Fakultet dekani biografiyasi:
- 1994 - 1999 yy. - Andijon shahar 15-maktab oʻqituvchisi
- 1999 - 2004 yy. - Andijon maishiy kasb-hunar kolleji oʻqituvchisi
- 2004 - 2010 yy. - Andijon davlat universiteti pedagogika kafedrasi assistenti
- 2010 - 2012 yy. - Andijan davlat universiteti pedagogika kafedrasi katta oʻqituvchisi
- 2012 - 2014 yy. - Andijon davlat universiteti pedagogika kafedrasi kafedra mudiri
- 2014 - 2015 yy. - Andijon davlat universiteti boshlangʻiyach va maktabgacha taʼlim fakulteti dekani
- 2015 - 2019 yy. - Andijan davlat universiteti Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi direktori
- 2019 - h.v. - Andijan davlat universiteti Maktabgacha taʼlim fakulteti dekani
ABDUKADIROV BOBURMIRZO BAHODIROVICH
Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari
Telefon:+998 91 601 71 41
Qabul kunlari: har kuni
2019-yil yanvar oyidan boshlab Maktabgacha taʼlim fakulteti tashkil etildi. Hozirda fakultetning Maktabgacha taʼlim yoʻnalishida jami 500 dan ortiq talaba, Maktabgacha taʼlim magistratura mutaxassisligida esa 8 ta magistrantlar tahsil olmoqda. Fakultet tarkibida 2 ta kafedra mavjud boʻlib, ular Maktabgacha pedagogika kafedrasi hamda Maktabgacha taʼlim metodikasi kafedralaridir.
Fakultetda jami 18 ta professor-oʻqituvchilar faoliyat olib bormoqda. Xususan, 2 nafar fan doktori, 3 nafar fan nomzodi, 4 nafar katta oʻqituvchi va 9 nafar oʻqituvchilardir.
FAKULTET TARKIBIDAGI KAFEDRALAR
MAKTABGACHA TAʼLIM METODIKASI KAFEDRASI
Andijon davlat universiteti rektorining 2019-yil 3-yanvardagi 01-01 buyrugʻi asosida Maktabgacha taʼlim fakulteti tarkibida Maktabgacha taʼlim metodikasi kafedrasi tashkil etildi. 2019-yil 3-yanvardan boshlab, Maktabgacha taʼlim metodikasi kafedrasi mudiri lovozimida p.f.n., dotsent A.Yu.Teshaboyev faoliyat olib bormoqda.
Oʻquv-uslubiy ishlar
Hozirda kafedrada 7 nafar professor-oʻqituvchi faoliyat olib borib, ularning 2 nafari pedagogika fanlari nomzodi, dotsent, 1 nafar falsafa doktori (PhD), 1 nafar katta oʻqituvchi, 4 nafar oʻqituvchilar.
Bugungi kunda kafedrada Ona tili va bolalar adabiyoti, Matematik tasavvurlarni shakllantirish nazariyasi va metodikasi, Maktabgacha taʼlimda bolalarning matematik tayyorgarligi, Miqdorlar va ularni oʻlchashni oʻrgatish metodikasi, Mutaxasssislik fanlarini oʻqitish metodikasi, Maktabgacha taʼlimni boshqarishning ilmiy asoslari, Maktabgacha taʼlim metodologiyasi fanlaridan oʻquv mashgʻulotlari tajribali professor-oʻqituvchilar tomonidan olib borilmoqda.
5A111801 – Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha taʼlim) mutaxassisligi boʻyicha magistratura ochilgan boʻlib, 8 nafar magistrantga dars berilib kelinmoqda.
Ilmiy faoliyat
Kafedraning asosiy ilmiy-tadqiqot ishi mavzusi–“Boʻlajak tarbiyachilarni tayyorlashda kreativ va innovatsion faoliyatni takomillashtirishning dolzarb masalalari ”, qoʻshimcha ilmiy-tadqiqot ishi mavzusi esa – “Maktabgacha taʼlim muassasalarida mashgʻulotlar samaradorliginioshirishda oʻquv-metodik taʼminotni tizimli tashkil etish mexanizimi ” deb belgilangan.
Kafedrada “Yosh matematik” va “Yosh adabiyotchi” toʻgaraklari faoliyat yuritadi. Bundan tashqari 14 ta iqtidorli talabalar bilan kafedra oʻqituvchilari alohida ish olib boradi.
Kafedra ilmiy salohiyatini oshirish uchun, bugungi kun talablaridan kelib chiqib yuqori malakali ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, kafedrani yosh, salohiyatli ilmiy darajali mutaxassislar bilan boyitish maqsadida tizimli ilmiy kadrlar tayyorlash xaritasi ishlab chiqildi. Xususan, kafedra oʻqituvchisi T.Kaziyeva f.f.d. professor, Sh.Yusupova rahbarligida falsafa doktori dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. va kafedra katta oʻqituvchisi M.Toirova p.f.n dotsent A.Yu Teshaboyev raxbarligida (Phd) ilmiy daraja olishlari uchun ishni himoya kengashiga topshirishga tayyorlamoqdalar.
MAKTABGACHA PEDAGOGIKA KAFEDRASI