0(374)223 88 14
     
  A   A   A   A   A   RASMSIZ  

Universiteti kengashi




 

“TASDIQLAYMAN”

Andijon davlat universiteti Kengashi

raisi, rektor Imzolangan A.S.Yuldashev

“29 ” avgust 2018 y.

 

Andijon davlat universiteti Kengashi to’g’risida 
Nizom

Mazkur Nizom O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to'g’risida”gi (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 y. 9-son, 225-modda) va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida”gi (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 y. 11-12-son, 295-modda) qonunlariga hamda “Oliy ta’lim to'g'risida”gi  Nizomga muvofiq universitet Kengashi faoliyatini tashkil etish tartibini  belgilaydi.

 I. Umumiy qoidalar

  1. Universitetning faoliyatiga tegishli asosiy masalalarni ko'rib chiqish uchun rektor raisligida universitet Kengashi tashkil etiladi.
  2. Ilmiy kengash tarkibi rektor, prorektorlar, fakultet dekanlari, universitet tarkibiga kiruvchi mustaqil tashkilot va tarmoqlar direktorlari, mutaxassis chiqaruvchi kafedralar mudiri, shuningdek, jamoat tashkilotlari rahbarlaridan tashkil etiladi. Kengashning boshqa  a’zolari fakultetning umumiy majlisida yashirin ovoz berish yo’li bilan  saylanadilar. Professor-o’qituvchilar tarkibidan Kengashga saylanuvchi  a’zolarning soni rektorning buyrug’i bilan belgilanadi. Kengash tarkibiga  universitetning muayyan yo’nalish muammolari bo’yicha ishlayotgan yirik  olim va mutaxassislari ham kiritilishi mumkin. Vakolat muddati – 5 yil. 
  3. Kengash tarkibi universitet rektorining buyrug’i bilan tasdiqlanadi. Xar o’quv yilining boshida, turli sabablarga ko’ra Kengash tarkibidan chiqqanlar o’rniga, yangi a’zolar saylanadi yoki nizom bo’yicha  kiritiladi.

II. Kengashning maqsad va vazifalari 

  1. Kengashning maqsadi – universitet jamoasi sa’y-harakatlari, intellektual salohiyati va boshqa barcha imkoniyatlarni O’zbekiston  Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy  dasturi to’g’risida”gi qonunlarida belgilangan vazifalarning  bajarilishini ta’minlash, oliy ta’limning davlat ta’lim standarti  talablari darajasida mukammal bilim, malaka, ko’nikmalarga ega bo’lgan  professional mutaxassislar tayyorlashga yo’naltirishdan iborat. 
  2. Universitet Kengashi:

- Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq davlat ta’lim standartlari, o’quv rejalari va dasturlarining qat’iy bajarilishini  o’rganib chiqadi hamda ustuvor masalalar bo’yicha tavsiya va topshiriqlar  belgilaydi; 

 - fakultetlarning o’quv, ilmiy-tadqiqot va ma’naviy-ma’rifiy  ishlari to’g’risidagi, akademik litseylar, universitet qoshidagi ilmiy  jamiyatlarning faoliyati to’g’risidagi, qabul komissiyasining qabul  natijalari to’g’risidagi, shuningdek, marketing xizmatining xalq  xo’jaligining bitiruvchi mutaxassislarga bo’lgan ehtiyoji, buyurtmachi  tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalari to’g’risidagi hisobotlarini  eshitadi hamda tegishli qaror qabul qiladi; 

 - ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejalari ijrosi,  professor-o’qituvchilar tarkibining malaka oshirish va qayta tayyorlash   masalalarini muhokama qiladi hamda tegishli qarorlarni qabul qiladi; 

- iqtidorli talabalar safidan va professor-o’qituvchilar tarkibidan  nomzodlarni tegishli jamg’armalar orqali xorijiy oliy ta’lim  muassasalarida stajirovka o’tishga tavsiya etadi; 

- universitet iqtidorli talabalari va stajer-tadqiqotchi- izlanuvchilari safidan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat  stipendiyasi va nomli davlat stipendiyalar tanlovida ishtirok etadigan  nomzodlarni tavsiya etadi; 

- "Sog’lom avlod uchun" jamg’armasi bilan hamkorlikda talabalarning  jismoniy tarbiyasi va ularning sog’liqlarini yanada yaxshilash bo’yicha  tadbirlar ishlab chiqadi; 

- asosiy buyurtmachi tashkilot, korxona va muassasalar bilan  korporativ hamkorlikni rivojlantirish, moddiy-texnik bazani  mustahkamlash hamda talabalarning malakaviy amalyoti samaradorligini  oshirish masalalarini muhokama qiladi va ularni yaxshilash bo’yicha  tavsiyalar ishlab chiqadi; 

- xorijiy mamlakatlarning oliy ta’lim muassasalari bilan  hamkorlik aloqalarini o’rnatish bo’yicha qarorlar qabul qiladi; 

- ta’lim xizmatlari bilan shuғg’ullanuvchi kichik korxonalar, firma va  kurslar faoliyati haqida rahbarlarning hisobotlarini eshitadi hamda  tegishli qaror qabul qiladi; 

- universitet talabalari va xodimlarining texnika xavfsizligi va  mehnat muhofazasini takomillashtirish bo’yicha tadbirlarni belgilaydi.

