnomalarni qo’llashning ilmiy nazariy va amaliy muammolari” grant loyihasi a’zosi sifatida faoliyat olib borgan.

2016-yilda O’zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi ilmiy-texnika dasturlari doirasida bajariladigan tadqiqotlar uchun e’lon qilingan Grant tanlovida “YoA-2-2 Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish hamda rivojlantirishda mikrokredit tashkilotlarining tutgan o’rni va ahamiyati (huquqiy islohotlar tajribasi: muammo va yechimlar)” yosh olimlar uchun amaliy tadqiqotlar ilmiy loyihasi bilan qatnashib, g’olib bo’lgan, 20000000 (yigirma million) so’m pul mablag’i olishga erishgan.

2020-yil sentyabr oyida Toshkent davlat yuridik universiteti “Investitsiya muhitini jozibadorligini oshirish va tavakkalchilik xavf-xatarini kamaytirishning huquqiy mexanizmini yaratishning nazariy metodoligik asoslarini takomillashtirish” granti a’zosi.

Hozirda O’zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.30.08.2018.Yu.74.01 raqamli Ilmiy kengash hamda Andijon davlat universiteti huzuridagi PhD.03.30.06.2020.Fal.60.04 raqamli Ilmiy kengash a’zosi sifatida faoliyat ko’rsatib kelmoqda.

Bugungi kunda Andijon davlat universiteti Ijtimoiy iqtisodiyot fakulteti dekani yuridik fanlar doktori, professor  sifatida  86 nafar professor – o’qituvchilar va 907 nafar talabalarga rahbar sifatida faoliyat olib bormoqda.

Hozirga qadar 30 nafar bakalavr yo’nalishidagi talabalarning bitiruv malakaviy ishlariga, magistr boshqichidagilarning 15 nafar magistrlariga ilmiy rahbarlik qilgan.

Ijtimoiy iqtosodiyot fakultetining 5 nafar professor-o’qituvchilariga jumladan: I.Abdumalikov, S.Ismailov, X.Umarov, M.Sodiqova, M.Abdusalomovlarning PhD ilmiy darajasini olish ishiga ilmiy rahbarlik qilib kelmoqda.

2018-yilda T.T.Madumarov ilmiy rahbarligi ostidagi MG’MAHT 4 -kurs talabasi Jumayev Sarvarbek Islom Karimov nomli davlat stipendiyasiga sazovor bo’lgan.

2020-2021- yillar davomida T.T.Madumarov ilmiy rahbarligi ostidagi  MG’MAHT 4-kurs talabasi Nodirbekov Furqatbekga Islom Karimov nomli davlat stipendiyasiga, hamda 2020-2021- yillar davomida MG’MAHT 3-kurs talabasi G’ulomjonov Odiljon Navoiy nomli davlat stipendiyasiga sazovor bo’lgan.

Hozirgi kunda yana 10 dan ortiq talabalarga ilmiy rahbarlik qilmoqda.

Uning boshchiligida o’quv jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalarni olib kirish, ta’lim yo’nalishlari bo’yicha darsliklarning yangi avlodini yaratish, axborot texnologiyalari asosida o’quv mashg’ulotlarini tashkil etish borasida jamoada sezilarli yutuqlar qo’lga kiritilgan.

Respublika va viloyat ommaviy axborot vositalarida, xususan, viloyat televideniesidagi ma’naviy-ma’rifiy mavzudagi ko’rsatuvlarda badiiy adabiyot va kitobxonlikni yoshlar orasida targ’ib etish ishiga hissa qo’shib kelmoqda. T.Madumarov o’quv mashg’ulotlari jarayonida talaba yoshlarning qalbiga o’zlikni anglash, milliy qadriyatlarni e’zozlash kabi fazilatlarni singdirish, ona Vatanga muhabbat, istiqlol g’oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash masalalariga alohida e’tibor qaratib kelmoqda.

T.Madumarov o’zining kuchli bilimi, ko’p yillik tajribasi, talabchanligi, tashabbuskor va tashkilotchiligi, intizomliligi, namunali hulqi, samimiy muomalasi bilan  rahbariyat va mehnat jamoasi orasida hurmatga sazovor bo’lib kelmoqda. Ko’p yillik ish tajribasi asosida unga topshirilgan har qanday ishni halollik va  sadoqat bilan bajaradi.

