Ibaydullayev To’lanboy Tursunboyevich
Fakulteti dekani Fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent
Telefon: +998 90 541 84 73
Qabul kunlari: Har kuni
1990-1995 yy. - Toshkent davlat universiteti talabasi
1995-1995 yy. - Andijon viloyati Marhamat tumani 40-son KHBYu o‘qituvchisi
1995-1998 yy. - Toshkent davlat universiteti aspiranti
1998-1999 yy. - Toshkent avtomobil yo‘llari instituti qoshidagi AL o‘qituvchisi
1999-2000 yy. - Andijon viloyati Marhamat tumani 11-son KHM o‘qituvchisi
2000-2001 yy. - Andijon viloyati Marhamat tumani 14-son DIMI o‘qituvchisi
2001-2005 yy. - Andijon davlat universiteti matematika analiz kafedrasi katta o‘qituvchisi
2005-2015 yy. - Andijon davlat universiteti matematika kafedrasi katta o‘qituvchisi
2015-2020 yy. - Andijon davlat universiteti matematika kafedrasi mudiri
2020-2021 yy - Andijon davlat universiteti matematika kafedrasi dotsenti v.b.
2021-2023 yy - Andijon davlat universiteti matematika kafedrasi dotsenti
2023 h.v. - Andijon davlat universiteti Matematika fakulteti dekani
Mamajonov O’tkirbek Tojiddinovich
Matematika fakulteti o'quv ishlari bo'yicha dekan o'rinbosari
Telefon: +998 93 786 06 17
Jo'rayev Bahodirjon Inomjonovich
Matematika fakulteti o'quv ishlari bo'yicha dekan o'rinbosari
Turg'unov Muhammadaziz Baxtiyorovich
Matematika fakulteti yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari
Bugungi kunda fakultetda 3 ta kafedra faoliyat olib bormoqda. Bular: “Algebra va analiz”, “Mexanika-matematika”, “Informatika” kafedralaridir. Fakultetda 3 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida mutaxassis va pedagoglar tayyorlanadi:
FAKULTET KAFEDRALARI
ALGEBRA VA ANALIZ KAFEDRASI
UMRZAQOV NODIRBEK MUHAMMADOVICH
Kafedra mudiri. Fizika-matematika fanlari nomzodi
Telefon: +998 90 269 60 59
Ushbu kafedrada 21 nafar professor-o’qituvchilar faoliyat olib boradi. Ular Differensial tenglamalar va ularning tatbiqlari, Zamonaviy algebra va analiz, Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika, Matematika o’qitish metodikasi yo’nalishlari bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib boradilar. Kafedra Malayziyaning “University Malaysia Terengganu” universiteti, Braziliyaning “Federal University of ABC” universiteti va O’zbekistondagi yetakchi oliygohlar bilan mustahkam aloqalarni yo’lga qo’ygan. Algebra va analiz kafedrasida bugungi kunda “70540101 – Matematika (yo’nalislar bo’yicha)” magistratura mutaxassisligi mavjud. 01.01.01 – Matematik tahlil, 01.01.02 – Differensial tenglamalar va matematik fizika, 01.01.05 – Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika, 01.01.06 – Algebra, 13.00.02 – Ta’lim tarbiya nazariyasi va metodikasi (matematika) ixtisosliklari bo’yicha tayanch doktorantlar tahsil oladilar va ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Kafedra qoshida “Al-Xorazmiy”, “Integral”, “Algebra” kabi to’garaklar va “Zamonaviy algebra va analiz” nomli ilmiy seminar faoliyat ko’rsatib kelmoqda.
INFORMATIKA KAFEDRASI
OVXUNOV IQBOLJON ABDUNABIYEVICH
Kafedra mudiri.
Telefon: +998 90 169 99 88
Hozirgi kunda kafedrada asosiy shtatda 1 ta dotsent, 2 ta katta o‘qituvchi va 4 ta o‘qituvchi, o’rindoshlik asosida esa, 3 ta o‘qituvchi faoliyat olib bormoqda. Kafedra faoliyati davomida professor-o’qituvchilar tomonidan 5 ta darslik va 4 ta o’quv qo’llanmalar nashr etilgan. Bundan tashqari, 30 dan ortiq EHM uchun yaratilgan dastur va Ma'lumotlar bazasi uchun guvohnomalar olingan. Kafedrada talabalar uchun “Zamonaviy axborot texnologiyalari va dasturlash asoslari”, “UzbekCoders”, “Office dasturlarida ishlash” kabi to’garaklar o’z faoliyatini yuritib kelmoqda. Kafedra professor-o’qituvchilar tomonidan turli sohalar buyurtmalari asosida dasturiy mahsulotlar va xizmatlar uchun mablag’lar tushumi amalga oshirilib kelinmoqda. Kafedra hozirda Rossiyaning M.K.Ammosov nomidagi Shimoliy-Sharqiy federal universitetining Matematika va informatika instituti hamda Kemerovo davlat universiteti bilan hamkorlik qilmoqda.
MEXANIKA-MATEMATIKA KAFEDRASI
Axmedov Odiljon Soxibjonovich
Kafedra mudiri.
Telefon: +998 93 541 18 26