0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

Axborot texnologiyalari va kompyuter injiniringi fakulteti




MEDATOV ASILBEK ABDUVALIYEVICH

Fakultet dekani. Pedagogika fanlari nomzodi

Telefon: +998 91 4857705

E-pochta: amedatov@mail.ru

Qabul kunlarti: Har kuni

 

Fakultet dekani biografiyasi:

  • 1975 yilda Andijon davlat pedagogika institutini tamomlagan
  • 1975-76 yillarda Andijon viloyati Jalaquduq tumani 24 umumiy o’rta ta’lim maktabi o’qituvchisi
  • 1976-80 yillarda Andijon davlat pedagogika institute o`qituvchisi
  • 1980-1985 Rossiya PFA, O’qitishning mazmunini va metodlari ITI stajyo`r-tadqiqotchisi, aspiranti
  • 1986-1992 yillarda Andijon davlat universiteti Informatika kafedrasi kata o’qituvchisi
  • 1992-1997 yillarda Fizika-matematika fakulteti o’quv ishlari bo’yicha dekan o’rinbosari
  • 1997-2005 yillarda Fizika-matematika fakulteti Informatika kafedrasi mudiri
  •  2006-2008 yillarda Andijon davlat universiteti Axborot texnologiyalari markazi boshlig’i
  • 2009-2011 yillarda Andijon davlat universiteti Informatika kafedrasi mudiri
  • 2011-2015 yillarda Andijon davlat universiteti Informatika kafedrasi kata o’qituvchisi
  • 2015-2020 yillarda Andijon davlat universiteti Axborot texnologiyalari kafedrasi mudiri
  • 2020 yildan Andijon davlat universiteti Axborot texnologiyalari va kompyuter injiniringi fakulteti dekani

DJURABOYEV MAQSUDBEK KARIMBEK O‘G‘LI

Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari

tel: +998 (93)253-58-50

Elektron pochta: djuraboyev92@gmail.com

 

RAHMONOV OMADJON MAMASIDDIQ O‘G‘LI

O‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari

Tel: +998 (93) 242-23-00

Elektron pochta: Omadbek-2016@mail.ru

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 21-22 may kunlari Andijon viloyatiga tashrifi bo‘yicha tayyorlangan 34-sonli majlis bayonnomasi qaroriga ko‘ra Jalaquduq tumanida “Axborot texnologiyalari va kompyuter injiniringi” fakulteti tashkil etildi. Fakultet decani vazifasiga p.f.n A.A. Medatov tayinlangan. Fakultet tarkibiga “Axborot texnologiyalari” va “Kompyuter injiniringi” kafedralari biriktirilgan.

O‘QUV JARAYONI 

Fakultetda bugungi kunda 5110700 – “Informatika o'qitish metodikasi”, 5130100 – “Amaliy matematika”, 5110100 – “Matematika va informatika” 5111000 – “Kasb ta'limi (informatika va axborot texnologiyasi)”, 5330501 – “Kompyuter injiniringi: kompyuter injiniringi”, 5330502 – “Kompyuter injiniringi: AT-servis” ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha zamon talablariga javob beradigan raqobatbardosh mutaxassis-kadrlar tayyorlanmoqda. Shuningdek, fakultetda 5А110701- “Ta’limda axborot texnologiyalari” mutaxassisligi bo‘yicha magistratura ham mavjud.

TO‘GARAKLAR FAOLIYATI 

Axborot texnologiyalari va kompyuter injiniringi fakulteti tarkibidagi kafedralarda bugungi kunda ixtisoslik fanlardan “Web dasturlash”, “Dasturlash asoslari” va “elektron darsliklar yaratish texnologiyasi”, “3d modellashtirish”, “Informatika”, “Kompyuter grafikasi” va “Office dasturlaridan foydalanish” fan  to‘garaklar tashkil etilgan. To‘garaklar 200 dan ortiq iqtidorli talabalarni o‘zida birlashtirgan bo‘lib, to‘garak a’zolari tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy-ijodiy faoliyat bilan shug‘ullanmoqdalar.

Bugungi kunda fakultetda 2 ta kafedra faoliyat olib boradilar. Bular: “Axborot texnologiyalari”, “Kompyuter injiniringi” kafedralaridir.

Fakultetda 5 ta bakalavriat ta’lim yo`nalishlari va 1 ta magistratura ta`lim mutaxassisligi mavjud:

5A110701 – “Ta’limda axborot texnologiyalari” magistratura mutaxassisligi;

5110700 – “Informatika o’qitish metodikasi” ta’lim yo’nalishi;

5111000 – Kasb ta’limi (5330200-Informatika va axborot texnologiyalari);

5110100 - Matematika va informatika;

5330500 – Kompyuter injiniringi (Kompyuter injiniringi);

5330500 - Kompyuter injiniringi (AT - servis);

5130200 – Amaliy matematika.

 

FAKULTET KAFEDRALARI

 

AXBOROT TEXNOLOGIYALARI KAFEDRASI

 

AXMADALIYEV QAMBARALIYEVICH DONIYORBEK

Axborot texnologiyalari kafedra mudiri. PhD.

Telefon: +998(99)8749103

E-pochta: ilmiyor@outlook.com

Kafedraning asosiy ilmiy tadqiqot ishlalari (ITI) mavzulari “Informatika va axborot texnologiyalari o’qitish metodikasi” va qo’shimcha ravishda “Dasturiy maxsulotlar va algoritmlar komplekslarini ishlab chiqish”. Shuningdek kafedrada 5 ta bakalavr va 1 ta magistratura yo’nalishlarida talabalar tahsil oladilar. Jamoa tarkibi 23 ta o’qituvchi, uchta doktorant, 1 ta falsafa doktori va uchta fan nomzodlaridan iborat.

 

KOMPYUTER INJINIRINGI KAFEDRASI

TAJIBAYEV G’AYRATBEK ORIBJANOVICH

Kafedra mudiri. Fizika-matematika fanlari nomzodi.

Telefon: +998(93)789 97 07

E-pochta: gayrat@gmail.com

Kafedraning asosiy ilmiy tadqiqot ishlalari (ITI) mavzulari “Informatika va axborot texnologiyalari o’qitish metodikasi” va qo’shimcha ravishda “Dasturiy maxsulotlar va algoritmlar komplekslarini ishlab chiqish”. Shuningdek kafedrada 5 ta bakalavr va 1 ta magistratura yo’nalishlarida talabalar tahsil oldi. Jamoa tarkibi 16 ta o’qituvchi, uchta doktorant va uchta fan nomzodlaridan iborat

 

 

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2004-2021. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!
XORIJIY ABITURIYENTLAR DIQQATIGA!!!