MEHNAT FAOLIYATI:

2000-2004 yy. Andijon davlat universiteti talabasi

2004-2006 yy. O‘zbekiston Milliy universiteti magistranti

2006-2009 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Falsafa va huquq instituti aspiranti

 

2010 -2012-yillarda O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Falsafa va huquq instituti kichik ilmiy xodimi.

2012 – 2013-yillarda O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent davlat yuridik instituti katta ilmiy xodimi, grant ijrochisi.

2013-2015-yillarda Andijon davlat universiteti katta o’qituvchisi.

2015 -2019-yillarda Andijon davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi kafedrasi mudiri.

2019-yildan buyon Andijon davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti dekani.

ISMOILOV SARVARBEK ANVARBEKOVICH
Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari 
Telefon: +998916080301 (74) 223-83-89 
E-pochta: anvarbekovich@mail.ru

 

ERGASHEV RAVSHANBEK RASULJONOVICH
O`quv ishlari bo`yicha dekan o`rinbosari
Telefon: +998 (91) 475-55-57, (74) 223-83-89
E-pochta: ergashev@umail.uz

 

Ijtimoiy iqtisodiyot fakulteti Andijon davlat universiteti rektorining 2015 yil 29 iyundagi 01-17/1 sonli buyrug‘i bilan tashkil etilgan. Fakultet dekani vazifasiga yuridik fanlar doktori, professor T.T.Madumarov tayinlangan. Fakultet tarkibiga “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi”, “Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi”, “Pedagogika va psixologiya”, "Psixologiya (Faoliyat turlari bo‘yicha)", "Inson resurslarini boshqarish", "Mehmonxona ho‘jaligini tashkil etish va boshqarish", "Turizm (Faoliyat turlari bo‘yicha)" "Upravleniya biznesom" (Tomsk davlat universiteti Ekonomiki va menejment instituti (Rossiya) bilan qo‘shma dastur asosida) ta’lim yo‘nalishlari biriktirilgan. 
Fakultetda 11 nafar fan doktori, 16 nafari fan nomzodlari, 22 nafar katta o‘qituvchilar va 32 nafar assistentlar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. 

O`QUV JARAYONI 

Fakultetda bugungi kunda 5111600 - Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi, 5110900 - Pedagogika va psixologiya, 5210200 - Psixologiya (Faoliyat turlari bo‘yicha), 5231600 - Inson resurslarini boshqarish, 5610200 - Mexmonxona ho‘jaligini tashkil etish va boshqarish, 5610300 - Turizm (Faoliyat turlari bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha zamon talablariga javob beradigan raqobatbardosh mutaxassis-kadrlar tayyorlanmoqda. Shuningdek, fakultetda 5A 110902. Pedagogika va psixologiya (o‘zbek), Ijtimoiy gumanitar fanlarni o‘qitish metodikasi (Ma’naviyat asoslari) (o‘zbek), Ijtimoiy gumanitar fanlarni o‘qitish metodikasi (Huquq ta’limi) (o‘zbek) va Monopoliyaga qarshi boshqaruv va raqobatni rivojlantirish (o‘zbek) mutaxassisligi bo‘yicha magistratura ham mavjud. 2020-2021 o‘quv yilida fakultetda bakalavriatda 883 nafar talaba va 12 nafar magistrantlar ta’lim olmoqdalar. 

TO`GARAKLAR FAOLIYATI 

Ijtimoiy iqtisodiyot fakulteti tarkibidagi kafedralarda bugungi kunda “Yosh iqtisodchi”, “Mafkuraviy immunitet”, “Ilmiy ijod”, “Yosh psixolog” fan to‘garaklari tashkil etilgan va ularga malakali professor-o‘qituvchilar rahbarlik qilmoqdalar. To‘garaklar 150 dan ortiq iqtidorli talabalarni o‘zida birlashtirgan bo‘lib, to‘garak a’zolari tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy-ijodiy faoliyat bilan shug‘ullanmoqdalar. To‘garak a’zolarining ilmiy tadqiqot ishlari natijalari universitetning “Andijon yoshlari” gazetasida, “ADU Ilmiy xabarnoma” jurnalida hamda turli to‘plamlarda chop etilmoqda. Har yili to‘garak a’zolari orasidan nomdor stipendiatlar va turli tanlov g‘oliblari yetishib chiqmoqda.
Pedagogika va psixologiya ta’lim yo‘nalishi iqtidorli talabalaridan 3-kurs talabasi Umarov Azizbek 2016 yilda Navoiy nomli Davlat stipendiyasi g‘olibligiga erishdi.