 III. Kengash faoliyatini tashkil etish 

  1. Kengash o’z faoliyatini xar o’quv yili uchun ishlab chiqiladigan rejaga muvofiq amalga oshiradi. Kengash rejasi Kengash tomonidan ko’rib chiqilgandan so’ng universitet rektori tomonidan tasdiqlanadi. 
  2. Universitetning o’quv, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy va tashkiliy ishlarga doir barcha masalalar bo’yicha Kengash qarorlari ochiq ovoz berish tartibida ko’pchilikning ovozi bilan qabul qilinadi. Kengash majlisi uning tarkibidagi a’zolarning 2/3 qismi ishtirok etgandagina haqiqiy hisoblanadi.

Professor-o’qituvchilar tarkibi lavozimlarini egallash hamda  professor yoki dotsent ilmiy unvonlarini berish bo’yicha o’tkaziladigan  tanlovlar va taqdimnomalar yuzasidan qarorlar yopiq ovoz berish yo’li bilan  belgilangan tartibda qabul qilinadi. 

  1. Kengash qarorlari universitet rektori tomonidan tasdiqlanganidan so’ng kuchga kiradi.
  2. Kengash majlisi bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bayonnomalar Kengash raisi va ilmiy kotibi tomonidan imzolanadi.
  3. Kengash raisi muntazam ravishda Kengash qarorlarining bajarilishi bo’yicha tekshiruvlar tashkil etadi va Kengash a’zolariga ularning natijalari haqida axborot beradi.

 

2020-2021 o‘quv yilida Andijon davlat universiteti Kengashining

TARKIBI

F.I.Sh

Ishlab turgan lavozimi

1

A.S.Yuldashev

Universitet rektori,    kengash raisi

2

A.Xamraqulov

Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor

3

B.Rasulov

Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor

4

S.Dumaev

Moliya va iqtisodiyot ishlari bo‘yichaprorektor

5

M.Maxkamov

Axborot texnologiyalari bo‘yicha prorektor

6

D.Nurmatov

Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i

7

N.Jalilov

Ichki nazorat va monitoring b.b.

8

B.Tojiboev

Xodimlar bo‘limining boshlig‘i

9

R.Mullajonov

O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i

10

N.Asqarov

Magistratura bo‘limi boshlig‘i

11

D.Abidova

ADU akademik litsey direktori

12

A.Imirsinova

Ilmiy bo‘lim boshlig‘i

13

Sh.Shaxobiddinova

Maxsus sirtqi bo‘lim boshlig‘i

14

M.Sodiqova

Xuquqshunos

15

Z.Azimova

Maktabgacha ta’lim fakulteti dekani

16

X.Mansurov

Fizika-matematika fakulteti dekani

17

B.Raxmonov

Filologiya fakulteti dekani

18

T.Madumarov

Ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti dekani

19

Z.Jumaqulov

Jismoniy madaniyat fakulteti dekani

20

N.To‘xtaboev

Tabiiy fanlar fakulteti dekani

21

D.Rustamov

Xorijiy tillar fakulteti

22

R.Shamsutdinov

Tarix fakulteti dekani

23

Ch.Shokirova

San’at fakulteti dekani

24

M.To‘raev

Pedagogika fakulteti dekani

25

A.Medatov

Axborot texnologiyalari fakulteti dekani

26

S.Zaynobiddinov

Fizika kafedrasining professori, akademik

27

I.Asqarov

Kimyo kafedrasining professori

28

R.Shamsutdinov

O‘zbekiston tarixi kafedrasining professori

29

M.Umarxo‘jaev

Nemis tili va adabiyoti kafedrasining professori

30

G‘.Xoshimov

Ingliz tili va grammatikasi kaf.prof

31

D.Quronov

ADU ilmiy xabarnoma jurnalining muxarriri

32

R.Aliev

Fizika kafedrasining professori

33

A.Teshaboev

Maktabgacha ta’.metodikasi kaf.mudiri

34

K.Yunusov

O‘zDJQNA kaf.professori

35

M.Saidxonov

“Andijon yoshlari”gazetasining muxarriri

36

A.Zaynabiddinov

Odam fiziologiyasi va Hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasi mudiri

37

M.Mamajonov

Geografiya kafedrasi dotsenti

38

Z.Egamberdiev

ARM direktori

39

F.Alimov

Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i

40

S.Yuldashev

Fakultetlararo jismoniy madaniyat va sport kaf.mudiri

41

M.Artiqova

Maktabgacha ta’lim pedagogikasi kaf.mudirasi

42

A.Maxmudov

Bosh xisobchi

43

I.Djumabayev

Matbuot kotibi

44

L.Soliev

Moliya-reja bo‘limi boshlig‘i

45

S.Shamsutdinov

Marketing bo‘lim boshlig‘i

46

U.Axmedova

Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi

47

O.Olimjonov

Yoshlar ittifoqi yetakchisi

48

M.Botirov

Kasaba uyushma qo‘mitasi raisi

49

A.Isaev

ADU murabbiylar kengashi raisi

50

O.Xabibullaev

Shaxrixon texnikum

51

A.Mirzaev

Izboskan texnikum

52

J.Mamatov

Xonayuod texnikum

53

B.Nosirov

Kengash kotibi

 

XALQARO LOYIHALAR

RESURSLARIMIZ

MANZILIMIZ
170100, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahar,
Universitet ko'chasi 129-uy
E-pochta: agsu_info@edu.uz
Telefon/faks: 0 (374) 223 88 30
Ishonch telefon: 0 (374) 223 88 14
Transport: 75-yo'nalishdagi taksilar

BIZ IJTIMOIY TARMOQLARDA

© Andijon davlat universiteti, 2004-2021. Barcha huquqlar himoyalangan. 
 
Ta'lim sifatini oshirish yuzasidan murojaat yo'llang!
XORIJIY ABITURIYENTLAR DIQQATIGA!!!