        MA`NAVIY-MA`RIFIY ISHLAR


Fakultetda 26 ta akademik guruhlarda 499 nafar talaba tahsil olmoqda. Barcha guruhlarda muntazam ravishda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, turli kechalar, tanlovlar o‘tkaziladi. Fakultet jamoasi universitet, shahar, viloyat, respublika miqyosidagi ko‘plab ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-amaliy konferensiyalarda faol ishtirok etib kelmoqda. Xususan, fakultet iqtidorli talabalaridan tashkil etilgan “Andijon yoshlari” jamoasi “Tafakkur sinovlari” Respublika ko‘rik-tanlovi g‘olibi bo‘lib 1-darajali diplom bilan taqdirlandi.

 

FAKULTET KAFEDRALARI

 

 UMUMIY PSIXOLOGIYA KAFEDRASI 

TOJIBOYEVA GULXUMOR RAXMONJONOVNA
Kafedra mudiri. Psixologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori(PhD), dotsent
Telefon: 0(374)2238389 
E-pochta: tojiboyeva@umail.uz

 

Kafedra o‘zining boy va sharafli tarixiga ega. Z.M.Bobur nomidagi institut qoshida mustaqil faoliyat ko‘rsatuvchi pedagogik-psixologik fanlar seksiyasi ish boshlagan. Kafedrada A.Ardashirov, N.D.Nikitin, V.Makaevlar kafedraning ilk tarixiga aylangan professor-o‘qituvchilardir. Dastlab pedagogika va psixologiya yo‘nalishi kafedrasi birikuvida 1991 yilda ilmiy pedagogik faoliyat olib borgan bo‘lib, kafedraga  psixologiya fanlari nomzodi M.Mamajonov rahbarlik qildi.
Kafedrada yilma yil  tarkibi oshib, yosh pedagog xodimlar faoliyat  boshladilar. Keyingi yillardagi kafedra ilmiy hayotida katta o‘zgarishlar bo‘lib kafedra ukituvchilaridan M.Xalimova va T.Suleymanovalar ilmiy ishlarini yakunlab  nomzodlik dissertatsiyalarini ximoya kildilar.   Kafedra koshida psixologik xizmat va psixodiognostik markazlar tashkil etilib uning faoliyati viloyat mikyosidagi korxona va fukorolarni o‘z-o‘zini boshkaruv organlari bilan xamkorlikda shakllanib bordi. “Psixologik xizmat” markazi viloyatdagi ko‘plab ijtimoiy tashkilotlarga xizmat ko‘rsatdi. Jumladan, Andijon viloyati IIB bo‘limiga, Viloyat ta’lim boshqarmalariga, FXDYo bo‘limlariga, MFYlarga psixologik yordam ko‘rsatdilar.
Kafedra pedagog xodimlari o‘quv dasturlari, ma’ruza matnlari, o‘quv qo‘llanmalarini tayyorlash kafedramiz professor –o‘qituvchilarining asosiy maqsadi bo‘lib kelgan. M.Rustambekova “Oila psixologiyasi” fanidan ma’ruza matni, katta o‘qituvchilar T.Suleymanova “Defektologiya asoslari”, Yo.Yusupova «Umumiy psixologiya» va «Psixodiognostika va eksperimental psixologiya», G.Tojiboeva “Xuquq psixologiyasi” fanlaridan  ishchi o‘quv dasturi va   ma’ruza  matnlari tayyorlandi, ayrimlari nashriyot orqali chop etilgan.  
Kafedra a’zolari o‘zlarining ilmiy ma’ruzalari bilan juda ko‘plab xalqaro, regional, respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy anjumandlarda ishtirok etib keladi. Kafedra o‘zining yirik ilmiy yo‘nalishi “Shaxs shakllanishi va taraqqiyotining ijtimoiy-psixologik muammolari” bo‘yicha tadqiqot ishlarini amalga oshirib kelmoqda. 

Kafedraning istiqbolli rejalariga asosan: 

Talabalarda aqliy xarakatlarni shakllantirish;
Ta’lim oluvchilarni faollashtirish va jadallashtirish;
O‘qitish jarayonini samarali tashqil etish va boshqarish;
O‘quv materiallarini metodik takomillashtirish;
O‘quv materiallarini didaktik rekanstrutsiya qilish;
Dars jarayonini differensiyali o‘qitish texnologiyasi tashkil etish;
Xalq pedagogikasiga asoslangan texnologiyalardan foydalanish kabi dolzarb masalalarga e’tiborni karatish bilan birga  bilish faoliyatini tashkil etishda boshqarishning o‘ziga xos jixatlari kabi pedagogik jarayonni boshqarishning dolzarb nazariy va amaliy muammolarini amalga oshirish vazifalarini o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yganlar

 

MILLIY G`OYA, MA`NAVIYAT ASOSLARI VA HUQUQ TA`LIMI KAFEDRASI

 

QURBONOVA LOLAXON ABDULXODIMOVNA  
Kafedra mudiri. Falsafa fanlari nomzodi, dotsent.
Telefon: 0(374)2238365
E-pochta: abdulxodimovna@umail.uz

 

Hozirgi kunda kafedrada huquqshunoslik (fuqarolik, jinoyat), ijtimoiy falsafa, O’zbekiston tarixi fan sohalari yo’nalishida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Kafedra universitetning barcha fakultetlarida ijtimoiy-gumanitar yo’nalishlardagi fanlar bo’yicha o’quv mashg’ulotlari olib boradi. 

 

FALSAFA KAFEDRASI 

 

YULDASHEVA FARIDA XUJAMKULOVNA
Kafedra mudiri. Falsafa fanlari nomzodi, dotsent.
Telefon: 0(374)2238389
E-pochta: adu_yuldasheva@edu.uz


“Falsafa” kafedrasida  universitetning barcha fakultetlari va yo‘nalishlari uchun  falsafa, etika, estetika, mantiq, madaniyatshunoslik, dinshunoslik, etnomadaniyat, tarix falsafasi va metodologiyasi,  ijtimoiy falsafa va boshqa fanlar o‘qitiladi. Kafedrada  1 nafar f.f.d., professor, 5  nafar f.f.n.,  dotsentlar faoliyat olib boradilar. Kafedrada F.Yuldasheva rahbarligida “O‘zbekistonda modernizatsiya jarayonlari va yoshlarda innovatsion ong shakllanishi” mavzusida  amaliy grant  loyihasi amalga oshirilmoqda.
Hozirda kafedrada “O‘zbekistonda modernizatsiya jarayonlari va   innovatsiyalar taraqqiyoti”  mavzusida respublika  ilmiy-amaliy  konferensiyasining ilmiy to‘plami tayyorlanmoqda. 

 

КАФЕДРА ЭКОНОМИКИ

 

MARAIMOVA UMIDA ISMOILJANOVNA 
Kafedra mudiriIqtisod fanlari nomzodi.
Telefon: 0(374)2238389
E-pochta: iqtisod_anddu@edu.uz

Кафедра создана согласно приказа ректора института № 1996 г.

История кафедры

В сентябре 1996 г. кафедра “Теория экономики” основана на базе факультета истории. С 2011 г. кафедра “Экономики” входила в состав факультета “Истории и соицологических дисциплин” уверситета.

В 2015 г. кафедра была внесена в состав вновь созданного факультета экономики и социологии.

Заведовали кафедрой в 1996- 2001 гг. кандидат экономических наук, доцент М.Н.Юсупова, 2001-2008 гг. кандидат экономических наук, доцент Н.И.Асқаров, 2008-2012 гг. доцент Ш.Зокиров, 2012 - май 2018 г. кандидат экономических наук, доцент Д.Нурматов. С мая 2018 г. по се й день кандидат экономических наук, доцент У.И.Мараимова заведует кафедрой.

В 1996-1997 гг. благодаря трудам преподавателей кафедры и под руководством профессора А.Абдуллаева Н.Аскаров стал обладателем Президентской стипендии Республики Узбекистан. В 2006-2007 гг. под научным руководством доцента Н.Аскарова Маматкулова Саида, в 2005-2006 гг. под научным руководством старшего преподавателя Ш.Камалова Куронбоев Даврон стали обладателями государственной стипендии Навои , в 2017-2018 гг. под руководством старшего преподавателя Зулфии Хусановой студент направления Экономики и социологии труда Улугбек Мирсайдуллаев стал обладателем “Стипендии Союза молодежи” за 2017-2018 учебный год.

За текущий период ряд преподавателей кафедры защитили кандидатские диссертации. В том числе, Н.И.Аскаров в 2016 г. защитил диссертацию на соискание ученой степени доктора наук на тему “Усовершенствование организационно-экономического механизма гармоничного управления сферы внешней торговли и таможни в Республике Узбекистан”.

В настоящее время на кафедре работают 15 профессоров и преподавателей. Средний возраст кафедры составляет 47 лет, что служит основой для повышения научного потенциала кафедры в будущем.

В составе кафедры осуществляют деятельность 2 профессора, 9 кандидатов наук, 6 старших преподавателей, 2 ассистента.

В настоящее время кафедра поддерживает связи инновационного сотрудничества в Узбекистане - с УзНУ, университетом Мировой экономики и дипломатии, Ташкентским государственным экономическим университетом, за рубежом – Санкт-Петербургским политехническим университетом, Мордовским государственным университетом, Пизанским университетом Италии, Карангандинским государственным университетом Казахстана, Ошским университетом.

В течение учебного года на кафедре проводятся научно-практические конференции. Материалы более 15 проведенных научно-практических конференций, статьи и тезисы статей опубликованы в сборнике. В настоящее время восемь исследователй кафедры работают над диссертацией на соискание ученой степени доктора наук.

Истории Узбекистана в 2018-2019 учебном году осуществляет занятия по 27 дисциплинам.

Научная направленность кафедры, деятельность научного семинара кафедры (если существует).

В сфере научно-практических исследований на кафедре проводятся исследовательские работы по основной теме : “Проблемы во внешнеэкономических отношениях в условиях глобализации”.

Доценты кафедры завершили диссертации на соискание ученой степени доктора наук (DSc) и представили в Координационный совет:   И.Умаров на тему “Усовершенствование механизма экономики препринимательской деятельности в пищевой промышленности Республики Узбекистан”, У.Мараимова - “Методология технологий инновационного маркетинга” .

Профессора и преподаватели, создавшие научные школы (если имеются)

Под руководством профессора кафедры Н.И.Аскарова осуществляет деятельность научная школа. Старший преподаватель кафедры Ш.Камолов является докторантом.

Деятельность научных кружков на кафедре. (должно обновляться ежегодно).

На кафедре функционирует кружок “Ёш иқтисодчи”” в составе 30 человек. Члены кружка достигают успехов по разным направлениям. Статьи и тезисы статей научных исследований более 70 студентов публикуются в сборниках научных конференций.

Сведения об одаренных студентах кафедры

В настоящее время по направлению обучаются 102 студента, 30 из которых - студенты 2,3,4 курсов закреплены за профессорами и преподавателями кафедры. В частности , в 2017-2018 гг. под руководством старшего преподавателя Зулфии Хусановой студент направления Экономики и социологии труда Улугбек Мирсайдуллаев стал обладателем “Стипендии Союза молодежи” за 2017-2018 учебный год.

Окончившие в 2018 г. выпускники получают образование в магистратуре Кореи Абдуллажонов Шохбоз, - Китая - Раимжонов Фаррух, Шохрух, Уринбоев Шохзиёд.

Сотрудничество.

В сфере образованя и науки кафедра сотрудничает с ведущими ВОУ Республики УзНУ, В настоящее время кафедра поддерживает связи инновационного сотрудничества в Узбекистане - с УзНУ, университетом Мировой экономики и дипломатии, Ташкентским государственным экономическим университетом, за рубежом – Санкт-Петербургским политехническим университетом, Мордовским государственным университетом, Пизанским университетом Италии, Карангандинским государственным университетом Казахстана, Ошским университетом.

Состояние работы кафедры с грантами (если имеются)

На кафедре экономики налажено сотрудничество с Пражским университетом (Республика Чехия) по международнойпрограмме гранта ERASMUS+ TuCAHEA (Создание зоны высшего образования в центральной Азии: структурная адаптация (Tuning) повышение качества образования), и Пизанским университетом Италии по направлениям “Enhancing capacities in implementation of institutional quality assurance systems and typology using Bologna process principles (IQAT)” , также “Кey Action 1- Mobility for learners and staff”.

 

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2004-2021. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!
XORIJIY ABITURIYENTLAR DIQQATIGA!!!